Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shanxay forumi
Mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini I.Karimov “O`zbekistonning
o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li” va boshqa asarlarida belgilab berdi. Tashqi siyosatning asosiy qoidalari Konstitusiyaning 17-moddasida aniq belgilandi va qonunlashtirildi. Tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni tartibga soladigan “O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to`g’risida”, “Chet el investisiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to`g’risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g’risida” qonun va normativ hujjatlar faol hamkorlik uchun huquqiy kafolat yaratdi. Tashqi aloqalarni ta’minlaydigan Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari tashkil etildi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yildi. O`zbekiston mustaqilligini dunyo davlatlari tan oldi va 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy va madaniy aloqalar o`rnatildi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi, O`zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. O`zbekiston elchixonalari va konsulliklari dunyoning 30 dan ortiq davlatda ishlab turibdi. BMTga O`zbekiston 1992 yil 2 martda qabul qilindi. Toshkentda 1993 yil 24 oktyabrda BMTning vakolatxonasi ochildi va ish boshladi. I.Karimov 1993 yil 27 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida ma’ruza qildi va unda O`zbekiston nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo`yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashish, Orol muammosini hal etish bo`yicha taklif kiritildi. O`zbekiston BMTning ixtisoslashgan muassasalari: Xalqaro telekommunikasiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assosiasiyasi, Qochoqlar ishi bo`yicha oliy qo`mitasi, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro 548 aviasiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish jamg’armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkilotiga a’zo bo`ldi. BMT vakolatxonasi yordamida 1994 yil oktyabr boshida Toshkentda bo`lgan jahon sayyohlik tashkilotining “Ipak yo`li” xalqaro yig’ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O`zbekiston mavqeini yanada ko`tardi. O`zbekiston tashabbusi va BMT rahnamoligida 1995 yil 15-16 sentyabrda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan Toshkent kengash-seminari bo`ldi, unda 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar ishtirok etdi. I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida (1993 y. 27 sentyabr) Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g’oyasini ilgari surgan edi. Toshkentda 1997 yil 15-16 sentyabrda “Markaziy Osiyo – yadro qurolidan xoli zona” mavzusida xalqaro konferensiya bo`ldi. Unda 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. BMTga a’zo davlatlar ushbu masala yuzasidan 2006 yil imzolagan shartnoma 2009 yil martdan kuchga kirdi. I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1995 yil oktyabr-noyabrda bo`lgan 50- yubiley sessiyasida BMT faoliyatini yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. O`zbekistonning BMTga yo`llagan Afg’oniston muammosini tinch yo`l bilan hal qilish masalasida muloqot guruhi tashkil etish haqidagi taklifi asosida 1997 yil BMT homiyligida “6+2” guruhi tashkil etildi. BMT homiyligida Toshkentda 1999 yil 19-20 iyulda afg’on mojarosini hal etish bo`yicha “6+2” guruhining yig’ilishi bo`ldi, unda Toshkent deklarasiyasi qabul qilindi. I.Karimov 2010 yil 22 sentyabrda BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisida Afg’onistonda tinchlik o`rnatish bo`yicha ilgari tanlangan yo`l kutilgan natija bermaganligini ta’kidladi. O`zbekiston 2008 yil BMT shofeligida 6+3 muloqot guruhini tuzishni taklif etdi, uning mohiyati - afg’onistonliklar o`z muammolarini o`z manfaatlari va an’analaridan kelib chiqqan holda Afg’onistonga chegaradosh 6 mamlakat + AQSH, Rossiya, NATO ko`magida o`zlari hal etishi. Toshkentda 2000 yil 549 oktyabrda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaro konferensiya bo`ldi. I.Karimov tashabbusi bilan 2001 yil BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo`yicha maxsus qo`mitasi ta’sis etildi. O`zbekistonga 2002 yil 18-20 oktyabrda BMT Bosh kotibi Kofe Annanning va 2010 yil aprelda BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning tashriflari mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi obro`yi ortib borayotgani dalilidir. YUNESKO bilan O`zbekistonning munsabatlari mustahkamlanib bormoqda. YUNESKO - BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot. O`zbekistonning YUNESKOga a’zolikka qabul qilish marosimi 1993 yil 29 oktyabrda YUNESKOning Parijdagi qarorgohida bo`ldi. 29 oktyabrda Ulug’bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994 yil oktyabrda Parijda Ulug’bek haftaligi tantana bilan o`tdi. YUNESKOning jahon madaniy qadriyatlar ro`yxatiga Xiva va Buxoro kiritildi, bu ro`yxatda 411 ta ob’ekt bor. YUNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston milliy komissiyasi 1994 yil dekabrda tashkil etildi. U idoralararo organ bo`lib, tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohasidan 49 kishi a’zo bo`ldi. YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o`rganish va tiklashga ahamiyat bermoqda “Ipak yo`li – muloqot yo`li” deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga 1-darajali ahamiyat berildi. YUNESKO qaroriga binoan 1995 yil iyulda YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O`zbekistonga tashrifi chog’ida Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi va ochildi. YUNESKO Amir Temur tavalludining 660 yilligini 1996 yil oktyabrda nishonladi, Parijda 1 haftalik xalqaro anjuman bo`ldi. SHahrisabz YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi. BMT, YUNESKO, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar elchilari va vakillari 1997 yil 19-20 oktyabrda Buxoro va Xiva 2500 yilligi tantanalarida ishtirok etdilar. 550 O`zbekiston BMT doirasidagi: Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg’armasi (YUNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo`yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiya qo`mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi kabi ixtisoslashgan muassasalar a’zosi va ular bilan hamkorlik qilmoqda. O`zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integrasiyalashuvida Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporasiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ko`maklashmoqda. Xalqaro savdo markazi (YUNKTAD), Tariflar va savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda. EXHT – Evropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga O`zbekiston 1992 yil fevralda a’zo bo`lib kirdi. EXHT - dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo`yicha katta tadbirlarni amalga oshirmoqda. I.Karimov 1992 yil 9-10 iyulda EXHTning majlisida nutq so`zladi. Kengashning 10 iyulda bo`lgan majlisiga raislik qildi. EXHT faoliyatining barcha qirralariga oid masalalar 1994 yil sentyabr oxirida Toshkentda EXHTning umumiy masalalarga bag’ishlangan xalqaro anjumanida ko`rib chiqildi. EXHT atrof-muhitni qayta tiklash bo`yicha Toshkentda va Urganchda seminarlar o`tkazdi va Orol muammosini hal qilishga ko`maklashmoqda. EXHTning aloqalar bo`yicha mintaqaviy byurosi 1995 yil iyulda Toshkentda ochildi. EXHTning 1996 yil dekabrda Lissabon sammitida XXI asr arafasida yalpi xavfsizlik modelini yaratish xususida munozara bo`ldi. O`zbekistonning mojoro yuz berib turgan hududga yashirincha qurol etkazishni to`xtatish, EXHTning Markaziy Osiyoda faoliyatini kuchaytirishga oid takliflari ma’qullandi va Lissabon deklarasiyasida hujjatlashtirildi. I.Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham 1999 yil noyabrda bo`lgan Istanbul sammitida ma’qullandi. EXHT bilan O`zbekiston hamkorligi o`sib borayotganligiga 2002 yil 6-7 aprelda EXHT Bosh kotibi Y.Kubishning O`zbekistonga tashrifi yaqqol misol bo`ladi. O`zbekiston ko`pgina mintaqaviy tashkilotlar va NATOning “Tinchlik dasturi”, Islom konferensiyasi tashkiloti, Qo`shilmaslik harakati bilan hamkorlik 551 qilmoqda. O`zbekiston ozon qatlamini muhofaza qilish bo`yicha Vena konvensiyasiga, Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni taqiqlovchi konvensiyaga, yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga qo`shilgan. “Shanxay forumi” yoki “SHanxay beshligi” tashkiloti 1996 yil Shanxayda, 1997 yil Mokvada bo`lgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston rahbarlari sammitida tuzilgan edi. “Shanxay forumi”ga O`zbekistonning to`la huquqli a’zo bo`lishi to`g’risida bayonot 2001 yil 14-15 iyunda Xitoyda bo`lgan Shanxay sammitida imzolandi, uning ishida I.Karimov qatnashdi. “Shanxay forumi”ga O`zbekistonning kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling