Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Oliy ta’lim 2 bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta 
tashkil etildi. 1999 yil Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Respublikada 65 
ta oliy o`quv yurtida 850 yo`nalish va mutaxassislik bo`yicha 300 mingga yaqin 
bakalavr va magistrant ta’lim olmoqda. Talabalarga 18486 professor-o`qituvchi 
(1462 fan doktori, 7201 fan nomzodi) ta’lim bermoqda. Davlat ta’lim 
standartlariga mos bakalavr va magistrlar uchun 1998-2001 yy. 131 ta bakalavriat 
yo`nalishi va 664 ta magistratura mutaxassisliklari bo`yicha o`quv dasturlari va 
adabiyotlari yaratildi.
1997 yil tashkil etilgan “Umid” jamg’armasi yo`llanmasi bilan 1997-2001 
yy. iqtidorli yoshlardan 785 yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o`quv 
yurtlariga o`qish uchun jo`natildi. 519 nafari o`qishni bitirib kelib Prezident 
farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo`llanmasi bilan vazirlik va 
tashkilotlarda ishlamoqda. Toshkentda 2002 yil iyulda Xalqaro Vestminster 
universiteti, 2006 yil Moskva davlat universitetining filiali, 2007 yil Moskva neft-
gaz universitetining filiali, 2008 yil Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, 
2009 yil Turin politexnika universiteti tashkil etildi.
Ta’lim vazirliklarining Evropadagi ta’lim jamg’armasi, Germaniyadagi 
Texnika hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAIKA-Xalqaro hamkorlik agentligi, 
Koreyaning KOIKA - Xalqaro hamkorlik agentligi, UNESKO, Jahon banki
TASIS-TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya
Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorligi kengayib 
bormoqda. Yuzlab professor-o`qituvchilar “Ustoz” jamg’armasi yo`llanmasi bilan 
xorijiy oliy o`quv yurtlarida malaka oshib keldi; ta’lim ravnaqi uchun 150 mln 
AQSH dollari hajmida chet el investisiyalari jalb etildi.
I.Karimovga “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning tashabbuskori sifatida 
Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi Prezidenti V.Shukshinov 
tomonidan mazkur akademiyaning faxriy a’zosi diplomi berildi. O`zbekistonda 
yaratilgan ta’lim tizimi ko`pgina mamlakatlar tomonidan “Ta’limning o`zbek 
modeli” deb e’tirof etildi.


537 
Ilm-fan taraqqiyotida Prezidentning 1992 yil 8 iyuldagi “Ilm-fan va 
innovasiya faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash 
to`g’risida”gi farmoni va Vazirlar Mahkamasining mazkur farmonning ijrosini 
ta’minlashga yo`naltirilgan qarori muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Respublika 
Fanlar akademiyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ’ib 
etuvchi va tarqatuvchi innovasiya tijorat markazi tashkil etildi. Prezident farmoni 
bilan 1997 yil Xorazm Fanlar akademiyasi qayta tiklandi.
Respublika ilmiy-tadqiqot majmuasi 362 ta akademik, oliy o`quv yurtlari va 
tarmoq muassasalaridan iborat. Uning 101 tasi ilmiy-tadqiqot instituti, 55 tasi oliy 
o`quv yurtlari tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot laboratoriya va bo`limlari, 32 tasi ilmiy 
ishlab chiqarish birlashmasi va eksperimental korxonalari, 30 tasi axborot-
hisoblash markazlaridir. Fan sohasida 46 mingga yaqin kishi, jumladan 2,8 ming 
fan doktori va 16,1 ming fan nomzodi tadqiqot ishlari bilan shug’ullanmoqda.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling