Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi 1994 yildan boshlab tubdan 
o`zgartirildi, nafaqa va moddiy yordam faqat oila orqali beriladigan bo`ldi. Bu 
yangi tizimda farzand tug’ilganda bir yo`la beriladigan to`lovlar saqlangan holda 
ilgari bola boquvchi onalarga nafaqa 1,5 yilgacha to`langan bo`lsa, endi miqdori 
ham ko`payib 2 yilgacha uzaytirildi, ishlovchi va ishlamaydigan onlar ham nafaqa 
oladigan bo`ldi. Avval 5 ta va undan ko`p bolali oila uchun nafaqaning eng ko`p 
miqdori, eng kam ish haqining yarmi miqdorida bo`lsa 1996 yilga kelib eng kam 
ish haqining to`la stavkasi darajasida belgilandi.
Prezidentning «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni 
kuchaytirishga oid tadbirlar to`g’risida»gi Farmoni 1994 yil 24 avgustda chiqdi 
(1994 y. oktyabrdan kam daromadli oilalarga yordam bera boshladi). «Bolali 
oilalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to`g’risida» 
Farmon 1996 yil 10 dekabrda chiqdi. Bu Farmonda 1997 yil 1 yanvardan boshlab 
fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish yig’inlari orqali yordamga muhtoj, bolali 


520 
oilalarga bolalarning soniga qarab eng oz ish haqining 50 % dan boshlab 175 % 
gacha nafaqa beriladigan bo`ldi.
1997 yil sentyabrdan boshlab har yili 1-sinf o`quvchilariga bepul o`quv 
anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi. Kam ta’minlangan oilalarning 
boshlang’ich sinfda o`qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo`lga 
qo`yildi.
Bolalar, keksalar va kam daromadli oilalarga Mahalla orqali moddiy 
yordam beriladigan bo`ldi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, bola 2 
yoshga to`lguncha va 16 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga yagona nafaqalar 
berish tizimi joriy etildi. Mahalla qo`mitalari orqali 1995 yil 500 mingga yaqin 
kam ta’minlangan oilalarga 6 mlrd so`m nafaqa berildi; 2000 yil 54,3 mlrd so`m 
nafaqa, ko`mak va yordam berildi.
Oilani mustahkamlash, ayolning mavqeini ko`tarish, qariyalarni e’zozlash, 
mahalla faoliyatini jonlantirish yo`lida 1997 yil - Inson manfaatlari, 1998 yil - Oila 
yili, 1999 yil - Ayollar yili, 2000 yil - Sog’lom avlod yili, 2001 yil - Onalar va 
bolalar yili, 2002 yil - Qariyalarni qadrlash yili, 2003 yil - Obod mahalla yili, 2004 
yil - Mehr va muruvvat yili, 2005 yil - Sihat-salomatlik yili, 2006 yil - Homiylar va 
shifokorlar yili, 2007 yil - Ijtimoiy himoya yili, 2008 yil - Yoshlar yili, 2009 yil - 
Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili, 2010 yil - Barkamol avlod yili, 2011 yil - 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, 2012 yil - Mustahkam oila yili deb e’lon 
qilindi.
Ichki iste’mol bozorini himoya qilishda: un va go`sht mahsulotlari, sut, 
shakar, o`simlik moyi, kir sovun, bolalarning ayrim mollari, kommunal va 
transport xizmatlari uchun 1992-1994 yy. davlat dotasiyalari qisman saqlab turildi. 
1995 yildan boshlab, islohatlarning ikkinchi bosqichiga o`tilgach oziq-ovqat 
mahsulotlarini me’yorlangan tarzda sotishdan voz kechildi va erkin narxlarga 
o`tildi.
Iqtisodiy islohatdan bosh maqsad - xalq farovonligini oshirish tadbiri 1996 
yildan e’tiboran ijobiy natija bera boshladi. Yalpi ichki mahsulot: 1997 y. - 1,6 %; 
1998 y. - 5,2 %; 1999 y. - 4,4 %; 2000 y. - 1,4 % atrofida ko`paydi. Istiqlol 


521 
yillarida xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishni 56,6 % ga ko`paytirishga 
erishildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling