Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Avtomobil ishlab chiqaruvchi qo`shma korxona barpo etish to`g’risida 
1992 yil avgustda Janubiy Koreya bilan kelishib olindi. O`zbekiston va Jan.Koreya 


516 
o`rtasida iqtisodiy hamkorlik to`g’risida dastlabki hujjatlar 1992 yil iyunda 
I.Karimovning Janubiy Koreyaga qilgan rasmiy tashrifi chog’ida imzolangan edi.
O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 5-noyabrda «Selxozmash» 
konserni va «DEU korporeyshn» korporasiyasi bilan hamkorlikda «O`zDEUavto» 
qo`shma korxonasi tashkil qilish to`g’risida Qaror qabul qildi. Qarorda 
«Selxozmash» konserniga 3 oy muddat ichida avtomobilsozlikni rivojlantirish 
Konsepsiyasini ishlab chiqish topshirildi. «O`zDEUavto» qo`shma korxona 
ta’sischilari etib Koreya tomonidan «DEU» korparasiyasi, O`zbekiston tomonidan 
«O`zavtosanoat» uyushmasi belgilandi.
Shartnomaga ko`ra ikki tarafning qo`shma korxonadagi ulushi miqdori 
«DEU» korporasiyasi uchun ham, «O`zavtosanoat» uyushmasi uchun ham 50 % - 
100 mln. dollardan belgilandi. «O`zDEUavto» korxonasining joylashgan umumiy 
maydoni 476266 m
2
, bino va inshootlar uchun 146266 m
2
tashkil etadi.
«O`zDEUavto» korxonasi 1993 yil fevraldan - 1996 yil 19 iyulgacha – 32 oy 
mobaynida 
qurildi. 
Loyiha 
ishlarini 
asosan 
«DEU 
injinering» 
va 
«O`zbektyajprom» firmalari amalga oshirdilar. Loyiha quvvatiga ko`ra bu ulkan 
inshootning umumiy qiymati yiliga 200 ming avtomobil ishlab chiqarib, umumiy 
qiymati 658 mln. dollarni tashkil etdi.
Korxona 1996 yil 29 ming 835 dona avtomil ishlab chiqardi, ular 11285 ta 
«Damas», 5030 ta «Tiko», 13520 ta «Neksiya» rusumdagi avtomobillar; ulardan 
7000 tasi eksport qilindi. 1997 yil - 64883 ta avtomobil ishlab chiqarildi.
Korxonada mehnat qilayotgan yoshlarning 1000 dan ko`prog’i Janubiy 
Koreyada «DEU» korporpsiyasida tajriba orttirib keldi, keyinchalik yana 2000 
kishi yuborildi. Qo`shma korxonada bajarilgan qurilish ishlari asosan, Andijon, 
Farg’ona va Namangan viloyati qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi. 
Korxonada 2002 yildan boshlab «Matiz» va «Neksiya-2», 2003 yildan boshlab 
«Lasetti» rusumdagi yangi avtomobil ishlab chiqarishga kirishildi.
Dunyodagi eng kuchli mamlakatlar asosan, AQSH, G’arbiy Evropa, 
YAponiya, Rossiya va Jvnubiy Osiyo mamlakatlaridan iborat 28 mamlakat 
avtomobil sanoatiga ega. Avtomobil sanoatining ishlab chiqarish bazasini 


517 
shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1995 yil 30 mayda 
«Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan O`zbekiston -
Koreya qo`shma korxonalarini tashkil etish to`g’risida» Qaror qabul qildi.
«O`zDEUavto» avtomobillarini sotish va ularga xizmat ko`rsatishni tashkil 
etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1996 yil 3 sentyabrda «O`zDEUavto» 
qo`shma korxonasida avtomillar ishlab chiqarish, sotish va ularga xizmat 
ko`rsatish masalalari to`g’risida» Qaror qabul qildi. «O`zDEUavto»da 1996 yil 
4000 ga yaqin ishchi ishlagan bo`lsa, yaqin kelajakda 55-65 ming kishi ishlaydigan 
avtomobilsozlik markaziga aylanadi. 
Samarqanda 1999 yil 16 martda ish boshlagan «SamKochavto» qo`shma 
korxonasi qurilishiga 1995 yil «O`zavtosanoat» uyushmasi Turkiyaning «Koch 
xolding» kompaniyasi bilan imzolagan shartnomaga muvofiq kirishilgan edi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling