Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Yoqilg’i sanoati majmuiga: ko`mir, neft, tabiiy gaz sohalari kirib
O`zbekiston yoqilg’i sanoati balansida gaz etakchi o`rinni egallaydi va 87,3 % ni 
tashkil etadi. Sho`ro mustamlakachiligi davrida gaz Buxoro-Ural, O`rta Osiyo-
Markaz gaz quvurlari orqali tashqariga oqizilardi. O`zbekistonda topilgan gaz 
zaxiralari 2 trln. kubometr, u 35 yil davomida O`zbekiston ehtiyojini qondira oladi.


513 
O`zbekiston neft-gaz zahiralari 1 trln. AQSH dollarida baholanib, bu 
zahiralar asosan 5 ta mintaqada: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G’arbiy Hisor, 
Surxondaryo va Farg’ona mintaqalarida mavjud. Eng yirik gaz konlari Janubiy-
G’arbiy Hisor va Buxoro-Xivada joylashgan; bular asosan Sho`rtan va Muborak 
guruhlariga kiruvchi konlardir. O`zbekistonda 2 ta: Sho`rtan va Muborak gazni 
qayta ishlash zavodlari faoliyat ko`rsatmoqda.
Transport tarmog’i tizimi: temiryo`l, avtomobil yo`llari, havo yo`llari, suv 
transporti, shahar yo`lovchi tashish va truboprovod transportidan iborat. Transport 
tarmoqlari tizimini boshqarishni takomillashtirish maqsadida «O`zbekiston havo 
yo`llari» Milliy aviakompaniyasi (1992 y. 28-yanvar), «O`zavtotrans» (1993 y. 8-
yanvar), «O`zbekiston temiryo`llari» (1997 y. 7-noyabr) davlat aksiyadorlik 
kompaniyalari tashkil etildi. Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyalarning 
markazlarida zamonaviy va xalqaro standartlar darajasida temiryo`l va avtomobil 
vokzallari barpo etildi.
Yaponiya va Germaniya bilan hamkorlikda Toshkent, Samarqand, Buxoro, 
Urganch, Namangan, Termiz shaharlaridagi aeroportlar xalqaro standartlar 
darajasida qayta qurildi. Transport tarmoqlari tizimida temiryo`l transporti alohida 
o`rin tutadi. 2003 yil temiryo`llarning uzunligi 7 ming kilometrdan oshdi.
O`zbekiston O`rta Osiyo mamlakatlari bilan birga Iqtisodiy Hamkorlik 
Tashkiloti (EKO)ga kiruvchi Pokiston, Eron, Turkiya, Afg’oniston bilan 
Tarnsosiyo magistrali: Istambul-Toshkent, Olmoniya-Pekin temiryo`lini qurishga 
qatnashish uchun hukumatlararo shartnoma tuzgan. O`zbekiston EKOga a’zo 
mamlakatlar bilan birgalikda «TRASEKA» loyihasini ro`yobga chiqarishda 
ishtirok etmoqda, bu loyiha O`rta Osiyo, Ozarboyjon, Gruziya orqali Qora 
dengizga boradigan Transkavkaz magistralini vujudga keltirishni nazarda tutadi.
O`zbekistonda yagona temiryo`l tarmog’ini vujudga keltirish uchun 2 ta 
yirik temiryo`l magistrali qurish kerak: 1) 2002 yil foydalanishga topshirilgan 342 
km. Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvays-Nukus temiryo`li; 2) 223 km. G’uzor-
Boysun-Qumqo`rg’on magistrali. Bu yo`llar elektr energiyasi vositasida ishlaydi. 
«O`zbekiston temiryo`llari» kompaniyasi Germaniya va boshqa xorijiy 


514 
mamlakatlardan 50 mingdan ortiq turli yuk vagonlari, 1450 yo`lovchi tashiydigan 
vagonlar va ko`plab refrejeratorlar oldi.
Xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan Xitoy va Pokistonga olib boradigan 
Andijon-O`sh-Ergashtom-Qashqar; 
Buxoro-Saraxs-Mashhad; 
Termiz-Hirot-
Karochi avtomobil yo`llari qurilmoqda. 1997-2000 yy. Toshkent-O`sh 
avtomagistrali yo`lidagi Qamchiq-Rezak dovonlarida 2484 metrli tonnel qurish 
uchun 4500 kishi mehnat qildi va 27 mlrd. so`m sarf qilindi.
Mahalliy 
havo 
yo`llarida 
qatnayotgan 
AN-24, 
YAK-40, 
IL-114 
samolyotlardan tashqari yana xalqaro havo yo`llarida qatnayotgan IL-76, IL-62, 
IL-86, TU-154, A-310, Boing-757, Boing-764 samolyotlar bor. «O`zbekiston havo 
yo`llari» Milliy aviakompaniyasi ixtiyorida MI-2, MI-8, KN-26 kabi zamonaviy 
vertolyotlar mavjud. AN-24 samolyoti, MI-2, MI-8, KA-26 vertolyotlaridan 
qishloq xo`jaligi, tibbiy sanitariya xizmati, meteorologiya, geologiya qidiruv, gaz 
sanoati sohalarida ham keng foydalanilmoqda.
Suv transportining umumiy uzunligi 1000 kilometrni tashkil etadi. Shahar 
yo`lovchilar tashish transporti CHexiyaning eng zamonaviy «Tatra» tramvaylari, 
«Shkoda» trolleybuslari bilan ta’minlangan. Shahar yo`lovchi tashish transporti ish 
faoliyatini qayta qurishda Oliy Majlisning 1997 yil 6-maydagi «Shahar 
yo`lovchilar ttansporti to`g’risida»gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 
19 avgustda qabul qilgan «Toshkent shahri aholisiga transport xizmati ko`rsatishni 
yaxshilash to`g’r» Qarori katta ahamiyatga ega bo`ldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling