504
Prezidentning 1996 yil 12 martda «O`zbekistonda tovar
ishlab chiqaruvchilar va
tadbirkorlar palatasini tashkil etish to`g’risida» Farmoni e’lon qilindi.
Bozor infrastrukturasini yaratish - Bozor iqtisodiyoti
munosabatlariga
o`tish uchun lozim. Bu - bozor munosabatlarini harakatga keltiruvchi va uning
ishlashi uchun zarur bo`lgan sharoitni yaratib beruvchi sohalarni shakllantirishdir.
Bozor infrastrukturasi deyilganda:
tovar va pul bozorida, mehnat resurslari
bozorida xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`rtasida o`zaro aloqani ta’minlovchi
iqtisodiy vositalar-tegishli
moliya va bank-kredit tizimi, sug’urta, auditorlik,
yuridik va xususiy firmalar tizimi tushuniladi.
Bozor infrastrukturasini shakllantirishning shartlaridan biri:
- mahsulot
etkazib berishning majburiy davlat byurtmasidan voz kechishdan iborat bo`ldi
(davlat byurtmasi mahsulotlarni erkin (kelishilgan) narxda xarid qilish bilan
almashtirildi). Markazlashgan ta’minot idora va tashkilotlar ham tugatilib, o`rniga
tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi.
O`zbekistonda birinchi bo`lib 1991 yil «Toshkent» tovar-fond birjasi tuzildi
va dastlabki kim oshdi savdosini o`tkazdi (1992 y. 30
dan ortiq birja ish olib
bordi). Tovar resurslarini taqsimlashning birja tizimi bilan bog’liq tadbirkorlik
bo`g’inlari: brokerlik va dillerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo
bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: