Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Soxta demokratlar va ekstremistik faoliyat
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Soxta demokratlar va ekstremistik faoliyat. «Birlik» xalq harakati 1989
yil 28 mayda (raisi A.Po`latov) vujudga keldi. «Erk» demokratik partiyasi 1990 yil 30 aprelda (raisi M.Solih) tashkil topdi.»Birlik» xalq harakati va «Erk» DP mustaqillikdan keyin boshi berk ko`chaga kirib qoldi, chunki mustaqillik davri uchun harakt dasturi yo`q edi, kurashini asoslaydigan rasmiy hujjatga ega emas edi. «Birlik» harakatining 1990 yil dasturidagi vazifa O`zbekistonda SHo`ro hokimiyatini ag’darish bo`lib, uning o`rniga boshqa davlat tizimi barpo etish vazifasi yo`q edi. «Erk» DPning 1990 yil qabul qilingan dasturi parchalanayotgan sobiq saltanat davrida partiya oldida turgan vazifalarni o`zida ifoda etgan edi. «Erk» DPning tajovuzkorona harakatlari va siyosiy qo`poruvchilik faoliyati ayniqsa 1991 yil 29 dekabrdagi Prezident saylovlarida M.Solih mag’lubiyatga uchragach eng yuqori cho`qqiga chiqdi. U deputatlik mandatini tashlab Oliy Kengash sessiyasidan chiqib ketdi va 1993 yil chet elga ketdi. «Erk» partiyasida ichki partiyaviy bo`hron vujudga kelib Markaziy Kengash a’zolarining bir qismi M.Solih tutgan yo`lga qarshi chiqdi. Oliy Sudning jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay’ati 2000 yil 30 oktyabrdan 17 noyabrgacha davlat hokimiyatini egallab olishga qaratilgan jinoiy guruhning 12 rahbari ustidan sud muhokamasini olib bordi. M.Solih ham sirtdan sud qilinib Oliy Sud hay’ati qarori bilan mol-mulki musodara qilinib, 15 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. 1991 yilning oxirlari O`zbekiston mustaqilligining eng tahlikali, iztiroblar va og’ir kechinmalar jo`sh urgan davri edi. 1991 yil 18-21 noyabrda Oliy Kengashning 12-chaqiriq 8-sessiyasida bir guruh soxta demokratlar ochiq bosh ko`tardi va O`zbekiston tarixida alohida voqea sifatida muhrlandi. «Tashabbus» guruhi nomi bilan so`zga chiqqan bir guruh deputatlar «miting va namoyishlar o`tkazishni taqiqlash to`g’risida»gi qarorni bekor qilish, ma’muriy organlar va 499 Konstitusiyaviy Nazorat Qo`mitasiga ultimatum qo`yish talabi bilan chiqa boshladi. «Vek» (Rossiya) gazetasining 1995 yil 21-27 iyul sonida «SSSR parchalangach eng dahshatli voqea O`zbekistonda yuz berishi lozim edi. Lekin I.Karimov xatoga yo`l qo`ymadi, uning mitinglarni taqiqlab qo`yishi qirg’izlar, tojiklar bilan o`zaro munosabatlardagi murakkab vazifalarni hal etish kabi to`g’ri ish edi»-deyiladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling