Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
«Ommaviy axborot vositalari» Konstitusiyaning 67-moddasida: «erkindir
va qonunga muvofiq ishlaydi» - deyiladi. Ular axborotning to`g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo`l qo`yilmaydi» - deyilgan. 1996 yil 30 avgustda Oliy Majlisning 6-sessiyasida «Noshirlik faoliyati», «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar» to`g’risidagi qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis 2-chaqiriq 8-sessiyasida (1997, 24 aprel) «Jurnalistik faoliyatni himoya qilish», «Axborot olish kafolatlari va erkinligi», «Ommaviy axborot vositalari» (yangi tahrirda) to`g’risidagi qonunlar qabul qilinishi va «Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi» tashkil etilishi so`z va fikr erkinligini kafolatlashga xizmat qiladi. 1999-2000 o`quv yilida Jahon tillari universitetida Xalqaro jurnalistika fakul’tetining tashkil etilishi o`zbek jurnalistikasi tarixida muhim voqea bo`ldi. O`zbekistonda 2004 yil 1 yanvargacha 12 tilda jami 866 ta ommoviy axborot vositalari faoliyat ko`rsatdi (611 ta gazeta, 165 ta jurnal, 43 ta xususiy va 29 ta kabelli televidenie, 4 ta axborot agentligi, 12 ta xususiy va 1 ta davlat G’M radiokanali, 1 ta teleradiokompaniya). AQSHda joylashgan jahondagi yirik komp’ter tizimi - «Internet» bilan 1996 yil mayda aloqa o`rnatildi, uning 50 mln. abonenti bo`lib, jahondagi eng yirik axborot markazlari a’zodir. 1996 yil 7 mayda «O`zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televidenie va radioning rolini oshirish chora tadbirlari to`g’risida» Farmon bilan O`zbekiston Davlat televidenie va radioeshittirish Qo`mitasi O`zteleradiokompaniyaga aylantirildi. 1996 yil mayda «O`zbekiston ommaviy 500 axborot vositalarini demokratlashtirish va qo`llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasi» tashkil qilindi. I.Karimov tomonidan 1996 yil 19 dekabrda «O`zbekiston ommoviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo`llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasi» vakllari qabul qilindi. Uchrashuvda I.Karimov «Inson ozod va hur tug’iladi va shunday yashashi lozim» - degan edi. Uchrashuv chog’ida jamg’arma faoliyatini jonlantirish, uning «Hurriyat» nomli yangi gazetasini nashr etish, Milliy matbuot markazi faoliyatini yo`lga qo`yish masalalari ko`rib chiqildi. O`zbekistonda 1990 yil 376 nomda gazeta va jurnallar chop etilgan bo`lsa, 2010 yil ommoviy axborot vositalari va elektron ommoviy axborot vositalari soni 1200 taga etdi, 4 ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 100 ga yaqin davlat va nodavlat teleradiostudiyalari va uning hududiy bo`linmalari faoliyat ko`rsatdi. Ko`pmillatli O`zbekistonda gazetalar, jurnallar, teleradiostudiyasi 12 tilda: o`zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tilda chop etiladi va eshittiriladi; 6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o`zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy, hind tillaridan foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalari, ularning muassislari, mazmuni va yo`nalishiga qarab bir necha guruhlarga bo`linadi: davlat tomonidan nashr etiladigan; siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari, tijorat va xususiy gazeta va jurnallar; shuningdek diniy tashkilotlarning gazeta va jurnallari, adabiy-badiiy, ixtisoslikka yo`naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy nashrlar mavjud. O`zbekiston 1996 yil mayda AQSHda joylashgan «Internet» global tarmog’i bilan bog’landi. 2003 yil O`zbekistonning yarim mln. (500 ming) dan ortiq aholisi Internetdan foydalangan bo`lsa, 2010 y. ularning soni 6 mln.dan oshdi. “UZ” hududida ro`yxatga olingan WEB saytlar soni 2004 yil aprelda 2600 taga etdi; ayniqsa O`zbekiston Prezidenti Matbuot xizmatining WEB sayti (WWW.press- servise.uz) Internet tarmog’ida mashhur bo`lib ketdi, undan mamlakatimiz va jahondagi 80 dan ortiq mamlakat aholisi foydalanmoqda. Ommaviy axborot vositalarining «4-hokimiyat» darajasida faoliyat ko`rsatishida Prezident va 501 hukumat qabul qilgan farmon, qaror va farmoyishlar, Oliy Majlis qonunlari imkon yaratmoqda. Tayanch so`zlar: Siyosiy partiyalar, Xalq demokratik partiyasi, «Adolat» sosial-demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Liberal demokratik partiyasi, «Xalq birligi», Jamoat birlashmalari, ”Kamolat”, YOshlar ittifoqi, Ommaviy axborot vositalari, Internet, federalizm, demokratiya, mustaqillik, ixtiyoriylik. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling