Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadlari I.Karimovning 
«O`zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo`lida» asarida asoslab 
berilgan. Islohatlarning birinchi bosqichida (1991-1995) Oliy Kengash tomonidan 
iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonun qabul qilindi. Konstitusiyaning 12 bobi 53-
55-moddalarida bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning iqtisodiy negzlari 
huquqiy jihatdan asoslab berilgan.
Iqtisodiy islohatlar birinchi bosqichida Oliy Kengash qabul qilgan iqtisodiy 
sohaga oid qonunlarni beshta yo`nalishga bo`lish mumkin: birinchi yo`nalish - 
davlat va iqtisodiy mustaqillikning huquqiy negizlarini ifodalovchi, davlatni 
boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlardir; ikkinchi yo`nalishga - yangi 
iqtisodiy munosabatlarni, avvalo xususiy mulkchilikni va ko`p ukladli iqtisodiyotni
shakllantiruvchi qonunlar majmuasi; uchinchi yo`nalish - xo`jalik yuritishni 
tartibga soluvchi qonunlar; to`rtinchi yo`nalish - O`zbekistonning tashqi iqtisodiy 
faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar; beshinchi yo`nalish - inson 
huquqlarini, aholining ijtimoiy qo`llab-quvvatlanishi va ijtimoiy kafolatini 
ta’minlaydigan qonunlar 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyatni barpo etishning 
asosiy sharti: 1) davlat mulkini xususiylashtirish; 2) ko`p ukladli iqtisodiyotni 


503 
vujudga keltirish; 3) ishlab chiqarish korxonalari va mulkdorlar o`rtasida o`zaro 
raqobatlashish uchun zarur sharoit yaratish; 4) mulkdorlar sinfini shakllantirishdan 
iborat.
Xususiylashtirish jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish 
maqsadida 1992 yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat 
qo`mitasi tuzildi. Bu qo`mita 1994 yil Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni 
qo`llab-quvvatlash Davlat qo`mitasiga aylantirildi.
Dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni: umumiy uy-joy fondini, savdo, 
mahalliy sanoat, xizmat ko`rsatish korxonalarini, qishloq xo`jalik mahsulotlarini 
tayyorlash tizimini - xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini qamrab oldi. 
1992-1993 yy. 1 mln. kvartira xususiylashtirildi va xususiy mulkka aylandi (28,8 
ming yuridik shaxs 53,9 mingta xususiy ob’ekt egasi bo`ldi). 2002 yilga kelib 
aholining asosiy qismi qaysidir shakldagi mulk egasi bo`ldi. O`zbekistonda 2003 
yil birinchi yarmiga kelib 698 korxona va ob’ekt davlat tasarrufidan chiqarildi, 
ushbu xususiylashtirishdan tushgan mablag’ 22,5 mlrd. so`mni tashkil qildi.
1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash 12-chaqiriq 8-sessiyasida Mulkni 
«Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g’risida»gi Qonun qabul 
qilindi. Kichik xususiylashtirish 1994 yildayoq tugallandi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling