Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet332/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va 
demokratik saylov tizimining yaratilishi 
Demokratik jamiyat qurish yo`li. O`zbekiston o`zining bosh strategik 
maqsadi sifatida bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo 
etish yo`lini tanlaganini oshkora dunyoga e’lon qildi. Bu yo`lning mohiyati 
I.Karimovning «O`zbekistonning o`z taraqqiyot va istiqlol yo`li» (1992), 
«O`zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999) kabi asarlarida nazariy-ilmiy jihatdan 
asoslab berildi.
Strategik maqsad amalga oshishi uchun ro`yobga chiqarish kerak bo`lgan 
vazifalar: Siyosiy sohada - jamiyatni quyidan yuqorigacha demokratlashtirish
uning izchilligini ta’minlash; Ijtimoiy sohada - taraqqiyotning asosiy 
tamoyillaridan bo`lgan kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; Iqtisodiy sohada - 
islohatlarni chuqurlashtirish, barcha sohalarini erkinlashtirish; xo`jalik yurituvchi 
sub’ektlar mustaqilligini oshirish; tadbirkorlik yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish; 
Ma’naviyat sohasida - ma’naviy qadriyatlarni fan va taraqqiyot yutuqlari bilan 
boyitish; milliy ongni uyg’otish asosida milliy g’oyani shakllantirish; Islom 
madaniyatini tiklash, siyosiy maqsadda foydalanmaslik edi. 
O`zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Maktablarda 
ta’lim 7 tilda olib borilmoqda. Millatlarning madaniyatini ifoda etuvchi 100 dan 
ortiq madaniy milliy markazlar bor. 18 ta diniy konfessiya faoliyat ko`rsatmoqda.


489 
Sud islohatlari. Sud hokimiyatini tashkiliy jihatdan shakllantirishda keng 
ko`lamli ishlarga 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «Davlat mustaqilligining 
asoslari to`g’risida»gi Konstitusiyaviy Qonun tamal toshini qo`ydi. 1992 yil 8 
dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Konstitusiyasi demokratik huquqiy 
davlatchilik zaminini barpo etishning poydevori bo`lib tarixga kirdi. Oliy 
Majlisning 1995 yil 21 dekabrdagi 4-sessiyasida va 1996 yil 28 avgustdagi 6-
sessiyasida sud hokimiyati uchinchi mustaqil tarmoq ekanligiga e’tibor berildi.
Konstitusiyaning 107-moddasiga ko`ra sud tizimi: 5 yil muddatga 
saylanadigan - Konstitusiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo`jalik sudi, Qoraqalpog’iston 
fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudlari, Qoraqalpog’iston xo`jalik 
sudidan; 5 yil muddatga tayinlanadigan: fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha 
viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha 
tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo`jalik sudlaridan iborat. 
Huquq tarmoqlarini birlashtirish va uyg’unlashtirish uchun yangi tizim - 
Konstitusiyaviy Sud yuzaga keldi. Konstitusiyaning 106- va 116-moddalarida sud 
hokimiyatining asoslari aniq belgilanib, sud hokimiyati va sudlarning mustaqilligi 
mustahkamlangan. Mustaqil sud hokimiyatini amalga oshirish mexanizmlari va 
sud ishlarini ko`rishda adolatsizlik va qonunbuzarliklarga qarshi qo`llanilgan 
javobgarlik choralari 1992 yil 10 dekabrda Oliy Kengash 11-sessiyasida qabul 
qilingan «Prokuratura to`g’risida»gi va 1993 yil 2 sentyabrda 13-sessiyada qabul 
qilingan «Sudlar to`g’risida»gi Qonunlarda belgilab berilgan.
Qurolli kuchlarning harbiy sudlari, harbiy garnizon sudlarini nazorat qilish 
uchun Oliy sudda harbiy hay’at tashkil etildi. Harbiy hay’at raisi lavozimi bo`yicha 
Oliy sud Raisining o`rinbosari hisoblanadi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling