Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Kadrlar siyosati. O`zbekistonga 1987 yil Moskva, Leningrad va 
Rossiyaning boshqa mintaqalaridan 400 dan ortiq kishi ma’muriy organlarda 
ishlash uchun yuborildi. I.Karimov O`zbekistonning birinchi rahbari etib 
saylangach Respublikada kadrlar masalasida milliy manfaatlar ustuvorligi 
ta’minlandi. Markazdan yuborilgan “kadrlar to`dasi” o`z mavqeini yo`qotdi. 
1994 yil 4 yanvarda Oliy Kengash 9-sessiyasida «O`zbekiston 
Respublikasida mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to`g’risida»gi 
Qonun qabul qilindi. Toshkent shahri va 12 viloyatda 1992 yil davomida Prezident 
tavsiyasi asosida birinchi marta hokimlar tayinlandilar. 212 shahar va tumanda 


485 
ham shunday lavozim ta’sis etildi. 50 dan ortiq hokimlar birinchi marta tuman va 
shahar rahbarligiga kelgan kishilar edi (7 millat vakili hokim qilib tasdiqlandi). 
Toshkentda 1992 yil 3 aprelda I.Karimovning Viloyat, shahar va tuman hokimlari 
bilan birinchi uchrashuvi bo`ldi. 
I.Karimov kadrlarni 3 toifaga bo`ladi: 1-toifa: og’ir vaziyatdan 
foydalanuvchi, faqat o`z manfaatini o`ylaydigan, xalq tashvishidan begona 
kishilar; 2-toifa: befarq, loqayd odamlar bo`lib, ular hech kimga qarshi gapirishni, 
dushman orttirishni xohlamaydigan; 3-toifa: yosh, tashabbuskor, kuch-g’ayratga 
to`la, Vatan ravnaqi uchun fidoyilik bilan xizmat qiluvchi kadrlar.
Kadrlar 
bilan 
ishlashdagi 
kamchiliklar 
haqida 
1996-2003 
yy. 
Qoraqalpog’iston Jo`qarg’i Kengesi, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Farg’ona, 
Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari xalq deputatlari 
sessiyalarida ro`yi-rost gapirildi. 1995 yil sentyabrda Prezident huzuridagi Davlat 
va jamiyat qurilishi Akademiyasi tashkil qilindi. Akademiya faoliyati davomida 
1500 dan ortiq yosh mutaxassis boshqaruv sirlarini egalladi. 
Tayanch so`zlar:
Sobiq Ittifoq (SSSR), Ministirlar Soveti, Vazirlar 
Mahkamasi,
Vise-Prezident, Kadrlar siyosati,
Mahalliy hokimiyat organlari: 
hokim, viloyat, tuman, shahar kengashlari,
«fuqaro-jamiyat-davlat». 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling