Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Boshqaruv tizimidagi islohatlar. Davlat reja qo`mitasi o`rniga Iqtisodiyot
vazirligi tuzildi, Davlat ta’minot qo`mitasi tugatilib Respublika ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi tuzildi, Davlat narx qo`mitasi tugatilib Moliya vazirligi tarkibida narxlarni nazorat qiluvchi maxsus boshqarma tuzildi. Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o`zgardi, Moliya vazirligi respublika byudjetini shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq va moliya siyosatini belgilamoqda, valyuta ishlarini boshqarmoqda. 482 Bank tizimi isloh etildi, Davlat banki va uning bo`limlari tugatilib Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki; Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklari – “O`zsanoatqurilishbank”, “Paxtabank” (Agrobank), “O`zjamg’armabank”, “G’allabank”, “Tadbirkorbank”, “Savdogarbank”, xususiy banklar tuzildi. Davlat nazorati tizimi tartibga solindi: Davlat nazorati qo`mitasi, uning joylardagi organlari tugatilib, Davlat Soliq va Bojxona qo`mitalari; Prezident devonida nazorat inspeksiyasi, Hokimiyatlarda tegishli nazorat inspeksiyalari tuzildi. Davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar: Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy attestasiya komissiyasi va boshqa hukumat organlari tashkil etildi. Islohatlarni chuqurlashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Prezident huzurida Iqtisodiy islohat, tadbirkorlik va chet el investisiyalari bo`yicha idoralararo Kengash tuzildi. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat Qo`mitasi tashkil etilib, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshirdi. O`zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini yo`lga qo`yish maqsadida tarixda 1-marta Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzildi. Ishlab chiqarish va tansport bo`yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, ular o`z-o`zini mablag’ bilan ta’minlaydigan uyushmalarga, konsernlarga, korporasiyalarga va boshqa xo`jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transporti va Qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi. Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyati va ish yuritish usullari tubdan o`zgardi. Umummilliy ahamiyatga molik bo`lgan tarmoqlar: sayyohlik, transport, madaniyat, kino, televidenie va radio tizimida iqtisodiy jihatdan mustaqil bo`lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi. Hozir 14 ta vazirlik, 8 ta davlat qo`mitasi, 8 ta agentlik faoliyat ko`rsatmoqda. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling