Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. Fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

2-§. Fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi. 
Mahalliy o`zini o`zi boshqarishning tashkil etilishi.
Inson huquqlari 
 
Jamiyatni demokratlashtirish, adolatli, ochiq fuqarolik jamiyati qurish - 
O`zbekiston taraqqiyotining bosh yo`lidir. Demokratik jamiyatning xalqaro 
miqiyosda e’tirof etilgan tamoyillari: insonning o`z xohish-irodasini erkin 
bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikning ko`pchilikka bo`ysunishi; davlat va 
jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi; davlat boshqaruv organlarining saylab 
qo`yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berib turishidir.


486 
O`zbekistonga demokratik jarayonning individulizm falsafasiga tayanuvchi
inqilobiy o`zgarishlarga moyil G’arb namunasi unchalik to`g’ri kelavermaydi. 
O`zbekiston uchun Sharq falsafasi va islom dini ta’limotlarini aks ettiruvchi 
hamjihatlik g’oyasi va jamoatchilik fikrining ustuvorligiga tayanuvchi Sharqona 
demokratik qadriyatlar asos qilib olindi. O`zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat 
va haqiqat g’oyasiga asoslandi. Odamlar o`z qobiliyati va ehtiyojlarini to`la 
namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo`lgan teng imkoniyatlarni
shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga e’tibor berildi, 
busiz adolatli jamiyat qurib bo`lmaydi.
«Mahalla» - arabcha joy, o`rin, makon manosini bildiradi. Konstitusiyaning 
105-moddasida «Shaharcha, qishloq va ovullardagi mahallalarda Fuqarolarning 
yig’inlari o`zini o`zi boshqarish organi bo`lib, raisni (oqsoqolni) va uning 
maslahatchilarini 2,5 yil muddatga saylaydi» deyiladi. 1995 yil 23-24 fevralda 
bo`lgan Oliy Majlisning 1-sessiyasida I.Karimov «Boshqaruv vazifalarining asosiy 
qismini markazdan viloyatlarga, viloyatlardan tumanlardagi davlat va boshqaruv 
idoralariga o`tishini ta’minlash darkor» - deb aytgan edi.
O`zini o`zi boshqarish organlarini tashkil qilishda 1993 yil sentyabrda Oliy 
Kengash 12-sessiyasida qabul qilingan «Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish 
organlari to`g’risida»gi Qonun alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Prezidentning 1992 
yil 12 sentyabrda «Mahalla» xayriya jamg’armasini tashkil etish va 1992 yil 8 
oktyabrda xayriya jamg’armasiga mablag’ ajratish to`g’risidagi Farmonlari 
mahallalarga homiylikni tashkil etishda katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Yirik shaharlarda ko`p qavatli uylar joylashgan kvartallarga 1992 yil 
boshlaridan mahalla maqomi berilib, tarixiy nomlar berildi, fuqarolar yig’ini 
o`tkazilib, mahalla oqsoqoli va mas’ul kotiblar saylandi. Sovet davrida tuzilgan 
qishloq va posyolka (shaharcha)larda vakillik boshqaruv organlari qishloq yoki 
posyolka sovetlari deb atalgan, ular mustaqil hokimiyat organi bo`lmay, xalq 
deputatlari tuman yoki shahar kengashlari, ularning ijroiya qo`mitalariga bo`ysunar 
edi. Mustaqil bo`lgach mahalliy o`zini o`zi boshqarish tizimi tubdan isloh qilindi, 


487 
fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tizimi davlat hokimiyati tizimidan 
ajratish tomon yo`l tutildi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling