Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Inson huquqi va erkinliklariga doir: «Inson huquqlari umumjahon 
Deklarasiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`g’risida Xalqaro 
Pakt», «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g’risida Xalqaro Pakt va fakul’tativ 
Bayonnoma» kabi xalqaro hujjatlar O`zbekiston tomonidan tan olindi.
Fuqarolar huquqini aks ettiruvchi, himoya qiluvchi, faoliyatini tartibga 
soluvchi 500 dan ortiq qonun va Parlamentning qonunga tenglashtirilgan qarorlar 


490 
tizimi, 2000 dan ortiq Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari 
qabul qilindi. Fuqarolarning dinga munosabati «Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to`g’risida»gi (1998) Qonun bilan tartibga solinib, daxlsizligi 
ta’minlangan.
O`zbekiston inson huquqlariga oid 30 dan ortiq Xalqaro Pakt va 
Konvensiyaga qo`shilgan. O`zbekiston 1996 yil aprelda BMT komissiyasiga 
siyosiy va inson huquqlari bo`yicha Xalqaro Pakt normalarini bajarish borasida 
milliy ma’ruza matnini taqdim etdi. «Inson huquqlari umumjahon Deklorasiyasi» 
va xalqaro hujjatlar asosida 1991 yil 4-sessiyada «Jamoat birlashmalari 
to`g’risida», 1996 yil «Siyosiy partiyalar to`g’risida»gi qonunlar qabul qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili 1995 yil 23 fevralda Oliy 
Majlis 1-sessiyasida saylandi. Inson huquqlari bo`yicha vakilning maqomi va 
faoliyat doirasi 1997 yil 26 apreldagi «Inson huquqlari bo`yicha Vakili 
(Ombudsman) to`g’risida»gi Qonun bilan belgilab berildi. Jahonda inson huquqlari 
sohasida 70 ta standart qabul qilingan, bu hujjatlarda hokimiyatning o`z fuqarolari 
oldidagi majburiyatlari belgilab berilgan. O`zbekiston bu standartlardan 25 tasiga 
qo`shilgan.
Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazi 
Prezidentning 1996 yil oktyabrdagi Farmoni bilan tashkil etildi. Milliy Markaz o`z 
faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 13 noyabrdagi qarori bilan 
tasdiqlangan Nizomga ko`ra faoliyat olib bormoqda.
Milliy Markaz tomonidan 1997-2002 yy. O`quv-ma’rifiy yo`nalish bo`yicha 
200 dan ortiq risola nashr etildi. K.Adenauer jamg’armasi va BMT Taraqqiyot 
Dasturi bilan hamkorlikda huquqni muhofaza etish idoralari xodimlari uchun 
Andijon, Farg’ona, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Namanganda shaharlarida 
ixtisoslashgan o`quv seminarlari o`tkazildi.
Tahliliy yo`nalish bo`yicha Milliy Markaz «Oliy Majlisning Inson huquqlari 
bo`yicha Vakili (Ombudsman) to`g’risida», «Ommaviy axborot vositalari 
to`g’risida», «Jurnalistning kasbiy faoliyatiga doir faoliyatini himoya qilish 
to`g’risida», «Axborot olish erkinligi kafolatlari to`g’risida», «Ta’lim to`g’risida» 


491 
qonunlarni muhokama qilishda ilmiy-amaliy anjumanlar o`tkazdi. Milliy Markaz 
2002 yil fuqarolarni qabul qilish masalasida 6 mingdan ortiq shikoyat va arizalarni 
ko`rib chiqdi.
Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda 1997 yil 26 apreldagi «Oliy 
Majlisning Inson huquqlari bo`yicha Vakili (Ombudsman) to`g’risida»gi Qonun 
alohida ahamiyatga ega. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha Vakili 
(Ombudsman) mansabdorlar, tadbirkorlar va davlat organlarining inson huquqi
erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilish maqsadida faoliyat 
ko`rsatadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha Vakili BMTning Inson huquqlari 
bo`yicha markazi, EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi 
kabi xalqaro tashkiloltlar bilan hamkorlikni yo`lga qo`ygan. CHet el delegatlari 
bilan 2002 yilgacha 100 dan ortiquchrashuv o`tkazildi. 2003 yilga kelib 
Ombudsmanning barcha viloyatlar va Toshkent shahrida vakillari faoliyat 
ko`rsatmoqda.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling