Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Oliy Majlisning qonun ijodkorligi
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki palatali parlament zarurati
Oliy Majlisning qonun ijodkorligi. Mustaqil taraqqiyot davrida 1-palatali
parlament 446 ta dan ortiq qonun, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 1000 dan ortiq qarorlar qabul qildi. Qabul qilingan qonunlar turkumini mazmuniga ko`ra 5 yo`nalishga bo`lish mumkin. 1-yo`nalishga: davlat mustaqilligini mustahkamlash, demokratik-huquqiy davlat asoslarini yaratish, davlat boshqaruv tizimini yangilashga doir qonunlar 478 kiradi. 2-yo`nalishga: fuqarolar huquqlari va erkinliklari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalariga doir qonunlar kiradi. 3-yo`nalishga: bozor iqtisodiyotiga o`tish va shakllantirish, mulkchilik, xo`jalik yuritishning yangi mexanizmini yaratishga doir qonunlar kiradi. 4-yo`nalishga: odamlarning ma’naviy, ijodiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga, madaniyat, ta’lim va sog’liqni saqlashga, aholini ijtimoiy himoyalashga doir qonunlar kiradi. 5- yo`nalishga: xalqaro munosabatlarga, tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatga, chet ellik sarmoyadorlar bilan hamkorlik qilishga doir qonunlar kiradi. Ikki palatali parlament zarurati. I.Karimov 2000 yil 25 mayda 2-chaqiriq 2-sessiyada Oliy majlis (parlament) faoliyatini takomillashtirish g’oyasini ilgari surdi, ikki palatali qonun chiqaruvchi organ tuzishni taklif etdi. Ikki palatali parlament zaruratini hal etish masalasi 2001 yil 6 dekabrda Oliy Majlisning 2- chaqiriq 7-sessiyasida ko`rib chiqildi va Referendum o`tkazish to`g’risida qaror qabul qilindi. 2002 yil 27 yanvarda Parlament ikki palatali qilib saylanishi haqida Referendum o`tkazildi, 93,6 % yoqlab ovoz berdi. 2002 yil 12 dekabrda Oliy Majlisning 2-chaqiriq 10-sessiyada «Oliy Majlisning Senati» va «Qonunchilik palatasi to`g’risida»gi Konstitusiyaviy Qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining takibi, vakolatlari Konstitusiyaning 18 bob 77-80 moddalarida berilgan. 2003 yil 24 aprelda Oliy Majlisning 8-sessiyasida «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to`g’risida»gi Konstitusiyaviy Qonun qabul qilindi. 8-sessiyada Konstitusiyaning 18 bob - Oliy Majlis, 19 - Prezident, 20 - Vazirlar Mahkamasi, 23 - Saylov tizimi boblariga tuzatish va qo`shimchalar kiritildi. Tuzatish kiritilgan Konstitusiyaning 18-bob 76-moddasiga ko`ra: Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi; Oliy Majlis ikki palatadan - Qonunchilik (quyi) palata va Senat (yuqori palata)dan iborat bo`ladi; Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senat vakolat muddati - 5 yil. 479 Ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar 2004 yil dekabr – 2005 yil yanvarda bo`ldi. Quyi (qonunchilik) palatasiga ko`ppartiyaviylik asosida 120 ta deputat saylandi. Senat (yuqori palata)ga Qoraqalpog’iston, viloyatlar va Toshkent shahrining har biridan teng miqdorda – 6 nafardan, jami 84 kishi saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish, jamiyat va davlat faoliyatida xizmat ko`rsatganlar orasidan Prezident tomonidan tayinlandi. Qonunchilik palatasining Spikeri etib Qonunchilik palatasining 2005 yil 27 yanvarda bo`lgan 1-majlisida E.H.Xalilov saylandi. Senat raisi etib Senatning 2005 yil 27 yanvarda bo`lgan 1-majlisida M.Sharifxo`jaev saylandi. Qonun loyihalari dastlab Qonunchilik palatasida ko`rib chiqiladi va qabul qilinadi, so`ng Senatda ko`rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Prezident imzolab, matbuotda e’lon qilingan kundan qonun kuchga kiradi. Prezident vakolatlarining bir qismi Senat vakolatiga o`tkazildi, bular: davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakillarni tayinlash va tasdiqlashdir. 2 palatali Oliy Majlis 2005-2009 yy. 250 dan ziyod qonun qabul qildi. Oliy Majlisga 2009 yil 27 dekabrda saylovda – 2010 yil 10 yanvarda takroriy saylovda Qonunchilik palatasida 135 deputat, Ekologik harakat konferensiyasida 15 deputat, jami 150 deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog’iston, viloyatlar va Toshkent shahrining har biridan teng miqdorda 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Senatning 16 a’zosi Prezident tomonidan tayinlandi. D.Toshmuhammedova 2010 yil 22 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 1-majlisida Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylandi. I.M.Sobirov 2010 yil 26 yanvarda Oliy Majlis Senatining 1-majlisida Senat Raisi etib saylandi. Oliy Majlis Prezident taqdimiga Sh.M.Mirziyoevni Bosh vazir etib tasdiqladi. Oliy Majlisning vakolatlari: Parlamentlararo aloqalar, Qonun chiqarish vakolatlari, Nazorat vazifalari, Davlat organlarini tashkil qilish, Mansabdor shaxslarni tayinlashdir. 480 Tayanch so`zlar: Oliy Kengash, Oliy Majlis, Ikki palatali parlament, Senator, Spiker, Senat raisi, demokratik, huquqiy davlat, yangi jamiyat, bozor munosabatlari, 5 tamoil: iqtisodning siyosatdan ustunligi, davlat bosh islohatchi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, bozor iqtisdiyotiga bosqima-bosqich o`tish. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling