Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston davlatchiligi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston davlatchiligi. 1990 yil 14 
dekabrda «O`zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Davlat suvereniti to`g’risida»gi Deklorasiya qabul qilindi. Mazkur Deklorasiya 
1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi 
asoslari to`g’risida»gi Qonunda o`zining huquqiy asosini topdi.
O`zbekiston va Qoraqalpog’iston o`rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, 
madaniy munosabatlar O`zbekiston Konstitusiyasining 70-75 moddalarida o`z 
aksini topdi. Konstitusiyaning 21-moddasida «Qoraqalpog’iston fuqarosi ayni 
paytda 
O`zbekiston 
fuqarosi 
hisoblanadi» 

deyilgan. 
O`zbekiston 
Konstitusiyasining 115-moddasida «Sud hujjatlari o`zbek tili bilan birga 
qoraqalpoq tilida ham olib boriladi» - deyilgan. O`zbekiston Konstitusiyasining 
71-moddasida Qoraqalpog’iston o`z Konstitusiyasiga ega bo`lmog’i kerak, 
deyilgan.
1993 yil 9 aprelda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi 12-
sessiyasida Qoraqalpog’iston Konstitusiyasini qabul qildi (Davlat gerbi ham 
tasdiqlandi). 1992 yil 14 dekabrda Qoraqalpog’iston Oliy Kengashining 11-
sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrog’i qabul qilindi. Qoraqalpog’iston Oliy 
Kengashining 14-sessiyasida 1993 yil 4 dekabrda Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
1994 yil 25 dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi 
muqobillik asosida saylandi, Respublika parlamenti Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Jo`qarg’i Kenesi deb ataldi. 1995 yil 11 yanvarda Jo`qarg’i Kengesning Nukusda 
bo`lgan 1-chaqiriq 1-sessiyasida Jo`qarg’i Kenges Raisi, uning o`rinbosarlari, 
mandat komissiyasi, 8 ta qo`mita raislari va uning a’zolari saylandi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi 
hisoblanadi. 
Qoraqalpog’istonda hukumatga qarashli bo`lmagan xalqaro tashkilotlarning 
bo`limlari: «Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi», «EKOSAN», 
«Aralsos», «Sog’lom avlod uchun» ish olib bormoqda. J.Kengesning 1997 yil 17 


465 
iyulda bo`lgan navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya 
hokimiyatdagi kamchiliklarni tahlil qildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling