450
O`zbekiston rahbariyati xalq xo`jaligini bozor iqtisodiyotiga o`tkazish
yo`lini mustaqil belgilashga kirishib “
O`zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini
shakllantirish Konsepsiyasi” ishlab chiqildi. Konsepsiyada xalq xo`jaligini
sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari belgilab berildi.
Mazkur
masala yuzasidan 1990 yil oktyabrda Oliy Kengashning IV-sessiyasida
hukumat
Dasturi ma’qullandi.
O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida 80-yillar oxiri va 90-yillar
boshida sodir bo`lgan voqealar davlat mustaqilligini qo`lga
kiritish tomon amaliy
qadamlar tashlaganligini yaqqol ko`rsatadi. I.Karimov 1999 yil “O`zbekiston XXI
asrga intilmoqda” asarida “Bugun o`sha davrdagi haqiqatni aytsak, O`zbekiston
Markazga qaram, yarim mustamlaka mamlakatga aylangan” - deb aytgan edi.
Tayanch so`zlar: Ijtimoiy inqiroz, “Qayta qurish”, “kadrlar to`dasi”, “o`zbek
ishi”, “paxta ishi”, Gdlyan, Ivanov, Farg’ona fojiasi,
norasmiy harakatlar,
I.Karimov, “O`zSSRning davlat tili haqida” Qonun,
Mustaqillik Deklorasiyasi,
muqobil
nomzodlar
, “O`zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini
shakllantirish
Konsepsiyasi”.