Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijodkor ziyolilarni qatag’on qilishning yangi bosqichi
Ma’muriyatchilikning kuchayishi
Ma’muriyatchilik urushdan keyin iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda kuchaydi. Mamlakatni boshqarish Stalin e’lon qilgan farmonlar orqali amalga oshiriladigan bo`ldi. O`zbekistonning huquqlari cheklanib bordi. Stalinning g’alabani ta’minlashda rus xalqi asosiy rol o`ynadi, degan g’oyasi butun mamlakatni ruslashtirish siyosatiga aylandi. Ruslar “katta”, “ulug’ og’amiz” deb targ’ib qilindi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida boshlangan qishloq aholisini erdan mahrum qilish jarayoni urushdan keyin ham davom etdi. VKP(b) MQ va SSSR hukumati 1946 yil senyabrda “Kolxozlarda qishloq xo`jalik ustavining buzilishini tugatish choralari to`g’risida”gi qarorni e’lon qildi. Kolxozlar manfaatini himoya qilish bahonasida qishloqdagi 50 ming kolxozchi tomorqa erlaridan 25 ming gektari belgilanganidan “ortiqcha” deb tortib olindi. Kolxozda yashagan, ammo unga a’zo bo`lmagan 20 ming xo`jalikning 2,5 ming gektar erlari go`yo “qonunga xilof” ravishda egallangan deyilib tortib olindi. Ijodkor ziyolilarni qatag’on qilishning yangi bosqichini VKP(b) MQ 1946 yil fevralda qabul qilgan “Zvezda” va “Leningrad” jurnali, “Katta hayot” fil’mi, V.Muradelining “Buyuk do`stlik” operasi to`g’risidagi qarorlari boshlab berdi. Bu qarorlar olimlar, adabiyot va san’at xodimlarini qatag’on qilish uchun mafkuraviy asos bo`ldi va ular “o`tmishni ideallashtirish, feodal madaniyat oldida 421 qullarcha tiz cho`kish, sovet turmush tarzini buzib ko`rsatish, millatchilik”da ayblandi. O`zKP MQning 1949 yil 25 iyundagi “O`zbekiston yozuvchilar soyuzining ishi to`g’risida”gi qarorida A.Qahhorning “Qo`shchinor chiroqlari” romani tanqid qilindi. Yozuvchilardan Oybek, Mirtemir, H.G’ulom, M.Shayxzoda, M.Boboev, A.Qayumov badnom qilindi. “SHarq yulduzi”, “Zvezda Vostoka” jurnallariga “yaramas” asarlar chop etgan degan ayblar qo`yildi. 1948-1949 yillar 20 dan ortiq yirik olimlar, yozuvchi va shoirlar millatchilikda ayblanib 15-20 yilga ozodlikdan mahrum etilib, surgun qilindi. O`zKP MQ 1950 yil 1 sentyabrda qabul qilgan “O`zFAning ishi to`g’risida”gi qarorida bir qator iqtisod, til va adabiyot sohasidagi olimlar millatchilikda ayblandi. O`zKP MQning 1951 yil 8 aprelda “O`zSSRda musiqa san’atini rivojlantirish to`g’risida”gi qarorida Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Tohir va Zuhra”, “Alpomish” xalq dostonlariga asoslangan opera, balet va musiqali drama spektakllarini sahnalashtirganlar tanqid qilindi. Ko`pgina konsert tashkilotlari va musiqali teatr xodimlari “eski, arxaik musiqani va g’amgin maqom namunalarini”ni tarqatganligi uchun qoralandi. Bu qarorda “O`zbekistonning musiqali san’ati hayotdan orqada qolmoqda, o`zbek xalqini kommunistik ruhda tarbiyalashga to`la xizmat qilmayotir” deyildi. Respublika matbuotida 1951 yil 10 avgustda “Ba’zi shoirlarning ijodidagi mafkuraviy buzg’unliklar to`g’risida” degan maqola e’lon qilindi. Unda T.To`la, K.Otaboev, Mirtemir, S.Abdulla, Habibiy millatchilikda ayblandi. 1951 yil 24 avgustda e’lon qilingan “O`zbek sovet adabiyoti vazifalaridan chetda” nomli maqolada Oybek, H.Zaripov, H.Yoqubov, I.Sultonov mafkuraviy og’ishlarda qoralandi. 1951 yil M.Shayxzoda, Shukrullo Yusupov, S.Ahmad, G’.Alimov (SHuhrat) “sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati”da ayblanib qamoqqa olindi, ular 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi. O`zKP MQning 1952 yil fevraldagi 10-plenumi Ilmiy va ijodiy ziyolilarni quvg’in va ta’qib ostiga olishda yana bir turtki bo`ldi. Unda «Respublikada mafkuraviy ishlarning axvoli va uni yaxshilash choralari» muhokama qilindi. Bu 422 plenumda faylasuf V.Zohidovning ilmiy ishlariga burjua-millatchilik xatolari yuklandi. Tarixchi A.Boboxo`jaev va iqtisodchi O.Aminov panturkizmni targ’ib qilishda ayblandi. Ular “siyosiy va ishchanlik jihatidan lavozimlariga to`g’ri kelmaydi” deb ishdan bo`shatildi. T.To`la va M.Shayxzodaning sh’er va qo`shiqlari “g’oyasiz va axloqsiz asarlar” deb baholandi. Stalin vafotidan keyin shaxsga sig’inish oqibatlarini tugatish tadbirlari ko`rildi. Qatag’on qilinganlar ishini qaytadan ko`rib chiqishga kirishildi. Nohaq ayblanib qamalgan adib va olimlardan A.Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Shukrullo, Shuhrat, H.Sulaymon, M.Shayxzoda hamda minglab partiya, sovet, komsomol xodimlari oqlandi. 50-yillar boshida shubha ostiga olingan 60 dan ortiq olim va adiblar zimmasidan “millatchi, sovetlar dushmani” degan yorliqlar olib tashlandi. Tayanch so`zlar: kompleks mexanizasiyalash, paxtachilik mashinalari, ma’muriyatchilik kuchayishi, qatog’on, “Tashsel’mash”, “O`zbeksel’mash”, “Krasniy dvigatel’”, “Pod’yomnik”, Farxod GES, Oqqvoq GES, Bo`zsuv GES. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling