413
Germaniyaga olib ketilgan sovet fuqarolari soni 4 mln.dan ortiq edi.
Ularning ko`pi
Osvensim, Mautxauzen, Buxinvald kabi o`nlab o`lim
lagerlarida
o`ldirildi. Partizancha kurashga aholining qamaldan chiqqan qismi yoki harbiy
asirlikdan qochgan jangchilar o`tdi. Partizanlar harakati Markaziy shtabi yuborgan
harbiy
mutaxassislar, razvedkachilar partizanlarni yirik otryadlarga birlashtirib,
uyushgan holda dushmanga qarshi kurashdilar. Qurshovdan chiqqan o`zbekistonlik
jangchilar
Rossiyaning g’arbi, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya respublikalarida
partizan qo`shinlarida ishtirok etdi.
Belorussiyada
mashhur
bo`lgan
“Chekist” partizan otryadining
razvedkachisi M.Topiboldievga Qahramon unvoni berildi va Pisarevo qishlog’i
Topiboldievka deb ataldi.
Gomel atrofidagi «Temir yo`l urushi»da
urushda
J.Otaboev ishtirok etdi. Bryansk atorfida I.Musaev, A.Hakimov, I.Qosimov
dushmanga to`satdan zarba berdi.
Ukrainada S.Kovpak, A.Sobirov, A.Feodorov,
M.Naumovlarning partizan qo`shinlari safida yuzlab o`zbekistonliklar ham
qatnashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: