Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


O`zbekistonning baynalmilallik yordami


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbekistonning baynalmilallik yordami. SSSRning g’arbiy hududini 
bosib olgan fashist bosqinchilari Moskva ostonalarida, Stalingrad, Kursk, Oryol, 
Belgrad shaharlarida tor-mor etildi. Ozod etilgan shahar va qishloqlarni tiklash 
ishlariga Sherobod MTSining brigadir-mexanigi O.Cheximov 10 ming so`m, 
traktorchi Ro`ziev 15 ming so`m, Samarqand viloyati 170 mln. so`m yordam berdi, 
80 mingta kitob va darslik yubordi.
O`zbekiston 1943 yil bahorida ozod etilgan tumanlarga 2 ming traktor, 
avtomobil va qishloq xo`jalik mashinalari, 8 ming ot va ho`kiz, 170 ming bosh 
qo`y va echki jo`natdi. O`zbekistonlik yoshlar 1943 yil oktyabrda Leningradlik 
bolalarga 250 tonna oziq-ovqat, 10 ming juft poyabzal va kiyim, 2 mln. so`mdan 
ko`proq pul yubordi.
Toshkent tovar stansiyasi temiryo`lchilari G’arbdagi stansiyalarning birini 
tiklash uchun 35 ta ko`targich asboblar jamlanmasi, 350 dona slesarlik asboblari, 2 
mingdan ortiq ehtiyot qismlarni jo`natdi. Toshkent temiryo`lchilari 1943 yil 30 
martda asbob-uskuna ortilgan butun bir eshelonni Stalingrad temiryo`l tarmog’ini 


408 
tiklash uchun jo`natdi. Unda ko`chib yuradigan maxsus ustaxona, 2 ta paravoz, 
jihozlangan 33 ta vagon va platforma, dori va ichki kiyimlar bor edi.
O`zbekistonlik 60 mingga yaqin kishi 1943 yil Sverdlovsk, Chelyabinsk, 
Moskva, Ivanov viloyatlarida ishladi. 540 aloqachi Rossiya va Ukrainada aloqa 
vositalarini tiklashda qatnashdi. O`zbekiston mehnat rezervlari maktablarining 15 
ming talabasi 1943-1945 yy. Donbass, Kiev, Leningrad va Ural korxonalari
qurilishlari va temiryo`llarida ishlash uchun jo`natildi.
O`zbek xalqining g’amxo`rligi. Stalin va uning amaldorlari urushning 
dastlabki yillari kichik xalqlar va etnik guruhlarga adolatsizlik qildi. Volgabo`yi 
nemislar avtonom respublikasi tugatildi, 300 mingdan ortiq aholisidan 
“bosqinchilar yordam olishi mumkin” degan gumon bilan ularni Sibir va 
Qozog’istonga ko`chirdi.
Sibir va O`rta Osiyoga 1943 yil oxiri - 1944 yil boshida Volga quyi oqimi va 
Kaspiy bo`ylarida yashovchi qalmoqlar, Shimoliy Kavkazda yashovchi 
qorachoylar, chechenlar, ingushlar, bolqarlar ko`chirildi. 1944 yil iyunida Sibir va 
O`rta Osiyoga qrim tatarlari, greklar, keyinroq mesxeti turklari badarg’a qilindi. Bu 
xalqlar “fashistlar bilan hamkorlik qilish”da ayblandi. O`zbekistonga 175 mingdan 
ortiq chechen, 157 ming ingush, 150 mingdan ortiq qrim tatarlari, 4500 bolqar, o`n 
minglab mesxeti turklari, greklar ko`chirib keltirildi.
Tayanch so`zlar:
Timiriyazov nomli qishloq xo`jalik akademiyasi, 
O`zbekiston Fanlar Akademiyasi,
konsert brigadalari,
qalmoq, qorachoy, chechen, 
ingush, bolqar,
qrim tatarlari, greklar, mesxeti turklari.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling