Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urushda tub burulish.
Stalingard jangida O`zbekistonliklar 62 va 64- armiyalar safida xizmat
qildi. Shuningdek Farg’ona va Samarqandda o`zbeklardan tuzilgan 90 va 94-o`qchi brigadalar ham etib keldi. 21-otliq askarlar diviziyasi baland ruhda jang qilgan, uning komissari general-mayor M.Uzoqov edi. Volga bo`ylarida dahshatli janglar bo`layotganda o`zbekistonlik jangchilar o`zbek xalqidan olgan xatda: “Farzandlarimiz, erlarimiz.. fashistlarni hamma joyda to`xtatib qolingiz” - deb yozilgan edi. 128-gvardiyachi Turkiston tog’-o`qchi diviziyasi shiddatli zarbalari bilan shuhrat qozondi. M.Kabirov vzvodining 40 jangchisi Perelazovsk xutoridagi tepalikni ishg’ol qilishda 11 jangchisi tirik qolib, tepalik yonida 300 ta dushmanni 12 kun to`xtatib qoldi. Tirik qolgan 11 jangchidan 9 tasi o`zbek, 1 tasi qozoq, 1 tasi tatar edi. Jangda faqat A.Erdonov va M.Kabirov tirik qoldi. Bu tepalik hozirgacha “Sharqning 11 qahramoni tepaligi” deb ataladi. Stalingard jangida 1942 yil noyabrda namanganlik zobit M.Jabborov o`zining motoo`qchilar rotasi bilan dushmanning 2 ta polkini qirib tashladi. Buxoro viloyatidan mergan H.Xo`jamatov, Qorako`l tumanidan Haitov, Toshkent Pedagogika instituti talabasi E.Sempkovskaya kabi o`zbekistonliklar jasorati Stalingrad jangi solnomasidan munosib o`rin egalladi. Mashhur Pavlov uyini mudofaa qilganlar orasida o`zbek K.Turg’unov ham bor edi. O`zbekistonlik 2738 jangchi “Stalingrad mudofaasi uchun” medali bilan mukofotlandi. Urushda tub burulish. O`zbekistonda tuzilgan 62 va 69-o`qchi diviziyalar, 162-O`rta Osiyo-Novgorod-SHimol diviziyasi 1943 yil yozida Kursk yoyida bo`lgan qattiq janglarda alohida jasorat ko`rsatdi. Shuningdek o`zbekistonliklar 5 va 15-o`qchi diviziyalar hamda 5 va 62-gvardiyachi o`qchi diviziyalar tarkibida ham jang qildi. “Oryol” diviziyasi faxriy nomini olgan 5-o`qchi diviziyaga Zolotaryovka qishlog’ini ozod qilish topshirildi, unda Farg’onalik A.Shukurov bor edi. Unga jasorati uchun Qahramon unvoni berildi va bu qishloq Shukurovka deb ataldi. 412 Z.Hasanov o`zini ham dushmanni ham portlatib yubordi. Shifokor-jarroh M.Ashrapova namunali xizmati uchun 1-gvardiyachi armiya jangchilari hurmatiga sazovor bo`ldi. U Pragagacha jangovar yo`lni bosib o`tdi. Urushdan keyin Toshkent Tibbiyot institutida ishlab, professor bo`ldi. Kurskdagi g’alabadan so`ng qizil armiyaning 2000 km. uzunlikdagi qudratli strategik frontlarda hujumi boshlandi. Shimoliy Don, Desna, Soj daryolari ham, dushmanning mudofaa pozisiyalari ham qizil armiyani to`xtatib qololmadi. Dneprni kechib o`tishda Toshkent viloyatida tuzilgan 441-o`qchi diviziya jasorat ko`rsatdi. Ozerov otryadi Dneprni kechib o`tib Dnepr va Soj daryolari burilish joyidagi kichik istehkomni egalladi. Ular rota komandiri J.Usmonov kelguncha 2 kun marrani egallab turdi. J.Usmonovga Qahramon unvoni berildi. Dneprni birinchi bo`lib kechib o`tganlar orasida G’ijduvonlik V.Nabiev, SHofirkonlik X.Aminov, Romitanlik Sh.Ergashev, Buxorolik T.Tixonov, Andijonlik Q.Do`smatov, Qoraqalpoq X.Shoniyozov bor edi. Dneprni kechib o`tishda jasorati uchun 26 nafar o`zbek yigitiga, jami 2348 jangchiga Qaxramon unvoni berildi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling