406
Ommaviy axborot vositalaridan urush yillarida O`zbekistonda 200 ga
yaqin gazeta, shundan 124 tasi o`zbek tilida, 52 ta jurnal, shundan 19 tasi o`zbek
tilida nashr etilar edi. Gazetalarning bir gallik adadi 900 ming edi, shundan 600
ming nusxasi o`zbek tilida chiqar edi.
O`zbekistonlik yozuvchi va jurnalistlardan T.Rustamov va R.Muhammadiy
sovet armiyasi bosh boshqarmasida inspektor bo`lib xizmat qildi. J.Azizxonov,
R.Abdurahmonov, A.Rahmat, Sh.Bo`latov, M.Murodov, Y.Bilolov
front
gazetalarida muharrir o`rinbosarlari bo`lib xizmat qildi. N.Safarov, M.Ismoiliy,
Z.Fatxullin, M.Jo`ra, S.Jo`ra, T.Ernazarov harbiy muxbir sifatida va
jurnalistikaning jangavor sohalarida faoliyat ko`rsatdi.
Urush yillarida o`zbek tilida 14 ta front va 12
ta dviziya gazetasi, “Front
haqiqati”, “Qizil askar haqiqati”, “Qizil armiya”, “Vatan sharafi uchun”,
“Dushmanga qarshi olg’a” kabi gazetalar nashr etilgan. Madaniy-ma’rifiy
muassasalardan: 754 ta kino qurilma, 11 ta muzey, 360 ta qiroatxona, 1044 ta klub,
433 ta kutubxona, 2800 ta qizil
choyxona omma orasida siyosiy, ma’rifiy,
tarbiyaviy ishlarni olib borish markazi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: