Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. Urush yillarida fan, maorif va madaniyat


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

2-§. Urush yillarida fan, maorif va madaniyat. 
O`zbekistonning qardosh xalqlarga yordami 
Ilm-fan g’alaba uchun. Urushning dastlabki kunidan SSSR Fanlar 
Akademiyasining (FA) O`zbekiston filiali, 75 ta ilmiy muassasalar, 25 ta ilmiy-
tadqiqot institutlari, 23 ta ilmiy stansiya xo`jalik hayotini harbiy izga solishga jalb 
etildi. Olimlarning tadqiqotlarini muvofiqlashtirish maqsadida 1941 yil 29 
noyabrda O`zbekiston Ilmiy muhandis-texnika jamiyati tuzildi. 
G’arbiy hududlardagi yirik shaharlardan SSSR FAning tarix, iqtisodiyot va 
huquq, jahon xo`jaligi va siyosati, sharqshunoslik, jahon adabiyoti, moddiy 
madaniyat, tuproqshunoslik, seysmologiya institutlari, muzey va kutubxonalar 
O`zbekistonga ko`chirib keltirildi. SSSR FAning 375 ta olim va xodimlari ko`chib 
keldi. Olimlar e’tiborini mudofaa sanoati uchun zarur bo`lgan tabiiy resurslarni 
izlab topishga qaratdi.
Geolog olim H.Abdullaev tadqiqotlari natijasida qalay, volfram, molibden, 
o`tga chidamli minerallar, nodir metallar va boshqa xomashyo konlari topildi. 


403 
A.Ukionskiy boshchiligida geologlar guruhi temir konini topishi O`zbek 
metallurgiya kombinati qurilishida katta voqea bo`ldi. D.Bogdanov va muhandis 
G.CHikrizov Angrenda ko`mir konining boy zahiralarini topib yangi shaxtalar 
qurishga ko`maklashdi.
Sirdaryodagi Farhod GESi loyihasini ishlab chiqishda irrigatorlar 
A.Askochenskiy, V.Poslaviskiy faol ishtirok etdi. Loyihachilarga akademiklar 
G.Grafito va V.Vedeneev qimmatli maslahat berdi. Kimyogar olimlar neftning 
suvini ketkazish, oltingugurtdan tozalash, ko`mirni kokslash, paxta chiqindilaridan 
foydalanish, etil spirti, soda, kislota olishning yangi usullarini yaratdi. Kimyogarlar 
tadqiqoti natijasida turli dori ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Toshkentda 
famasevtika zavodi ishga tushirildi.
Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti paxtaning yangi navlarini 
yaratishda izlanishlar olib bordi. Seleksionerlar S.Kanash va A.Avtonomov 
boshchiligida vilt kasalligini yuqtirmaydigan yangi navni yaratdi. S.Kanash 
yaratgan S-460, L.Rumshevich yaratgan F-108 yuqori hosilli navlar hamda boshqa 
uzun tolali navlar paxtachilikning rivojida ulkan hissa bo`ldi.
O`zbekistonda ekib kelingan amerika paxta navlarini yangi navlar bilan 
almashtirish 1944 yil tugallandi. Samarqandda joylashtirilgan Timiriyazov nomli 
qishloq xo`jalik akademiyasi xodimlari bilan respublika olimlari hamkorlikda 
g’o`za, bug’doy va qand lavlagini almashlab ekish usulini joriy qildi va qand 
lavlagidan mo`l hosil olishga ko`maklashdi. 
V.Struve, V.Shishkin, E.Bertels, I.Dodonov, V.Zohidov, N.Inoyatov, 
A.Yakubovskiy, M.Masson, S.Tolstov, Ya.G’ulomov O`zbekistonning eng 
qadimgi va o`rta asrlar tarixi, madaniyati, etnogenezi bo`yicha asarlar tayyorladi. 
Ikki jildlik “O`zbekiston xalqlari tarixi”ni tayyorlashga kirishdi. “O`zbek adabiyoti 
tarixi” asarini yozuvchi A.Tolstoy rahbarligida rus va o`zbek olimlari yaratdi.
1943 yil 4 noyabrda O`zbekiston Fanlar Akademiyasi (O`zFA) ochildi. 
Uning 1-prezidenti etib T.N.Qori Niyoziy saylandi. Tez orada Til, adabiyot va tarix 
instituti bazasida yangi ilmiy muassasalar: Tarix va arxeologiya, Til va adabiyot, 


404 
SHarqshunoslik, Iqtisodiyot, Matematika va mexanika, Tuproqshunoslik, Fizika-
texnika institutlari va laboratoriyalar tashkil etildi.
O`zbekiston FA tarkibida 1945 yil 23 ta ilmiy muassasa, shu jumladan 2 ta 
ilmiy tadqiqot instituti, 2 ta laboratoriya va tajriba stansiyalari faoliyat ko`rsatdi. 
O`zFAning 3 faxriy a’zosi, 15 haqiqiy a’zosi, 20 muxbir a’zosi va 1265 ilmiy 
xodimi, 54 ta fan doktori, 172 ta fan nomzodi ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. Ular 
orasida fizika-matematika fanlari doktorlari T.Sarimsoqov va V.Romanovskiy, 
geolog olim H.Abdullaev, fizik S.Umarov, faylasuf I.Mo`minov, adib S.Ayniy, 
yozuvchi Oybek, shoir G’.G’ulom bor edi.
Sharqshunoslik instituti olimlari SHarq qo`lyozmalari asosida tayyorlagan 
fors, arab va turkiy tillarda yozilgan qo`lyozmalar to`plami 3 jilddan iborat bo`lib, 
ularda 300 ga yaqin qo`lyozma tavsiflab berildi. O`zFA Prezidiumida 1944 yil 
aspipantura tashkil etilib, o`sha yili 60 kishi, shu jumladan 41 nafar o`zbek qabul 
qilindi. Akademiya institutlarida 1944 yil 2 ta doktorlik, 17 ta nomzodlik 
dissertasiyalari yoqlandi. Urush yillarida o`zbekistonlik olimlar 1000 dan ortiq 
ilmiy ishlarni bajardi. Ularning ko`pchiligi xalq xo`jalik va mudofaa ahamiyatiga 
ega bo`ldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling