Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Jamoa xo`jaliklarining moddiy-texnik bazasi -
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston irrigasiya tizimi
Jamoa xo`jaliklarining moddiy-texnik bazasi - Mashina-traktor
stansiyalari (MTS)ni tashkil etish dehqon xo`jaliklarini ommaviy jamoalashtirish bilan uzviy olib borildi. MTSlar yangi jamoa xo`jaliklarga moddiy-texnik baza bo`lib, texnik yordam ko`rsatgan. O`zbekistonda dastlabki MTS 1929 yil Andijon okrugining Asaka tumanida tuzilgan. 1931 yil MTSlar 48 ta qishloq tumanlarida tashkil etilib, 1937 yil 163 taga, 1941 yil 189 taga etdi. MTSlar yirik dehqon xo`jaliklari uchun muhim rol o`ynagan bo`lsada, biroq jamoa xo`jaliklarining davlatga tobeligini yanada kuchaytirdi; yirik ishlab chiqarish vositalari MTSlar orqali davlat qo`lida to`plana bordi. MTSlar jamoa erlarini natural haq evaziga ishlab berar edi, bu haqning miqdorini davlat belgilar edi. MTSlar tashkil etilib, xizmat ko`rsata boshlagach qishloqda shartli ravishda “Ikkita xo`jayin” - kolxozlar va MTSlar qaror topdi. Biri – texnika uchun, ikkinchisi – qishloq xo`jaligining boshqa ishlari uchun mas’ul hisoblangan. Har ikkalasining jilovi esa davlat qo`lida edi. “Ikki hokimiyatchilik” yuzaga kelgach, ishlab chiqarishni tashkil qilish va texnika xizmatida xo`jasizlik kelib chiqdi. Ekin va chorva mas’uliyatini jamoa a’zolari ham, MTS xodimlari ham o`z zimmasiga olmadi. Bu katta xarajatga sabab bo`ldi. O`zbekiston irrigasiya tizimini rivojlantirishning asosiy vazifalari 1922 yil belgilab berildi. Hukumat tarkibida Suv va qishloq xo`jaligi Xalq komissarligi, uning huzurida Suv xo`jaligi Bosh boshqarmasi, joylarda viloyat, tuman, uchastka Suv xo`jaligi bo`limlari tashkil etildi. Irrigasiya ishlariga 1922 yil 6 mln. oltin rubl hisobida mablag’ ajratildi. Maqsad sug’oriladigan erlarni 2 yilda 2 mln. desyatinaga etkazish edi. Sug’oriladigan erlar miqdori 1924 yil 2,4 mln. 381 desyatinaga, paxta ekiladigan maydon 500 ming desyatinaga etkazildi; irrigasiya sohasiga 1929-1939 yy. 234,9 mln. rubl sarflandi. Ikkinchi jahon urushigacha bo`lgan davrda Respublikada: Darg’om, Narpay, Savay, Dalvarzin, Log’on, Katta Farg’ona kanallari qurildi. Irrigasiya tarmoqlari CHirchiq-Ohangaron vodiylarida, Zarafshon daryosi havzasida, Qashqadaryo va Surxandaryoda ancha yaxshilandi. O`zbekiston KP MQ va hukumati 1939 yil hashar yo`li bilan Katta Farg’ona kanalini qurish to`g’risida qaror qabul qildi. 1 avgustdan 160 ming kolxozchi ish boshladi, ularning 70 mingdan ziyodi yoshlar edi. Kanal 270 km. bo`lib 45 kunda qurildi. Unda 46 ta yirik, 274 ta kichik gidrotexnik inshoot, 5 ta temiryo`l, 40 ta avtomobil yo`llari ko`priklari qurildi. Holbuki bunday kanalni barpo etish uchun Rossiya mustamlakachiligi davrida 6-8 yil, Sovet davrida 6-8 oy kerak bo`lardi. Amalda o`zbek xalqi hashar yo`li bilan 1,5 oyda bunyod etdi. Markaz matbuotining bosh organi – “Pravda”ning 1939 yil 13 dekabrdagi bosh maqolasida “Uzoq Farg’onada o`zbek va tojik kolxozchilari 1,5 oyda kanal qaziganligi xalqni quvontirdi” - deb yozdi. Farg’ona vodiysida 60 ming gektar bo`z, cho`lli erlar o`zlashtirilib, Katta Farg’ona kanali 500 ming gektar erni suv bilan ta’minladi. Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda Shimoliy va Janubiy Farg’ona kanallari, Toshkent kanali, Kampirrovot suv to`g’oni, Qoraqalpog’istonda Qizketgan kanali, sig’imi 1 mln.m 3 bo`lgan Kattaqo`rg’on suv ombori barpo etildi. Natijada respublikada sug’oriladigan er maydonlari qo`shimcha 1937-1940 yy. 200 ming gektarga ko`paydi. Tayanch so`zlar: Jamoa xo`jaliklari, Mashina-traktor stansiyalari, «Quloq», Bo`zsuv GESi, Darg’om, Narpay, Savay, Dalvarzin, Log’on, Katta Farg’ona, Shimoliy va Janubiy Farg’ona kanallari, Toshkent kanali, Kampirrovot suv to`g’oni, Qizketgan kanali, Kattaqo`rg’on suv ombori. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling