Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. Sanoatlashtirishning mustamlakachilik mohiyati


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

2-§. Sanoatlashtirishning mustamlakachilik mohiyati. 
Qishloq xo`jaligini jamoalashtirish 
 
Sanoatlashtirish. XX asr 20-yillari o`rtalaridan hukmron kommunistik 
partiya va sovet davlatining butun diqqat e’tibori sovetlar mamlakatini 
industrlashtirishga qaratildi. Bu SSSRda sosializm qurish rejasining asosiy 
vazifalaridan biri edi. 1925 yil dekabrda VKP(b) XIV sezdida Industrlashtirish 
sosializmni barpo etishda bosh strategik vazifa deb belgilandi.
O`zbekistonda sanoatlashtirish tashabbuskori Markaz va Kommunistik 
partiya bo`ldi. Sovetlar O`zbekistonda sanoatlashtirishni amalga oshirish orqali 
ko`p sanoat korxonalari yaratib, uning boy resurslarini ishga solish, arzon mahalliy 
ishchi kuchidan foydalanish va Markaz uchun ko`proq foyda undirishni ko`zlagan.
Ittifoq (SSSR) hukumatining sanoatlashtirish rejasida O`zbekistonda 
zamonaviy yirik industrial tarmoqlarni emas, ko`proq (paxta) xomashyoni qayta 
ishlaydigan sanoat korxonalarini, tog’-kon sanoatini rivojlantirishga asosiy urg’u 
berildi. O`zbekiston Markaz uchun xomashyo mahsulotlari etkazib berishga 
ixtisoslashishi kerak edi. Shu bois e’tibor paxtachilik va u bilan bog’liq 
tarmoqlarni rivojlantirishga qaratildi. O`zbekistonda 1925 yil atigi 21 sanoat 
tarmog’iga taalluqli 149 ta korxona mavjud edi. Ular ham asosan qishloq xo`jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlashga moslashgan, uncha katta bo`lmagan korxonalar edi.
O`zbekiston industrlashtirish yillarida energetik resurslarga boy 
bo`lishiga qaramay, kuchli gidroenergetik inshootlar qurilishi sust olib borildi. 
O`zbekistonda 20-yillar oxirida qurilgan to`ng’ich Bo`zsuv GESi bilan Ukrainada 
qurilgan DneproGES quvvatida farq bo`lib, DneproGES quvvati 50 ming kv/s, 
Bo`zsuvGES quvvati 2 ming kv/s edi. Bu Ittifoq davlati nazdida O`zbekistonning 
qoloq o`lka sifatida gavdalanishi kerakligiga yaqqol ishora.


377 
O`zbekistonda sanoatlashtirish davrida 17 ta paxta tozalash zavodi qurildi. 
Farg’ona (1930) va Toshkent (1936-1939) to`qimachilik, CHirchiq elektrokimyo 
(1937) kombinatlari, Toshkent mashinasozlik zavodi, konserva, g’isht pishirish va 
urug’ etishtirish korxonalari qurildi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Marg’ilon va 
SHahrisabzda pillakashlik fabrikalari qurildi. O`zbekistonda birinchi besh yillik 
(1928-1932)da 289 ta, ikkinchi besh yillik (1933-1937)da 189 ta sanoat korxonalari 
qurildi. Chirchiq, YAngiyo`l sanoat shaharlari vujudga keldi.
1925-1940 yy. O`zbekistonda qurilgan GESlar soni 49 taga etdi. Toshkent-
Angren temiryo`li, Toshkent-Termiz katta o`zbek trakti avtomobil yo`li qurildi. 
O`zbekistonda ikkinchi jahon urishiga qadar 1445 ta yirik va o`rtacha sanoat 
korxonalari, 19 mingga yaqin mayda korxonalar bor edi. O`zbekiston sanoatini 
rivojlantirish siyosati tufayli respublika metropoliyaning rangli va nodir metallar, 
oltingugurt, ozokerit, volfram, molibden, paxta tolasi, xom ipak bilan ta’minlovchi 
mintaqasiga aylantirildi.
1928 yil O`zbekistondagi mavjud korxonalarning 81,7%i Ittifoqqa tegishli
14,5%i republika va 3,8%i mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan bo`lsa, 30-yillarning 
o`rtalarida 90 %i Ittifoq tasarrfida bo`lgan. RSFSRdan kelgan ishchilar hisobiga 
O`zbekiston aholisi 1926 yildan 1940 yilga qadar 750 ming kishiga yoki 10%dan 
ko`proq ko`paydi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling