Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Qishloq xo`jaligini jamoalashtirish


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qishloq xo`jaligini jamoalashtirish.
Qishloqda yoppasiga jamoalashtirish siyosatiga Sovet hokimiyati 1927 yil 
dekabrda VKP(b) 10-s’ezdida kirishildi. Sovet hokimiyatining XX asrning 20-30 
yillardagi ma’muriy-buyruqbozlik va zo`ravonlik siyosati qishloqda o`tkazilgan 
jamoalashtirish jarayonida namayon bo`ldi. 20-yillarda o`tkazilgan er-suv islohati 
davrida badavlat dehqonlar, ruhoniylar va vaqf erlari tortib olingan edi. 
SHuningdek ot-ulov va asbob-uskunalar ham musodara qilindi.
1925-1929 yillarda boylar, yirik savdogarlar va ruhoniylarning 45 mingga 
yaqin xususiy xo`jaliklari batamom tugatildi. Xo`jaliklar tasarrufidagi ortiqcha 


378 
erlar ham tortib olinib qayta taqsimlandi: ularning bir qismi ersiz yoki kam erli 
dehqon xo`jaliklariga mulk qilib berildi. Natijada batrak-kambag’allar toifasi 
islohatdan oldin barcha dehqonlarning 76%ini tashkil etgan bo`lsa, islohatdan 
so`ng ularning soni 39%gacha qisqardi. Batrak-kambag’allarning xo`jalik turmushi 
yaxshilanib, o`sib borganligi bois o`rtahol dehqonlar salmog’i 17%dan 52%ga 
ko`tarildi, qishloqda tovar-g’alla etishtiruvchi mayda ishlab chiqaruvchilar 
ko`paydi.
Islohat davomida jamoa xo`jaliklari - kolxozlar tashkil etildi. Sovet 
hokimiyati 20-yillarda qishloqda yuritgan mo`tadil siyosat va er-suv islohati tufayli 
dehqonlar hayoti o`zgardi. O`z xo`jaligini tiklab, o`rtahollar darajasiga ko`tarilgan 
dehqonlar tez orada ommaviy jamoalashtirish jarayoniga g’arq bo`ldi.
O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirish siyosatini amalga oshirish uchun 
partiya, sovet, xo`jalik, yoshlar, xotin-qizlar va boshqa jamoat tashkilotlari safarbar 
qilindi. Mahalliy rahbarlar dehqonlarni majburan kolxozlarga kiritishni 1929 yil 
ikkinchi yarmi va 1930 yil boshlarida avj oldirib yubordi.
Respublikaning 17 ta tumanida yoppasiga jamoalashtirishni amalga oshirish 
vazifasi partiya va hukumatning 1930 yil fevraldagi “Jamoalashtirish va quloq 
xo`jaliklarini tugatish to`g’risida”gi qarorida belgilangan edi. Quloqlarni tugatish 
shiori ostida o`rtahol, hatto kambag’al dehqon xo`jaliklariga ham zulm o`tkazildi. 
1929 yil oktyabrgacha dehqon xo`jaliklarining 3,4 % kolxozlarga kirgan. 1930 yil 
martgacha 47 % kolxozlashtirilgan edi. Aholi jamoalashtirish xavfidan qo`rqib 
chorva mollarini keragidan ziyod so`yib yuborishi chorvachilik uchun koni zarar 
bo`ldi. 1930 yil qoramollar soni respublikada 60 mingdan ziyod kamayib ketdi. 
Aholi ko`p qishloq tumanlarida hokimiyat organlarining zo`ravonligiga 
qarshi keskin norozilik bildirib, turli harakatlar uyushtirishga majbur bo`ldi. Sovet 
tuzumiga nisbatan 1929-1930 yy. dehqonlarning ommaviy norozilik harakatlarida 
faqat Qashqadaryo okrugidan 14 ming kishi kishi qatnashdi. SHu davrda omaviy 
norozilik harakatlari respublikada 240 marta sodir bo`lgan.
Oddiy dehqon xo`jaliklari arzimagan sabablar bilan yoki jamoa xo`jaligiga 
kirishga rag’bat bildirmaganligi vajidan quloq qilinuvchilar ro`yxatiga tirkab 


379 
yuborilgan. O`zbekistonda jamoalashtirish boshlarida quloq xo`jaligiga kiritish 
mumkin bo`lgan xo`jaliklar salmog’i umumiy dehqon xo`jaliklarining 5%idan 
kamrog’ini tashkil etardi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling