Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Quloqlashtirish. Ommaviy jamoalashtirish boshlanishi bilan respublikada
15 % dan ortiq xo`jaliklar quloq qilindi; 1930 y. boy va quloq xo`jaliklar toifasiga kiritilgan 2648 ta o`rtahol dehqon xo`jaliklari tugatildi. «Quloq» qilinganlar Ukraina, Sibir, Qozog’istonga yoki yangi o`zlashtirilayotgan cho`l, to`qayzor, qamishzor erlarga badarg’a qilindi. Bir necha ming quloq qilinganlar oilasi Samarqand viloyatining Miyonqol orolini o`zlashtirib paxta, sholi ekadi. O`zbekistonda dehqon xo`jaliklarini yoppasiga jamoalashtirishni KP MQ 1930 yil 5 yanvar qaroriga binoan 1933 yil boshlariga qadar tugallash muddati belgilandi. Respublikada mahalliy rahbarlar uni muddatidan avval bajarish uchun “shiddat” ko`rsatdilar. 1930 yil iyunida 6124 ta kolxoz tuzilib, ularga jalb qilinganlar dehqon xo`jaliklarining 27,1 % ini tashkil etgan bo`lsa, 1930 yil oxirida 37% ga, 1931 yil dekabrida 68,2 % ga etdi. Quloqlashtirish oqibatida O`zbekistondan 60 mingdan ortiq kishi Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazga surgun qilindi. O`zbekistonda 1932 yil oxirida jamoalashtirilgan xo`jaliklar barcha dehqon xo`jaliklarining 81,7 % ini birlashtirgan edi. 800 ming dehqon xo`jaliklari negizida 9734 ta kolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etildi. Bu davrga kelib jamoalashtirish paxtachilik tumanlarida asosan tugallandi. Ularning ekin maydoni 1929 yil 530 ming gektar bo`lgan bo`lsa 1932 yil 928 ming gektarga ko`paydi. “SSSRning paxta mustaqilligini ta’minlash”da O`zbekiston o`z ulushini qo`shdi: 1935 yil 1 mln. tonna, 1939 yil 1,5 mln. tonna, 1941 yil 1.656.200 tonna paxta tayyorlandi. Bu SSSR bo`yicha tayyorlangan paxtaning 60 % dan ziyodrog’ini tashkil qilardi. O`zbekiston qishloq xo`jaligi tizimida 30-yillar davomida paxta yakkahokimligi mustahkam o`rin egallab bordi. 1933 yil paxta mahsuloti respublikada tayyorlanayotgan qishloq xo`jalik mahsulotlari umumiy hajmining 81,5 % ini tashkil etgan bo`lsa, 1937 yil 93,4 % ga etdi. 380 Qishloqni jamoalashtirish ham yakunlovchi pallasiga kirib, dehqon xo`jaliklarini jamoalashtirish darajasi 1937 yil 95 % ga etgan bo`lsa, 1939 yil 99,2 % ni tashkil etdi. O`zbekiston bo`yicha ommaviy jamoalashtirish jarayonida “quloqlarni sinf sifatida tugatish” masalasi uzil-kesil hal qilindi. Ming-minglab kishi quloq sifatida qatag’on qilindi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling