Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xiva xonligi tugatilishi. Sovet Turkistoni rahbarlarining Amudaryo bo`limi 
(To`rtko`l)da N.Shaydakov va N.Sherbakov boshchiligida shimoliy va janubiy 
dasta (guruh)lar tuzib, ularni xonlik tuzumiga qarshi harakatga yo`llashi xonlik 
hokimiyatini ag’darish uchun ochiq zo`ravonligi edi. Xonlikdagi zulmdan norozi 
bo`lgan aholidan tashkil topgan qo`zg’olon dasta (guruh)lari ham harakatga keldi, 
ular 3 mingdan oshardi.


358 
Sovet qo`shinlari va ularga qo`shilgan mahalliy qo`zg’olonchilarning harbiy 
yurishi 1919 yil dekabrning so`nggi dekadasida boshlandi. 1920 yil yanvarda 
Junaidxonga zarba berib, Xiva tomon siljib bordi. Sovet qo`shinlari 1920 yil 2 
fevralda Xivani egalladi va qo`g’irchoq xon Said Abdullo taxtdan voz kechdi. 
Junaidxon Qoraqum sahrosiga chekindi, qizil armiya madadi bilan Xiva xonligi 
ag’darildi.
Hokimiyat yangidan tuzilgan 5 kishidan iborat Muvaqqat Inqilobiy 
qo`mitaga o`tdi. Uning tarkibiga Yosh xivaliklar va turkman urug’-qabilalaridan 2 
tadan vakillar kiritildi. Inqilobiy qo`mita raisi etib Jumaniyoz Sultonmurodov 
saylandi.
Tez orada Yosh xivaliklar ishlab chiqqan manifest e’lon qilindi. Manifestda 
mamlakatning demokratik rivojlanish yo`lini aks ettirgan keng sosial-iqtisodiy va 
ijtimoiy-siyosiy tadbirlar nazarda tutilgan edi. Bu tadbirlar: Xon va uning 
hukumati mamlakatni boshqarishini barham toptirish; Ular mulkini xalq mulki deb 
e’lon qilish; kambag’allar hayotini yaxshilash yo`lida yirik zamindorlar eridan 
foydalanish; bepul maktab va shifoxonalar ochish; kambag’allardan tortib olingan 
mulklarni qaytarib berish; majburiy mehnat (begor)ni yo`q qilishdan iborat edi.
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tuzilganligi 1920 yil 27-30 
aprelda Xivada bo`lgan xalq vakillari 1-Butun Xorazm qurultoyida e’lon qilindi. 
Qurultoy XXSRning muvaqqat Konstitusiyasini qabul qildi. Unda “Xorazmning 
davlat tuzumi sovetlar respublikasi ekanligi, xalqi o`z vakillari yordamida 
mamlakatni boshqarishi” ta’kidlanadi. XXSRning oliy hokimiyati yilda 1 marta 
chaqiriladigan Qurultoy bo`lib, eng yirik vazifalarni hal etadi.
Qurultoy XXSRning 15 kishidan iborat hukumati - Xalq Nozirlar 
Kengashini sayladi. XXSRning birinchi Hukumati raisligiga Yosh xivaliklar 
rahbari Polvonniyoz Yusupov saylandi. Hukumat tarkibi ham Yosh xivaliklar va 
turkman urug’-qabilalari boshliqlaridan tashkil topdi. 
Xalq hokimiyatiga saylovlar umumiy bo`lib, qurultoy yoki mahalliy 
sovetlarga 18 yoshga etgan fuqarolar dini, millati, jinsidan qat’i nazar saylash va 
saylanish huquqiga ega bo`ldilar. Faqat Xon va oila a’zolari, ruhoniyat vakillari, 


359 
sudxo`rlar saylov huquqlaridan mahrum etildi. Konstitusiya shariat sudi tizimini 
saqlab qoldi.
Xivada Xorazm kommunistik partiyasining (XKP) ta’sis konferensiyasi 
1920 yil iyunda bo`ldi. Unda XKPning tashkiliy rasmiylashuvi amalga oshadi. 
Xorazm kommunistlari 1000 kishi bo`lib, ular 22 ta partiya yacheykalariga 
birlashgan edi. Xorazmda 1920-1921 yy. boshlarida kasaba uyushmalari, 
“Qo`shchi” uyushmalari, inqilobiy yoshlar ittifoqi yuzaga keldi. “Qo`shchi” 
tashkilotlarida 6 mingdan ziyod dehqonlar bor edi.
Sovetlar ko`magi bilan XXSRning vujudga kelishi Rossiya Federasiyasi va 
Turkiston ASSR uchun ayni muddao bo`ldi. Ularning maqsadi Xorazmda sovet 
tartiblarini tashkil etish orqali uni bolsheviklar hokimiyati qo`l ostiga kiritish edi. 
Rossiya bilan XXSR o`rtasida ittifoq shartnomasi 1920 yil 13 sentyabrda 
imzolandi. SHuningdek ikki respublika o`rtasida harbiy-siyosiy va iqtisodiy 
kelishuv imzolandi.
XXSR va RSFSR o`rtasida tuzilgan ittifoq shartnomasi hamda harbiy-
siyosiy 
va 
iqtisodiy 
ahdlashuv: 
1) 
Xorazm 
respublikasi 
mavqeining 
mustahkamlanishiga; 2) uning qudratli sovet davlatiga siyosiy qaramligini yanada 
kuchayishiga xizmat qilardi.
Milliy siyosat yuritgan Xorazm hukumati tarkibi Moskvaga ma’qul 
kelmagani uchun 1921 yil 3 marta (mart, sentyabr, noyabrda) o`zgartirildi. 
P.Yusupov, M.Ibniyaminov, O.Muhammadrahimov hukumati tarkibi jazoga 
mahkum etildi. Sovet Rossiyasi Turkistondagi milliy respublikalarni bo`ysundirish 
uchun 1923 yil martda Toshkentda Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari 
ishtirokida konferensiya o`tkazdi. Konferensiyada mazkur respublikalarni iqtisodiy 
jihatdan birlashtirish maqsadida O`rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzildi.
Xorazm Respublikasi yangi Konstitusiyasi 1923 yil oktyabrda 4-Butun 
Xorazm qurultoyida qabul qilindi. Bu Konstitusiya o`zining sinfiylik mohiyati 
bilan ajralib turardi. Qurultoyda barcha sohalar o`z rivojlanishida sosialistik 
bosqichga kirganligi ta’kidlandi va XXSRni Xorazm Sovet Sosialistik Respublikasi 
– XSSR deb e’lon qildi. 


360 
Konstitusiya erga bo`lgan xususiy mulkchilikni bekor qildi, barcha erlar 
umumxalq mulki deb e’lon qilindi; vaqf mulklari Maorif nozirligi ixtiyoriga o`tdi. 
Majburiy sosialistik o`zgarishlar va mulkiy tabaqalarga nisbatan zo`ravonlik 
mahalliy xalq noroziligiga sabab bo`ldi. 1924 yil yanvarda xalq qo`zg’olonlari yuz 
berdi, qo`zg’olon bostirilsada 30-yillar o`rtasigacha davom etdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling