Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Qarshilik harakatining mag’lubiyat sabablari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qarshilik harakatining mag’lubiyat sabablari. Madaminbek “Mening 
millatim – mening jon-u dilim” - deb xitob qilgan. Shermuhammadbek “Turkiston 


355 
– turkistonliklar vatanidir, boshqa hech kim hukmronlik qilishga haqli emas” - 
degan. Sovet hokimiyatiga qarshi kurash mag’lubiyatga uchrashining asosiy 
sabablaridan biri - harakat etakchiligining barcha tabaqalarni jipslashtirishga qodir 
bo`lgan yagona milliy g’oyaga ega emasligidir. Qo`rboshilar siyosiy kurashda 
toblangan jadid namoyondalarini ham o`zlaridan chetlashtirgan edi. Qo`rboshilar 
harakati yagona kurash dasturi asosida tashkil etilmagan edi.
Sovet mutasaddilari ayyorlik bilan yon berib vodiy aholisini o`z tomoniga 
ag’darib olish uchun tadbirlar o`tkazdi. Ular 20-yillar boshlarida dehqonlarga er 
berish, ularni afv etish, soliqlar miqdorini kamaytirish, Madaminbek kabi 
qo`rboshilar bilan kelishish, o`zaro yon berish kabi tadbirlar bilan ahvolni o`z 
foydalariga o`zgartirib bordilar. Sovet qo`shinlari tasarrufida 1919 yil avgust 
oxirida 115376 nafar jangchi, 11112 ta pulemyot, yuzlab to`p va bronepoezdlar, 
o`nlab samolyotlar mavjud edi.
Tayanch so`zlar:
Turkiston muxtoriyati,
M.Tinishpayev, I.Shoahmedov, 
A.O`razaev, M.Cho`qaev, U.Xo`jaev, Yu.Agaev, O.Mahmudov, S.Gersfel’d,
Turkkomissiya.
2-§. Xorazm Xalq Sovet Republikasi va 
Buxoro Xalq Sovet Republikasi tuzilishi. 
Sovet hokimiyatiga qarshi ozodlik harakatlari 
Yosh xivaliklar uyushmasi XX asr boshlarida vujudga kelib, mustabid 
tuzumni isloh qilish, xalqning ahvolini yaxshilash, uning manfaatlarini ro`yobga 
chiqarish uchun kurash olib bordi. 1917 yil fevral inqilobidan keyin Xivada ilg’or 
demokratik harakatlar avj oldi va Xiva mustaqillikka intildi; demokratik 
harakatlarga Yosh xivaliklar tashkiloti rahnomalari etakchilik qildi. Rossiyadagi 
1917 yil boshidagi o`zgarishlar ta’sirida Yosh xivaliklar faoliyati kuchayib o`z 
dasturiy vazifalarini belgilab, xonlikdagi siyosiy vaziyatni o`zgartirish va 
demokratik islohatlarni amalga oshirishga harakat qildi.


356 
Yosh xivaliklar rahbarlari tinchlik yo`li bilan, mutlaq monarxiyadan 
konstitusion monarxiya boshqaruviga o`tishga qaratilgan manifest ishlab chiqdi. 
Manifestda xonning vakolatlarini cheklash, xalqqa zulm qilgan amaldorlarni 
jazolash va vazifasidan mahrum etish, iqtisodiyot, ta’lim va madaniyatni isloh 
qilish talablari aks ettirildi.
Xiva xoni Isfandiyorxon 1917 yil 5 aprelda manifestni imzolashga majbur 
bo`ldi. Xonlikda konstitusion monarxiya tuzumi o`rnatildi. Xon hokimiyati 
vakolatlarini ma’lum darajada cheklovchi xalq vakilligi boshqaruvi organlari - 
tarkibi 30-50 kishidan iborat ruhoniylar va savdo-sanoat vakillaridan saylangan 
Majlis hamda Nozirlar Kengashi tuzildi. 
Bu 
vakillik 
organlari 
boshqaruviga 
Yosh 
xivaliklar 
tashkiloti 
rahnomalaridan Bobooxun Salimov - Majlis raisi, Xusayinbek Matmurodov
Nozirlar Kengashi raisi etib saylandi. Xon xazinasi va uni tasarruf qilish ustidan 
nazorat o`rnatildi. Xon temiryo`l qurish, pochta-telegraf aloqalari o`rnatish, yangi 
jadid maktablari ochish to`g’risida va’da berdi.
Yuqoridan amalga oshirilgan bu o`zgarishlarning vaqtinchalik xarakteri 
1917 yil iyuniga kelib ma’lum bo`ldi. Isfandiyorxon Rossiya muvaqqat 
hukumatining Xivadagi vakili, general Mirbadalov yordamida Matmurodov 
boshliq Yosh xivaliklar rahbar guruhini qamoqqa oldi. Xivada 1917 yil iyulda 
Rossiya Muvaqqat hukumatining komissari lavozimi ta’sis etildi. Yosh 
xivaliklarning xonlik tuzumiga qarshi kurashining 1-bosqichi muvaffaqiyatsiz 
tugadi.
Ular boshqa kuchlar bilan ittifoq tuzmay maqsadga erishib bo`lmasligini 
tushunib etdi. Xivaning mutaassib rejimini Muvaqqat hukumat o`z himoyasiga 
olganligi fakti ham Yosh xivaliklar ko`zini ochdi. Yosh xivaliklar bunday 
vaziyatda xonlik istibdodiga qarshi kurashda yanada sobit bo`lish, o`z 
tarafdorlarini ko`paytirish, chetdan, avvalo Turkiston demokratik kuchlaridan 
madad olish va ular bilan aloqa bog’lashga intildi.
1917 yil kuzida Rossiyada yuz bergan oktyabr o`zgarishi va Muvaqqat 
hukumat o`rniga bolsheviklar hokimiyati o`rnatilishi, Rossiya tasarrufida bo`lgan 


357 
Xiva xonligidagi voqealarga sezilarli ta’sir qilib, siyosiy ahvoli keskinlashib bordi. 
Bolsheviklarning Sovetlar hokimiyati Turkistonda, Xivaga chegaradosh bo`lgan 
Amudaryoning o`ng sohili - Petroaleksandrovsk (To`rtko`l) va uning atroflarida 
zo`ravonlik bilan o`rnatildi. Sovet Rossiyasi Xivaning davlat mustaqilligini rasman 
tan olsada, biroq uning ichki ishlariga aralashishni davom ettirdi.
Isfandiyorxon yuritgan kaltabin siyosati, ilg’or kuchlarni quvg’in qilishi, 
Yosh xivaliklarni tor-mor qilishi xonlikni tang ahvolga duchor etdi. Qo`ng’irot, 
Ko`hna Urganch, Xo`jayli, Taxta, Porsu bekliklarida aholi xonlik tuzumiga qarshi 
bosh ko`tarib, haddidan oshgan amaldorlardan o`ch oldi. 1918 yil boshida 
Toshhovuz bekligining kambag’allari beklik mahkamasiga hujum uyushtirilib boy 
va savdogarlarning mulki, doni tortib olindi.
Vaziyatni boshqara olmay qolgan Xon 1918 yil yanvarda o`z raqibi, ancha 
ta’sirli kuch egasi, turkmanlar sardori Jo`naidxonni Xivaga chaqirib, o`z 
qo`shiniga bosh qo`mondon (sardori karim) etib tayinlaydi. Junaidxon 
Asfandiyorxonni qatl ettirib, o`rniga irodasiz akasi Said Abdulloni xon qilib 
ko`tardi. Amalda Junaidxon yakka hukmron bo`lib oldi va Sovetlarga qarshi ochiq 
kurashga kirishdi.
Junaidxon harbiy kuchlarini 10 mingga etkazdi. Buxoro bilan aloqa bog’ladi, 
Angliyadan harbiy madad olishga intildi. Junaidxon Amudaryo bo`limi va Nukus 
atrofida sovet kuchlaridan mag’lubiyatga uchradi. U o`rnatgan harbiy diktaturadan 
aholi norozi bo`lib Turkiston ASSRga boruvchi qochoqlar ko`paydi. Bu voqealarni 
kuzatib borgan sovetlar xonlik aholisining norozilik harakatiga inqilobiy tus berdi 
va qochoqlardan jangovar qismlar tuzib xonlik tuzumini ag’darishga safarbar etdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling