Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Madaniy hayot. Turkiston sovet hukumatining cherkovni davlatdan va
maktabni cherkovdan ajratish to`g’risidagi dekreti 1918 yil noyabrda chiqdi. Unga ko`ra xususiy, diniy maktablar taqiqlanmasada, biroq yangi sovet maktablarini tashkil qilish, ta’limning sinfiy mohiyatiga e’tibor ustuvor ahamiyat kasb etdi. Maktab 2 pog’onaga bo`linib: 1-pog’ona bilim yurtlari dastlabki 3 sinfni uz ichiga olardi, 2-pog’ona yana 4 sinfdan iborat edi. O`rta maktab ham mavjud bo`lib, keyingi 3 sinfni o`z ichiga orardi, biroq bunday maktablar oz edi, eng ko`pi 1- pog’ona maktablari edi. Maktablarning moddiy bazasi nochorligi, darslik va bilimli o`qituvchilar etishmasligi Turkiston xalq ta’limi bo`limi mudirlarining 1920 yil mayda bo`lgan 1-qurultoyida e’tirof etildi. O`qituvchilar sonining kamayib borishiga ularni turli ishlarga va harbiy harakatlarga safarbar etilishi sabab bo`ldi, ko`p maktablarda o`qituvchilar tarkibi 75 % dan ko`proq qisqardi. Moddiy ta’minotning yo`qligidan o`lka bo`yicha maktab yoshidagi bolalarning 70% dan ko`pi maktabga tortilmay qoldi. Toshkentning Eski shahar qismida maktab yoshidagi 40 ming boladan 10 mingi, ya’ni 25 % i o`qigan. Xalq ta’limi namoyondalaridan: O.Sharafiddinov, J.Odilov, T.Shermuhammedov, S.Sodiqov, K.Dadamuhammedov, Qori Niyoziy yangi sovet maktablarida faoliyat ko`rsatdi. Turkistonda oliy ta’lim tizimida dastlab 1918 yil 21 aprelda Toshkentda Turkiston xalq universiteti ochildi. Universitet tarkibida: tabiiy-matematika, tarix- filologiya, qishloq xo`jaligi va texnika faultetlari mavjud edi. 1920 yil ta’lim oluvchilarning 20 % ini mahalliy yoshlar tashkil etdi. Universitetning ta’lim- 351 tarbiya jarayonida M.Qori, A.Fayziy, B.Habib, I.Tohiriy, U.Xo`jaev, H.Fayziy fidoyilik ko`rsatdi. Toshkentda 1918 yil noyabrda yana bir oliy o`quv yurti SHarq instituti ochildi, unga dastlab 234 nafar talaba qabul qilindi. Turkistonda XX asr boshlaridan shakllanib borgan mahalliy nashrlarda M.Qori, Fitrat, Cho`lpon, A.Avloniy, S.Ayniy, Validiy kabi matbaachilar faoliyat ko`rsatdi. O`lkada 1918-1920 yy. bolshevikcha ruhda Toshkentda - “Ishtirokiyun”, “Xalq dorilfununi”, Namanganda - “Ishchilar qalqoni”, Qo`qonda – “Xalq gazetasi”, Samarqandda – “Mehnatkashlar tovushi” kabi gazeta va jurnallar o`zbek tilida chiqa boshladi. Bolshevistik g’oya tazyiqiga qaramay Cho`lpon, Fitrat, Tavallo, M.Siddiqiy o`z asarlarida xalq ruhiyatini aks ettirdi. Fitrat 1919 yil tuzgan “Chig’atoy gurungi” tashkiloti a’zolari milliy birlik va mustaqillik g’oyasiga sodiq holda faoliyat yuritdi. O`zbek san’atining ilk namunalari shoir va dramaturg H.Hakimzoda 1918 yil Farg’onada tuzgan “O`lka musulmon siyosiy drama truppasi”, aktyor va rejissyor M.Uyg’ur Toshkentda tashkil qilgan “Turon” truppasi bo`ldi. Bu truppalarga uyushgan san’atkorlar: M.Qori Yoqubov, H.Siddiq Islomov, Tamaraxonim, A.Hidoyatov, O.Jalilov, S.Olimov keyinchalik teatrning etuk darg’alari bo`ldi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling