Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Sovet hokimiyatining iqtisodiy siyosati
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Sovet hokimiyatining iqtisodiy siyosati. Rossiyadagi kabi Turkistonda ham
bolsheviklar mulkni va ishlab chiqarish tarmoqlarini umumlashtirish va milliylashtirish vazifalarini hal etishni bosh maqsad qilib qo`ydi. Turkistondagi ishlab chiqarish ustidan 1917 yil kuzidan qat’iy ishchi nazorati o`rnatila boshlandi. Shu paytdan sanoat tarmoqlarini milliylashtirish ham boshlandi. Turkistondagi sanoatning etakchi tarmoqlari: paxta tozalash, yog’-moy zavodlari, bosmaxonalar, banklar, temiryo`llar, ko`mir va neft konlari 1918 yil dastlabki oylarida milliylashtirilib, davlat tasarrufiga olindi, ularning soni 330 ta edi. Er to`g’risidagi dekeret asosida er mulklarini musodara qilish va milliylashtirish o`tkazilishi joylarda keskin noroziliklar chiqishiga sabab bo`ldi. 349 Markaz hukumati ishlab chiqqan “harbiy kommunizm” siyosatini Turkistonga keng ko`lamda qo`llashga kirishildi. Uning asosiy yo`nalishi barcha mulklar va korxonalarni umumlashtirish, xalq xo`jaligini boshqarishni qattiq markazlashtirish edi. Bu siyosat ocharchilikdan qiynalayotgan aholini emas, balki “sosialistik inqilob” va yangi tuzumni frontda himoya qilayotgan qizil askarlarni va sovet hokimiyati tayanchi bo`lgan ishchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni maqsad qilgan edi. Turkistonda 1920 yil oxirida 1075 ta sanoat korxonasi (ko`pi mayda korxonalar) zo`rlik bilan milliylashtirildi. Davlat korxonalari barcha ishchilarning 90 % ini, sanoatdagi mexanik dvigatellarning 80 % ini qamrab oldi, yalpi sanoat mahsulotining 3/4 qismi davlat sektori ulushiga to`g’ri kelardi. O`lka ishlab chiqarishining an’anaviy tarmog’i – hunarmandchilik turlari birlashtirilib hunarmandchilik artellariga aylantirildi. 1920 yil oxirida Turkistonda 800 ga yaqin artellar bo`lib, ular asosan davlat va harbiy tashkilotlar buyurtmalarini bajarardi. “Harbiy kommunizm” siyosatining tarkibiy qismi sifatida umumiy mehnat majburiyatining joriy etilishi kutilmagan favqulodda hodisa bo`ldi. SHu asosda 16 yoshdan 55 yoshgacha erkak va ayollar majburiy mehnatga jalb qilindi. Aholi noroziligiga sabab bo`lgan umumiy mehnat majburiyati ko`pchilikni ishchilar boshqa hududga ko`chirildi, oilalarni bir-biridan judo qilib, og’ir moddiy sharoitga duchor etdi. Bu siyosatning mohiyatini mahalliy rahbarlardan N.To`raqulov 1921 yil so`zlagan ma’ruzasida “mehnat safarbarligini shunday o`tkazishdiki mehnatga yaroqli shahar aholisining yarmi qishloqlarga qochib ketdi. Mehnat safarbarligiga odam topish uchun masjidlarda odamlar tutib olindi” - deb ta’rifladi. “Harbiy kommunizm” siyosati tufayli Turkistonda 1918 yil oxiriga kelib 1 mln.dan ziyod aholi ocharchilikka duchor bo`ldi. 1919 yil boshlaridan joriy etilgan oziq-ovqat razvyorstkasi Turkiston aholisini, ayniqsa qishloq mehnatkashlarini og’ir ahvolga solib qo`ydi. Razvyorstka sovet hokimiyati organlariga aholining ortiqcha oziq-ovqat 350 mahsulotlarini tortib olish, g’allani sotishni taqiqlash, bozor savdosini yopib qo`yish kabi keskin choralar ko`rishiga imkon berdi. Sovetlarning bu siyosatini mahalliy rahbarlar T.Risqulov, N.Xo`jaev, M.Qori keskin qoraladi. N.Xo`jaev 1920 yil oxirida Turkiston MIQ majlisida qilgan ma’ruzasida “Qishloq aholisi o`t-o`lanlar bilan ovqatlanadi, shu tufayli o`lim yuz bermoqda, ayniqsa bollalar o`limi ko`p” - deb aytgan. N.Xo`jaev ma’ruzasida keltirishicha Farg’ona viloyatida aholining 35-40 % i, shu jumladan Marg’ilon uezdida - 60% i, Qo`qon uezdida – 50 % i ochlikka duchor bo`lgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling