Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Turkistonda Sovet hokimiyatiga qashi harakatlar


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Turkistonda Sovet hokimiyatiga qashi harakatlar 
Sovet 
hokimiyatiga 
qarshi 
haraktning 
yuzaga 
kelishi
Sovet 
hokimiyatining zo`ravonligiga qarshi vatan mustaqilligi harakati soxtalashtirilib 
“bosmachilik harakati”, “aksilinqilobiy kuchlar bosqini”, “bir to`da yurt 
buzg’unchilari harakati” tarzida talqin qilindi. Butun Turkistonga keng yoyilgan bu 
qurolli harakat 1918 yil bahoridan Farg’ona vodiysida boshlandi.
Bu qurolli haraktni keltirib chiqargan muhim sabablar quyidagilardan iborat: 
1) xalq 1917 yil fevral va oktyabr o`zgarishlaridan umid qilib, jadidlar 
rahnomaligida Rossiyadagi demokratik haraktlardan foydalanib mustaqillikka 
intildi, biroq sovet hokimiyati o`rnatilgach mahalliy xalqlarni siyosiy faoliyatdan 


352 
chetlatdi. 2) sovet hokimiyati mahalliy qadriyatlarni tahqirlash bilan shug’ullandi. 
3) Turkiston Muxtoriyati ag’darilishi, aholi qirg’in qilinishi, Qo`qon shahri 
talanishi xalqning sabrini to`ldirdi.
Farg’ona vodiysi qarshilik ko`rsatish harakatining eng dastlabki qaynoq 
markazlaridan biri bo`ldi. Bu harakatga Kichik va Katta Ergashlar, Madaminbek, 
Shermuhammadbek, Xolxo`ja eshon, Omon polvon, Rahmonqul, To`ychi, Aliyor 
etakchilik qildi. Farg’ona vodiysining turli joylarida 1918 yil bahoridan 40 dan 
ziyod qo`rboshi dastalari faoliyat ko`rsata boshladi: Madaminbek - Skobelev 
(Farg’ona) uezdida, Shermuhammadbek - Marg’ilon atroflarida, Omon polvon va 
Rahmonqul – Namangan uezdida, Parpi qo`rboshi – Andijon atrofida, Kichik va 
Katta Ergashlar – Qo`qon atrofida, Jonibek qozi – O`zgan tomonda, Muhiddinbek 
– Novqatda harakat qilmoqda edi.
Kichik Ergash 1918 yil fevralda halok bo`lgach, Qo`qon tevaragidagi 
harakatga boshchilik qilgan Katta (Mulla) Ergash o`zining faol harakati bilan 
butun Farg’ona vodiysidagi ozodlik kurashining tanilgan etakchisiga aylandi. Katta 
Ergashning qo`l ostida 1918 yil kuzida har birida 20-1800 tagacha yigiti bo`lgan 
70 ta jangovar dastalar harakat qilar edi, jangchilarning umumiy soni 15 mingdan 
24 mingtaga etardi. Shermuhammadbekning 6 ming, Madaminbekning 5 ming, 
Jonibekning 5,7 ming, Muhiddinbekning 4,5 ming, Parpi qo`rboshining 3,6 ming, 
Xolxo`janing 3 mingdan ziyod jangovar yigitlari ozodlik kurashiga otlangan edi.
Bu harakatlarni birlashtirish uchun dastlabki qurultoy 1918 yil martda 
Qo`qon uezdining Bachqir qishlog’ida o`tkazildi. Unda Katta Ergash butun 
Farg’ona vodiysidagi harakatning rahbari etib saylanib, unga musulmon 
qo`shinlari bosh qo`mondoni – “Amir al-muslimin” unvon berildi. Madaminbek va 
SHermuhammadbek uning o`rinbosari etib saylandi.
Tez orada Madaminbek Ahmadbek o`g’li (1892-1920) vodiy kurashchilari 
sardoriga aylandi. U haqda sovetlarning hujjatlarida “o`z oldiga sovet hokimiyatini 
ag’darish va Farg’ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo`ygan” - deb ta’kidlangan. 
Madaminbekka qarshi kurashgan Gramatovich “U bizning xatolarimizdan ustalik 


353 
bilan foydalanardi. Uning «boshqaruv apparati», tribunali, «genshtabi» bo`lgan, u 
qonunlar chiqargan” - deb e’tirof etgan.
Madaminbek yigitlarining soni 1919 yil o`rtalarida 25 mingdan ziyod edi. 
Skobelev, 
Marg’ilon, 
Andijon, 
Namangan, 
O`shdagi 
qo`rboshilar 
Madaminbekning yashil bayrog’i ostiga birlashdi. Madaminbek sovet qo`shinlariga 
qarshi 1919 yil birinchi yarmida bir qator sezilarli zarbalar berdi. YAnvarda - 
Marg’ilon, fevralda - Skobelev va Chust shaharlarini egallab, ularda amaliy 
tadbirlar o`tkazishi uning obro`sini yanada ko`tarib yubordi. Madaminbek yigitlari 
1919 yil aprelda Namangan va Qo`qon atroflarida janglarda g’olib keldi. O`sha 
kezlarda uning muxoliflaridan biri “Madaminbek turli siyosiy oqimdagi kishilarni 
birlashtira oldi. Hech bir qo`rboshi u kabi kuchga ega bo`lmagan edi” - deb yozdi.
Qarshilik ko`rsatish harakatlarida aholining sovet tuzumidan norozi bo`lgan 
ijtimoiy qatlamlari: dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, batraklar, mardikorlar, 
ziyolilar, dindorlar, ruhoniylar, boylar, amaldorlar ishtirok etdi. Farg’ona fronti 
qo`mondoni M.Frunze “Bu erda sovet hokimiyati rus va erli ishchi, dehqonlarni 
o`ziga tortish o`rniga o`zidan uzoqlashtirdi.. Bosmachilik harakati shu asosda 
vujudga keldi. Bosmachilar – oddiy qaroqchilar emas..” - deb e’tirof qilgan. 
Turkiston ASSR XKK raisi Q.Otaboev 1922 yil Turkiston MIK 4-plenumida “Biz 
4 yil davomida xalq qo`zg’olonini bosmachilik deb atadik.. va 4 yil davomida 
tugata olmadik” - degan.
Madaminbek lashkarlarining jangovar harakatlari 1919 yil kuzida keng 
hududlarga yoyildi. Rus krest’yan (dehqon)laridan tashkil topgan Monstrovning 
harbiy qismlari Madaminbek bilan birlashdi. Sovetlarga qarshi harakatga endi rus 
dehqonlari ham qo`shildi, bu o`zgarish 1919 yil oktyabrda Pomirning Ergashtom 
ovulida Madaminbek tarfdorlari tashabbusi bilan “Farg’ona muvaqqat muxtoriyat 
hukumati” tuzilishida ham o`z ifodasini topdi. Hukumat tarkibi 24 kishidan iborat 
bo`lib, 16 ta musulmon, 8 ta rus vakili tashkil etardi. Farg’ona hukumati boshlig’i 
va musulmon qo`shinlari bosh qo`mondon etib Madaminbek saylandi.
Andijonga yaqin Oyimqishloqda 1919 yil oktyabr oxirida to`plangan 
vodiylik yo`lboshchilar qurultoyida 150 ta jangavor qismlarni o`z ta’sirida ushlab 


354 
turgan 4 yirik lashkarboshi: Madaminbek, Katta Ergash, Shermuhammadbek, 
Xolxo`ja eshon qo`mondonliklarini birlashtirishga kelishildi. Qurultoyda 
Madaminbek islom qo`shinlarining bosh qo`mondoni – “Amir al-muslimin” etib 
saylandi.
Biroq bu birlashuv mustahkam emas edi, Xolxo`ja eshon ajralib, mustaqil 
faoliyat ko`rsata boshladi. Farg’onadagi kurash harakatlarini boshqarib turgan 3 
lashkarboshi qo`l ostida: Madaminbekda 30000, Shermuhammadbekda 20000, 
Katta Ergash qo`rboshida 8000 askar bor edi.
Sovet qo`shinlari 1920 yil boshlarida Madaminbek, Katta Ergash, 
Shermuhammadbek, Xolxo`ja kuchlariga sezilarli zarba berdi. 1920 yil yanvarda 
qizillar Katta Ergashga zarba berib, uning tayanch markazi Bachqirni egalladi. 
Sovet qo`shini 1920 yil yanvarda Monstrovning dehqonlar armiyasini tor-mor 
qildi. Gulcha qal’asi ishg’ol qilinib Monstrov asir olindi.
Qizil 
qo`shinlar 
1920 
yil 
fevralda 
Garbuva-Qoratepa-SHahrixon 
yo`nalishida 
Shermuhammadbek 
lashkariga 
kuchli 
zarba 
berdi, 
Shermuhammadbek Oloy vodiysiga chekindi. Qizillar fevralda Norin va 
Qoradaryo qo`shilish joyida Madaminbek askarlariga katta talofat etkazdi, sovet 
hukumati taklifi bilan 1920 martda Madaminbek sovet qo`mondonligi bilan sulh 
tuzdi. Madaminbek o`z harakatlarini to`xtatdi va sulh shartlariga asosan 1200 
askarining daxlsizligi, quroliga ega bo`lishi, vodiyda tinchlik o`rnatishda ishtirok 
etishi ta’kidlandi.
Madaminbek boshqa qo`rboshilarga ham sovetlar bilan sulh tuzishni 
maslahat berib, muzokara uchun Shermuhammadbek va Xolxo`ja huzuriga boradi. 
Ular Madaminbekni sotqinlikda ayblab qatl ettiradi. Farg’ona vodiysida 1920-1923 
yy. olib borilgan kurashlarga aka-uka Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek, 
so`ng Islom palvon va Rahmonqul etakchilik qildi. Farg’ona vodiysida boshlangan 
sovetlarga qarshi harakat keyinchalik Turkistonning boshqa hududlariga, 
Samarqand viloyatiga, Buxoro va Xorazmga ham yoyildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling