Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Buxoro Amirligi ag’darilishi. BXSR tashkil topishi
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yosh buxoroliklar
Buxoro Amirligi ag’darilishi. BXSR tashkil topishi
Rossiyaning yarim mustamlakasi bo`lgan Buxoro Amirligiga ham Rossiyadagi 1917 yil fevral burjua demokratik inqilobi va podshoning ag’darilishi, hokimiyatning boshqa siyosiy kuchlarga o`tishi o`z ta’sirini o`tkazdi. Buxoroda bu davrda ichki ziddiyatlar jiddiy tus olib borishining boisi, amirlikning moliyaviy- iqtisodiy hayoti va savdo aloqalari Rossiya iqtisodiyotiga bo`ysundirilganida edi. 1917 yil inqilobiy voqealaridan foydalanib siyosiy o`zgarishlarni ro`yobga chiqarishga harakat qilgan Buxoro jadidlari: A.Burhonov, U.Xo`jaev (Usmonxo`ja Po`latxo`jaev), F.Xo`jaev, A.Fitrat, S.Ayniy, M.Mansurov, A.Muhiddinov edi. Ular amirga tazyiq o`tkazib uni ko`p masalalarda xalqqa yon berishga, siyosiy tizimni o`zgartirishga, xususan konstitusion monarxiya joriy etishga undadi. Yosh buxoroliklar rahbarlari ishlab chiqqan islohat loyihasida: amir huzurida va joylarda xalq vakillari bo`lishi; ma’muriyat yaxshilanishi va u xalq vakilligi nazoratida bo`lishi; amaldagi soliqlardan tashqari boshqa soliqlar bekor qilinishi; maktab va matbuot erkinligi; johil amaldorlarni almashtirish talablari ilgari surilgan edi. Amir Said Olimxon 1917 yil 7 aprelda Manifest chiqarishga majbur bo`ldi, unda amirlik tuzumining tub negizlariga daxl qilmagan holda bir qator demokratik o`zgarishlar o`tkazish ko`zda tutilgan edi. Bu o`zgarishlar: soliqlarni tartibga solish; turli tabaqa vakillaridan Majlis tashkil qilish; maorif, tibbiyot, sud tizimini yaxshilash; ma’muriy boshqaruvni takomillashtirishdan iborat edi. Yosh buxoroliklar bu manifestni ma’qullab kutib oldi. Biroq hukmron konservativ kuchlar islohatga qarshi turib, namoyishga chiqqan islohat tarofdorlarini qirg’in 361 qildi. Yosh buxoroliklar Turkiston ASSRga ketishga majbur bo`ldi. Islohiy harakatlarning 1-bosqichi muvffaqiyatsiz yakun topdi. Rossiyadagi 1917 yil Oktyabr davlat to`ntarishi va bolsheviklarning hokimiyatga kelishi Buxoroda ham aks sado berdi. Buxoroga tutash rus manzilgohlarida sovet tuzumi o`rnatildi. Bolsheviklar Buxoroga sosialistik g’oyalarni yoyishga urindi. Rossiya va sovet Turkistoni muxolifatchi kuchlarni qo`llab Amirlik tuzumini qulatish uchun 1918 yil martda “Kolesov voqeasi” nomli qonli voqeani sodir qildi. Turkiston ASSR hukumati raisi F.Kolesov Yosh buxoroliklar talabini quvvatlagan bo`lib 1918 yil 2 martda Kogon temiryo`li yoqalab qizil qo`shinlar bilan hujum qildi. Buxoro aholisi bolsheviklarga qarshi kurashib Kolesov hujumini qaytardi. Bu esa amirga barcha inqilobiy-demokratik kuchlardan o`ch olishi uchun bahona bo`ldi. Yosh buxoroliklar qirg’in qilindi, ko`pchiligi muhojirlikka ketdi. F.Xo`jaev aytishicha qirg’inda 1,5 mingga yaqin kishi halok bo`lgan. 1918 yil mart voqealari va amirlik tevaragidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Buxoroni tanazzulga duchor etdi. Rossiyaga yuborilgan qimmatbaho mollar sotilmay omborlarda taxlanib qoldi. Rossiyadan mahsulotlar kelishi to`xtab qoldi. Sovet Turkistoni vaziyatdan foydalanib Buxorodan kelgan inqilobiy va demokratik kuchlarning tashkilotlari tuzilishiga yordam berib “Buxoro inqilobi”ni tayyorlab bordi. Moskva va Toshkentda Buxoro rahbarlari F.Xo`jaev, U.Xo`jaev, O.Xo`jaev, Q.Po`latov, M.Qulmuhammedov, A.Yoqubov, A.Muhiddinov, N.Husainovning inqilobiy faoliyati ma’qullanib, ularning inqilobiy dasturlari ishlab chiqildi. Buxoroning muhojir inqilobchilari 1918 yil sentyabrda Toshkentda Buxoro kommunistik partiyasi va uning Markaziy Qo`mitasini tuzdi. Uning raisi A.YOqubov, o`rinbosari M.Qulmuhammedov edi. Toshkentda 1920 yil yanvarda F.Xo`jaev boshchiligida “Yosh buxorolik inqilobchilar partiyasi Turkiston Markaziy byurosi” tashkil etildi. Uni Turkkomissiya, RSFSR hukumati va RKP(b) MQ e’tirof etdi. Yosh buxoroliklar Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling