Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Adabiyot. Shoir, satira va yumor janri ustasi Muhammad Aminxo`ja
Mirzaxo`ja o`g’li - Muqimiy (1850-1903) ijodi gullagan davr Qo`qon xonligining Rossiya tomonidan bosib olinishiga to`g’ri keldi. Lirik shoir va publisist Zokirjon Xolmuhammad o`g’li - Furqat (1858-1909) jaholat va qoloqlikka qarshi kurashib, ilg’or g’oyalar tarafida turdi. Furqat ko`rib, hayratga tushgan voqealarni 1890 yil «Turkiston viloyati gazeti» ning qator sonlarida e’lon qildi. General-gubernatorlik Furqatga Sharqiy Turkistonda Rossiya foydasiga ish olib borib, maxfiy ma’lumot jo`natib turish vazifasini topshirdi. Demokratik g’oyalar ruhida ijod qilgan shoir Ubaydulla Solih - Zavqiy (1853-1926) Muqimiy va Furqat an’analarini davom ettirib, ijodi xalqchil va mehnatkashga hamdard bo`ldi. U «Ajab ermas» she’rini 1916 yilgi milliy-ozodlik harakatiga bag’ishlab yozdi. Xivalik shoir-demokrat Avaz O`tar (1884-1919) «YOsh xivaliklar» bilan aloqa o`rnatib, qadimiylar guruhiga qarshi o`tli misralar bitdi. Taraqqiyparvar guruhining faollaridan biri Sadriddin Ayniy (1878-1954) XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi adabiy muhitda o`z o`rniga va ovoziga ega 327 bo`lgan adibdir. Ayniy amirlikda demokratik islohatlar zarurligini ilgari surishi bilan Ahmad Donish izidan bordi. Butun kuchini bolalarning ilmu urfondan bahramand bo`lishiga sarflagan Hamza Hakimzodi Niyoziy (1889-1929) XX-asr boshlarida taraqqiyparvar ziyoli adiblar safiga kelib qo`shiladi. U dunyo ahvolatidan xabardor bo`lish uchun Afg’oniston, Hindiston, Eron, Arab, Rossiyaga safar qildi. Ilm-fan qudratini idrok qilgan Hamza pedagog, shoir, musiqashunos, aktyor sifatida tanildi. Adolatsizlikka qarshi kurash tug’yoni, xalqni faollikka undagan shoira Anbar otin (1870-1906) ijodida ham yaqqol sezildi. Matbuot. 1905 yilgi rus burjua-demokratik inqilobi Turkistondagi mustabid va harbiy-polisiya tizimiga zarba berdi. Inqilobdan qo`rqqan «oq podsho» 1905 yil 17 oktyabrda chiqargan Manifestda mustamlaka xalqlarga ham erkin yashash, bilim egallash, o`z milliy matbuotiga ega bo`lish kabi va’dalar mavjud edi. 1905 yilga qadar Turkistonda faqat general-gubernatorlikning rasmiy organi «Turkestanskie vedomosti» va «Turkiston viloyat gazeti» bor edi. 1870-1917 yy. davomida chiqib turgan «Turkestanskie vedomosti»ning muharriri 1877-1917 yy. olim va jurnalist N.Ostroumov edi. Jadidlar 1905-1907 yy. Ismoil Obidov muharrirligida chiqarilgan «Taraqqiy», «Shuhrat», «Xurshid» gazetalari chorizm tomonidan yopib qo`yildi. CHorizmning milliy matbuotga bo`lgan munosabati reaksion bo`lganligini eserlar Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling