Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar. Rossiyani Chimboy Xiva xonligining 
asosiy iqtisodiy markazlari bilan bog’lardi. Bu erda ko`plab do`konlar va katta 
bozor yaqinida yirik karvonsaroy bo`lgan. Kasalxona maktablar paydo bo`ladi. 
1914 yil qoraqalpoqlarda 4 ta umumta’lim maktabida 200 ta o`quvchi o`qigan, 2 ta 
kasalxona va feldsherlik punktida 3 ta shifokor ishlar edi. Dehqonlar va 
chorvadorlar orasida mulkiy tabaqalanish kuchayadi. Biy, yuzboshi, mulla va 
eshonlarning er mulklari 15 ming tanobgacha bo`lsa, oddiy xalq tomorqalari 1-2 
tanobdan oshmagan (1 tanob - 2500 kv.m. er).
1871-1872 yy. ma’lumotiga ko`ra urug’ning oddiy a’zolari chorvaga ega 
bo`lmagan, ayrim boylar 1000 bosh qoramol va 1500 bosh qo`y-qo`ziga ega edi. 
Qashshoqlashgan va kosodga uchragan dehqonlar katta er egalari va boylarga 
qaram bo`lib qolishdi. Boylar yordam sifatida o`z qarindoshlariga hosilning teng 
yarmi - «yarmchi» sharti bilan er bergan. Ersiz va chorvasiz qolgan dehqonlar har 
qanday og’ir ishlarni bajarib, badavlat chorvadorlar va zamindorlarning moli va 
eridan foydalangani uchun ishlab bergan. 
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida 
qoraqalpoqlar madaniyati 
 
Xalq og’zaki ijodi. Qoraqalpoq xalqi tinch hayot izlab asrlar davomida 
ko`chib yurgani uchun moddiy madaniyat yodgorliklarini to`liq saqlab qolish 
imkoniyatiga ega bo`lmagan. Og’zaki she’riy ijodiyotning maqol, hikmat, laparlar 
va nasihat qo`shiqlari - «otalar so`zi» kabi xillari bo`lgan. Qoraqalpoq xalq og’zaki 


322 
ijodida kulgi qahramoni bo`lgan O`mirbek laqqi obrazi orqali salbiy illatlar hajv 
qilinib, ezgulik ulug’landi. 
Xalq orasida qoraqalpoq fol’klorining doston yo`llari mashhur edi. 
Qoraqalpoqlarning ozodlik va mustaqillik uchun kurashi «Qirqqiz» dostonida 
tasvirlanadi, bu doston xalq og’zaki ijodining durdonasi hisoblanadi. Bu dostonda 
Sarkub qal’asi hukmdori Olloyor qizi Guloyimga Muyeli degan erni tortiq qilgani 
haqida aytiladi. Guloyim bu erda 40 kanizagi bilan qal’a barpo qilishadi. Sarkub 
erlariga dushmanlar hujum qilganda xorazmlik bahodir Arslon Guloyimga yordam 
beradi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling