Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliylikka qarshi kurash
Rus-tuzem maktablari. Rossiya Davlat Kengashida Turkistondagi mahalliy
bolalarni ruslar bilan birga o`qitish masalasiga 1880 yil harbiy vazir Milyutin va maorif vaziri Tolstoy rozilik berishdi. Kaufmanning izdoshi Rozenbax (1884- 1889) boshlang’ich maktablar, «rus-tuzem maktablari» tarmog’ini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. Birinchi rus-tuzem maktabi 1884 yil Toshkentda Saidazimboy uyida ochildi. Abdug’afforov, Saidaziziy, Sharifxo`ja va Muhiddinxo`ja qorilar rus-tuzem maktablarining o`qituvchilari va homiylari bo`ldilar. Bartol’d ma’lumotiga ko`ra 1911 yil rus-tuzem maktablari soni 89 taga etgan. Behbudiy «Turkiston viloyati gazeti»ning 1909 yil 2 sentyabr sonida «Russkiy tuzemniy maktabida o`qiganlar ziyoli tugun xiyoli ham hisoblanmaydur. Ular ruscha chalasavod kishilardir» deb yozgan. Rus-tuzem maktabiga ruslashtirishda asosiy vositalardan biri deb qaragan rus ma’murlari o`quvchilar ruscha fikrlashi uchun faqat ruschadan tarjima qilingan darsliklarni, jumladan, Likoshinning o`zbek tilida 1906 yil chop etilgan Rossiya tarixi darsligini o`qita boshladi. Rus-tuzem maktablarining soni XIX-asr oxirida 100 dan oshib ketdi. Rus-tuzem maktablarida o`quv kuni 2 qismdan iborat bo`lib, birinchi qismida rus o`qituvchisi (o`quv, yozuv, hisob); ikkinchi qismida o`zbek domlasi o`qitgan. Farg’ona harbiy gubernatori Korol’kov 1898 yil o`lkani ruslashtirish dasturini imperatorga bayon qildi. Korol’kov «erliklarning o`z bolalarini» ixtiyoriy rus-tuzem maktablariga berishi uchun 5 yil ichida ish yuritish rus tiliga o`tkazilishi lozimligini uqtirdi. Majburiy rus tilida ish yuritish tadbiridan Karol’kov «erlilar mansabga qiziqib» farzandlarini rus-tuzem maktablariga beradi deb, hisobladi. Milliylikka qarshi kurash. Ruslar faqat harbiy yo`l bilan xalqni itoatda tutib bo`lmasligini angab millatni millat sifatida ushlab turadigan tayanchlarini emirib tashlashga kirishdi. Go`ktepada (Turkmaniston, 1881) 40 ming odamni qirishga buyruq berib, ularning 80 ming bo`lmaganiga achinaman, degan qirg’in tashabbuskori general Skobelev. Turkiston zabt etilgach Skobelev «Biror millatni 326 yo`q qilish uchun uni qirish shart emas, uning tili, tarixi, dini va madaniyatini yo`q qilsang bas, tez orada o`zi adoyi tamom bo`ladi», - deb aytgan. Rus mustamlakachilari maorif siysatini ikki yo`nalishda olib bordilar: 1) Turkiston xalq maorifiga rus tili va rus-tuzem maktablari orqali yorib kirish; 2) milliy qadriyatlarni tarbiyalovchi ma’naviyat o`choqlarini yo`q qilish. Turkiston general-gubernatori Verevskiy viloyat harbiy gubernatorlariga «Ruschani biluvchi musulmonlardan barcha sohalarda foydalanilsin va imtiyoz berilsin» - deb aytgan. Rossiyaning qudratini ko`rib unga qarshi qo`zg’olon ko`tarmasligi uchun Rus ma’murlari rus-tuzem maktabi o`quvchilarini Rossiya bo`ylab sayohat rejasini ishlab chiqdilar. 1898-1899 yy. katta yoshdagi turkistonliklar va o`quvchilar Rossiyaga sayohatga yuborildi. Turkiston o`lka bilim yurtlari bosh inspektori F.Kerenskiy «Sartlar va qirg’izlarning bolalari Rossiyaning qudratini uzoq vaqt eslab yurishadi» - deb aytgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling