Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
partiyasining yashirin chop etilgan «Molot» gazetasi yozgan. «Molot» gazetasidagi
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy va tabiiy fanlar. San’at Falsafiy-tarixiy fikrlar
partiyasining yashirin chop etilgan «Molot» gazetasi yozgan. «Molot» gazetasidagi maqolada «Oq podsho»ni Rus Vatikani, deb atagan. Ikki yil (1905-1907) davomida «Russkiy Turkestan», «Turkestanskaya jizn’», «Turkestan», «Vperyod», «Rabotnik», «Fergana», «Samarkand», «Novыy Samarkand», «Tashkentskiy kur’er» gazetalari yopildi. Milliy ong va o`zlikni anglashda 2 yil davomida (1914-1915) faoliyat ko`rsatgan «Sadoi Turkiston» gazetasining xizmatlari katta bo`ldi. O`zbek milliy jurnalistikasi maktabi shakllanib Cho`lpon, Munavvar qori, Behbudiy, Xurshid, Miskin, Hamza, Xolid, L.Omiliy, Sh.Sharafiddinov, M.Shermuhammedov, M.Muhammadjonov bu maktabda ijod qildi. 328 Ijtimoiy va tabiiy fanlar. San’at Falsafiy-tarixiy fikrlar rivojida XIX asr oxiri XX asr boshlarida falsafiy fikrga nisbatan tarixiy ilmlar sohasida siljish ancha kuchli edi. Olim va mutafakkir Ahmad Donish (1827-1897) falsafiy va tarixiy fikrlar rivojiga hissa qo`shdi. U amir elchisi sifatida Sankt-Peterburgga bir necha bor sayohat qilgan. Donish o`z falsafiy qarashlari bilan demokratik va ilg’or jabhani egallab, amir Buxorasida xalqchillik asosida davlat boshqaruvini isloh qilish loyihasini ishlab chiqdi. U amirlik tarixiga oid «Navodir ul-vaqoe’» (Nodir voqealar), «Amir Doniyoldan to Abdulahadgacha bo`lgan Buxoro amirlarining tarjimai ahvoli» risolalarini yozdi. Buxorolik o`lkashunos tarixchi olim Mirzo Abduazim Somiy Bo`stoniy (1833-1914) Buxoro amiri Muzaffarning shaxsiy munshiysi bo`lgan. Amir Abdulahad (1885-1910) davrida podsholikka qarshi fikrlari uchun S. Bo`stoniy saroydan chetlatilib, nochorlikda umr kechirdi. Somiy «Mir’ot ul-xayol» (Xayol ko`zgusi), «Insho», «Tuhfayi shohiy», «Tarixi solotini Mang’itiya» kabi adabiy va tarixiy asarlar yozgan. Uning «Tarixi salotini Mang’itiya» asarining muhim tomoni unda Buxoro va O`rta Osiyoning Rossiya bosib olishi arafasidagi iqtisodiy-siyosiy ahvoli, Buxoro-Rossiya munosabatlari yoritilgan. Xorazmda uzoq vaqtlardan davom etib kelayotgan an’ana shajaraviy tarixnavislikdir. El-ulus o`tmishini keyingi avlodlarga yozib qoldirish an’anasi o`lkada «Avesto» dan boshlanadi. Al-Xorazmiy, Beruniy, Muhammad Solih, Munis Xorazmiy, Ogahiyning tarix yozish ishini Muhammad Yusuf Bayoniy (1840- 1923) davom qildi. U mustamlakachilik tarixini haqqoniy yozishdek og’ir vazifani o`z zimmasiga olib, Xorazm, Turkman hududlarini Eron sarhadlarigacha yayov kezib chiqdi. Bayoniy tarix fani – moziy ilmiga ma’rifat va haqiqat chirog’i deb qaradi. U 2 ta tarixiy asar yozdi: «Xorazm tarixi» va «Shajarayi Xorazmshohiy». Bayoniy Xiva xonligini Rossiya tomonidan bosib olinishini haqqoniy va sodda xalq tilida yozgan yirik tarixchi. 329 Buxoro amirining 1884-1885 yy. Turkiston general-gubernatori huzuridagi vakili Mirza Salimbekning ilmiy-tarixiy, o`lkashunoslik faoliyati diqqatga sazovor. Buxoroda 1850 yil tug’ilgan M. Salimbek «Kashkuli Salimiy», «Tarixiy Salimiy», «Hikoyat Abdulla ibn al Muborak», «Ka’b al-axbor hikoyalari» kabi tarixiy risolalar yaratdi. XIX-asrda tarixnavislik rivojiga mashhur «Samariya» (Samarqand) asarini yozgan o`lkashunos tarixchi Abu tohirxoja (1874 y. vafot etgan) katta hissa qo`shdi. XIX asrning ikkinchi yarmida tarixchi sifatida tanilgan olim Mulla Olim Mahmud hoji manbalarining boyligi bilan ajralib turuvchi qimmatli manba «Tarixi Turkiston» asarini yozgan. Toshkentning «Qor yog’di» mahallasida 1830 yil tug’ilgan (vafot noma’lum) tarixchi va geograf Muhammad Solih Rahim Qoraxo`ja o`g’li o`z shajarasini Shayx Xovandi Tohurga (XIV asr) borib ulanishi haqida asar yozgan. Muhammad Solihning otasini Toshkent ahli ulug’lab «ulamolar nodiri, davr muallimi», deb atashgan. M.Solih 1840-1863 yy. Toshkent, Qo`qon va Buxoro madrasalarida bilim olib arab va fors tillarini o`rgandi. Solih tabobat bilan shug’ullanish bilan birga 25 yil (1863-1888) o`lka tarixini o`rganib tarixiy- jug’rofiy «Tarix jadidayi Toshkand» (Toshkandning yangi tarixi) asarini yozdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling