Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida qoraqalpoqlar


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

4-§. XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida qoraqalpoqlar. 
Qoraqalpoqlarning ijtimoiy hayoti 
 
XIX asrda qoraqalpoqlar. Qoraqalpoqlar tarixan Ural, so`ng Volga 
bo`ylarida, Orol atrofi va Sirdaryo quyi etaklarida yashab kelganlar. Ularning 
ko`chib yurishiga tashqi omillar sabab bo`lib XIX asr boshlarida quyi Amudaryo 
havzasi, Orolning janub va janubi g’arb tomonlarida muqim hayot tarziga o`ta 
boshladi. Qoraqalpoqlar qozoq va turkmanlar hujumi oqibatida Xiva xonligi 
fuqaroligiga o`tdilar. Qoraqalpoqlar Quyi Amudaryoning katta cho`l va suv 
chiqmagan cho`lga tutash sho`rxok erlarini mashaqqatli mehnati evaziga 
o`zlashtirdi. O`troq hayotga o`ta boshlagach dehqonchilik qoraqalpoqlar hayotida 
asosiy o`rinni egallay boshladi, shuningdek chorvachilik ham etakchi soha bo`lib 
qolaverdi.
XIX asr o`rtalarida qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida bo`lib, 
Amudaryoning har ikki qirg’og’ida va Orolga quyilish erlarida yashagan, ularning 
soni 100 mingdan oshmagan.
Qoraqalpoqlarning ijtimoiy hayoti. Qoraqalpoqlar urug’larga bo`lingan, 
ularda erdan foydalanish jamoa tariqasida kechar edi. Urug’lar kanallar qazish 
uchun mas’ul bo`lgan, har bir ovul aholisi bitta urug’ga mansub edi. CHorva 
xususiy mulk bo`lgani bois unga urug’ tamg’asi urilar va jamoa yaylovlarida 
boqilar edi.
Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo`lishi uchun Muhammad Rahimxon 
«Qoraqalpoq ulusi»ni shakllantirdi va barcha jamoalar shu ulusga kirgan. Ulusni 
boshqarish xonning ixtiyorida edi; ayrim viloyatlarni boshqarish uchun tayinlangan 


317 
hokimlar Xonning qarindoshlari bo`lgan. Urug’ va qabilalar yirik guruhlarga 
birlashtirilib, xon ularni boshqarish uchun xon saroyining oliy amaldorlari - otaliq 
va beglarbegi tayinlagan. Ruhoniylar, eshonlar, nufuzli kishilar Xiva xonlarining 
alohida homiyligida bo`lgan. Qoraqalpoqlarda sudlarning 2 turi - qozilar va biylar 
sudi mavjud edi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling