Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


XIX asr oxiri - XX asr boshlarida


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida 
Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli 
 
Ijtimoiy-siyosiy ahvol. Xiva xonligini ruslar bosib olgach (1873) 
Amudaryoning o`ng tomonidagi erlar (76000 kv.km.) Rossiya tarkibiy qismiga 
kiritilib, Turkiston general-gubernatorligi tomonidan idora etildi. Bu erda Rossiya 
tartiblarini joriy etish uchun Amudaryo bo`limi tashkil etildi, uning markazi Petro-
Aleksandrovsk shahri qurilib, ma’muriyati Xiva xonligining faoliyatini ham 
nazorat qilib borar edi. Amudaryo bo`limi rasman 1874 yil tashkil etilgan bo`lib, 
Nukus va Chimboy pristavliklaridan iborat edi. Amudaryo bo`limi boshlig’i 
Sirdaryo viloyati harbiy gubernatoriga bo`ysunuvchi tumanboshi hisoblanib
boshqa tumanboshilarga nisbatan ancha keng huquqlarga ega bo`lib, u Turkiston 
general-gubernatorining Xiva xoni huzuridagi muxtor vakili ham hisoblangan.
Rossiya tomonidan 1873 yil Xiva xonligiga 2200 ming so`m jarima 
solingan. Imperatorga sadoqatli xizmatlari uchun Xiva xoni Muhammad Rahimxon 
II (Feruzshoh) rus hukumati tomonidan «zoti oliylari» maqomiga ko`tarilib, 
general-mayor unvoniga ega bo`lgan. Xiva xonligi xuddi Buxoro kabi Rossiyaning 
boj tizimiga o`tkazilib, pul islohati amalga oshirilgandan so`ng imperiyaning 
iqtisodiy tizimiga to`la qaram bo`lib qoldi. Rahimxon II ma’rifatparvar va donish 
hukmdor sifatida milliy pul qadrini rubl bilan teng ushlab qolishga urindi, aholi 
sonini kamaytirib ko`rsatib Rossiyaga to`lanadigan tovonning yillik miqdorini 
oshirishga imkon bermadi. Bu uning xalqparvarligini, nozik siyosatchi bo`lganligi 
va dushmanni chalg’itganligini ko`rsatadi.


312 
Paxta yakkahokimligi boshlanishi. Xivaning Rossiya bilan iqtisodiy 
aloqalari Xiva – Orenburg, Mang’ishloq - Krasnovodsk karvon yo`llari orqali olib 
borilar edi. Xiva Rossiya bilan temir yo`llar orqali tutashmagan davrda karvon va 
suv yo`li (Amudaryo) transporti muhim ahamiyatga ega edi. Paxta tolasi ortilgan 
karvon 1869 yil Krasnovodskdan yo`lga chiqdi. Xiva xonligidan Rossiyaga 
jo`natilgan paxtaning hajmi 1870 y.- 50 ming pud , 1915 y.- 900 ming pudga etdi.
Xiva xonligida qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik 
korxonalarga Moskva savdo-sanoat aksionerlik jamiyatlari va tijorat banklari 
bo`limlari asos soldi. Mahsulotlarni karvon bilan tashish murakkabligi tufayli 1910 
yildan boshlab Orol kemachiligi (qishdan tashqari) yo`lga qo`yildi. Orol 
kemachiligi Xiva xonligini Orenburg – Toshkent temir yo`li stansiyalari bilan 
bog’ladi. Xivadan Rossiyaga asosiy chiqariladigan mahsulot paxta, ipak va 
qorako`l teri edi.
XX asr boshidan sug’oriladigan ekinlarni paxta siqib chiqarishi rus 
kapitalining Xivaga kirib kelishiga keng yo`l ochib yubordi. Yangi Urganchda 
Rabenek, Sindel’, Poznanskiyning «Bol’shaya Yaraslavskaya manufaktura» sining 
filiali, aka-uka Nobel’, Moskva savdo-sanoat jamiyatining mahkamalari, «Kavkaz 
va Merkuriy», «Umid», «Rossiya transport», «Sharqiy» jamiyatlar bor edi.
Savdo-sudxo`rlik ishlarida paxta sotib oluvchilar, tarozidorlar, aravakashlar 
va paxta zavodi xo`jayinlari katta boylik orttirdilar. Avaz Yoqubov, Polvon Niyoz, 
Sag’irchi, Muhammad Vafo Yusupov, bosh vazir Islomxo`ja kabi mahalliy burjua-
kapitalist vakillar etishib chiqdi. Mahalliy burjua vakillari AQSH va Evropa 
mamlakatlari bilan savdo ishlarini yo`lga qo`ydilar. Islomxo`ja mahalliy burjua 
vakillarining nufuzini mustahkamlash uchun yangi tadbirlarni amalga oshirdi.
XIX asr oxiridan Amerika paxta navi ekilishi tufayli Xivada miqdor va sifat 
o`zgarishi bo`ldi. Rus-Osiyo banki yordamida Xiva xonligidan beda urug’i 
Germaniya va AQSH ga yuborildi. Rus burjuaziyasi katta foyda beruvchi 
pillachilik sohasiga e’tibor berdi. Petro-Aleksandrovsk shahrida ipak qurti urug’i
stansiyasi ochdi. Yangi Urganchda 1889 yil «Bol’shaya Yaraslavskaya 
manufaktura» shirkati birinchi paxta tozalash zavodini qurdi.


313 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling