Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligi va


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

4-§. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligi va 
Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli 
Yarim mustamlakaga aylangan Buxoro amirligi siyosiy faoliyatini 1885 
yil ish boshlagan «Rossiya imperatori Siyosiy agentligi» nazorat qila boshladi. Bu 
siyosiy nazorat idorasi Rossiya-Buxoro (1868) shartnomasi va chet el mollari 
keltirilishini taqiqlashning Buxoro amirligi tomonidan qanday bajarilishini kuzatib 
borardi. Amirlikka temir yo`llarning kirib kelishi rus shaharcha va manzilgohlari 
vujudga kelish jarayonni kuchaytirdi. 
Amirlikdagi yangi Buxoro (Kogon), Chorjo`y, Karki, Patta, Hisor kabi 
shaharlar Rossiya imperiyasi qonunlariga binoan idora qilindi. Karki va Termiz 
shaharlarida 14-Turkiston bo`linmasi va kazak qismlari uchun joy ajratildi. Buxoro 


308 
amiri rus chegara istehkomi uchun 1900 yil Surxandaryo quyi oqimidagi 9 ming 
desyatina erni ajratib berdi. Rossiya-Buxoro siyosiy-iqtisodiy munosabatlarida 
Zarafshon daryosi suvini taqsimlash muammosi keskinlasha bordi.
Shartnomaga ko`ra (1868) Rossiya Buxoroning ichki boshqaruv tizimi va 
diniy ishlariga aralashmaslik majburiyatini olgan edi. 1895 yil Buxoroning Rossiya 
boj tizimiga kiritilishi amirlikning rus imperiyasiga qaramligini kuchaytirdi. 1905 
yil Orenburg temir yo`li ishga tushirilishi Rossiya-Buxoro savdo aloqalarining 
yanada kengayishiga sabab bo`ldi. Rossiya bilan 1901 yil Buxoro tangasi zarb 
etilishiga doir bitim tuzildi. Paxta va qorako`l savdosidan Buxoro amiri va 
savdogarlar katta boylik jamg’arar edi. Buxoro amiri 73 mln. 252 ming so`mlik 
naqd boylikka ega bo`lgan. Amirning Qrim, Kislovodsk, Jeleznovodskda bog’-
saroylari, Peterburgda hovli-joylari mavjud edi.
Buxoro amiri Abdulahadxon (1885-1910) Peterburg, Moskva, Qrimga safar 
qilib, rus imperatori va mulozimlariga sovg’a tortiq qilgan. «Zoti oliylari» 
zodagonlik martabasiga ko`tarilgan Abdulahadxon buyuk rus knyazlaridan ham 
yuqori turib, unvon va martabasi bilan Turkiston general-gubernatoridan ham o`zib 
ketgan. U general-ad’yutant, kavaleriya generali (general-polkovnik), eng oliy 
«Andrey Pervozvanniy» ordeni sohibi, Terek kazak qo`shini faxriy atamani va 5-
Orenburg kazak polkining otalig’i bo`lgan. Peterburgda imtiyozli zodagonlar 
harbiy korpusida o`qigan Said Olimxonga dastlab polkovnik, keyin general-
leytenant unvoni berilgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling