Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Qoraqalpoqlarda soliq va majburiyatlar. Xalq qo`zg’olonlari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qoraqalpoqlarda soliq va majburiyatlar. Xalq qo`zg’olonlari 
 
Soliq va majburiyat turlari. Aholidan er solig’i – solg’ut, ruhoniylar 
foydasiga - ushr solig’i undirilgan. Urush paytlarida qoraqalpoqlar “qozon puli” 
solig’i to`lagan. Chorvachilik bilan shug’ullanuvchi har bir oila chorva mollarining 
1/40 qismini zakot solig’i tariqasida to`lagan. XIX asr ikkinchi yarmidan aholidan 
pul miqdorida 40 bosh qoramol uchun 9 so`m, 40 bosh qo`y va echki uchun 2 so`m 


319 
50 tiyin zakot olingan. Majburiyatlardan eng og’iri har oiladan bitta erkak 12 kun 
Ariq qazishda qatnashishi edi. Urush paytida har bir jamoa 1000-2000 tagacha 
askar berishi lozim bo`lgan; askar bera olmagan jamoa 180-250 ming so`m pul 
yig’ib bergan.
Xalq qo`zg’olonlari. Xiva xoni Muhammad Aminxon (1845-1855) 
hukmronligining oxirlarida Rossiyaning O`rta Osiyoga harbiy tahdidi kuchayib 
ketdi. Rossiya turkman sardorlari, qoraqalpoq oqsoqol va biylarini Xiva xoniga 
qarshi qo`yib, xonlikni parokandalikka uchratishga undirdi. Xiva va Buxoro 
o`rtasida yana hududiy nizolar ham mavjud edi. Xiva xoni mudofaani kuchaytirish 
uchun soliqlarni oshirdi. Rossiya yana turkiy xalqlarni bir-biriga qarshi qo`yib, 
urug’ boshliklarini sotib olish siyosatini ham ishga soldi. 
Bu jaryonlar natijasida 1855 yil qoraqalpoqlarning Qo`ldovli qabilasidan 
bo`lgan Ernazarbiy boshchiligida qo`zg’olon boshlandi. Qoraqalpoqlar Xiva 
xonligiga bo`ysunmasligini e’lon qildilar. Ernazarbiy Rossiya ta’sirida bo`lgan 
qozoq urug’i boshlig’i Zariqni xon qilish va Rossiya tobeligiga o`tishga intilardi.
Said Muhammad 1856 yil Xiva xoni bo`lgach Ernazarbiy qo`zg’olonini 
bostirish uchun yasavulboshi Muhammadniyozni yubordi. Ernazarbiy o`zi 
qurdirgan Qozoqdaryo qo`rg’onida mudofaa jangiga tayyorlandi. Xivaning katta 
qo`shini qamal qilganini ko`rgan qo`zg’olonchilar orasida o`zaro kelishmovchilik 
chiqib, Ernazarbiy otib tashlanadi. Ernazarbiyni qo`llagan guruh, ruslar 1853 yil 
bosib olgan Oqmachit qal’asidan panoh topdi va Rossiya fuqaroligiga o`tishni 
so`rab murojaat qildilar.
Ayrim qaroqalpoq oqsoqol yoki biylarining murojaatini Rossiya tashqi ishlar 
va harbiy vazirliklari “Rossiyaga butun turkiy qabilalar o`zlarini qo`shib olishni 
so`rab murojaat qilayotirlar, ular na Xiva, na Qo`qon xonlari tarkibida bo`lishni 
istamayapti” degan bahona bilan oqlashga urindi. Qoraqalpoq urug’laridan 
ayrimlari 1858-1859 yy. yana qo`zg’olon ko`tardi. Qo`ng’irot shahri qo`zg’olon 
markaziga aylandi. Xiva xoni qo`zg’olonchilarni tor-mor qilishni turkman 
jangovor kuchlari boshlig’i Otamurodxonga topshirdi, qo`zg’olon bostirildi, 
Qo`ng’irot shahri vayron etildi. 


320 
Rossiya tomonidan Xiva xonligi protektoratga aylantirilgach Amudaryo 
bo`limidagi qoraqalpoqlarga nisbatan zulm kuchaydi. Ruslarga qarshi xalq 
qo`zg’oloni Biybozor va Nukus volostida Bobo Go`klan boshchiligida jiddiy tus 
oldi, qo`zg’olon 10 yilcha (1881-1891) davom etdi. Dehqonlarning ahvoli 
og’irlashgach 1900 yil Nukus volosti va Qo`ng’irot bekligida norozilik harakatlari 
amalga oshirildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling