Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Jadidchilik va madaniyat. Buxoroda XX-asr boshlarida yangi «Yosh 
fikrlilar» oqimi yuzaga kelishida I.G’aspirali boshlagan taraqqiyparvarlik yo`li 
ijobiy ta’sir qildi. 1905-1907 yy. Rossiyadagi, 1905, 1910-1911 yy. Turkiya va 
Erondagi inqilobiy harakatlar Buxoro ijtimoiy hayotiga katta ta’sir ko`rsatdi.
Buxoro ijtimoiy hayotida qarama-qarshi ikki oqim paydo bo`lgan: 1) 
Buxoroning siyosiy hayotini demokratik qayta qurish va uning ilg’or davlat 
bo`lishi uchun kurashuvchilar; 2) yangilik va islohatlar dushmani bo`lgan diniy 
mutaasiblar – «qadimlar» oqimi. «Yosh fikirlilar» tashkilotining vazifalari va 
ishtirok etuvchilari haqida shu oqimga mansub bo`lgan S.Ayniy «Jadidlar yoki 
yosh buxoroliklar partiyasi tarkibi yoki yozilmay qolgan rejalar» nomli kitobida 
ma’lumot beradi.
Ulomolar va davlat arboblari «Yosh fikrlilar» firqasini birlashtiruvchi sabab 
yangi usul maktabi (usuli jadid) bo`lgani uchun «Jadidlar» deb atadi. 
Taraqqiyparvarlarning qo`llab-quvatlashi tufayli aka-uka Otaxo`ja va Usmonxo`ja, 
Mazhar va Burhon Mahzumlar, Fitrat va Muqimbeklar Istambulga o`qishga bordi. 
Istambulda ta’lim olayotgan Buxoro talabalari ichida Fitrat eng iqtidorli 
hisoblanardi. 1910 yil sentyabrda safardan qaytayotganida Buxoroda to`xtagan 
Mirza Siroj Hakim o`z uyida Ovropa uslubida shifoxona ochib, yangi usul bilan 
odamlarni davolay boshladi.
Buxoro jadidlari tashkil qilgan «Tarbiyai atfol» (Bolalar tarbiyasi) jamiyati 
yordamida Fitrat 1909-1913 yy. Istambulda o`qidi. Fitratning xurofot, bid’at va 
johillikni qoralagan «Sayha» va «Sayyohi hindiy» asarlari XX-asr boshida jadid 
adabiyoti va Buxoro madaniy hayotida katta voqea bo`ldi. U «Vayron bo`lgan 
qabrlar» she’rida Ollohga murojaat qilib, Abdullaxon va Temurning ruhini yodga 
oladi. Fitratning 70 yil davomida millatchilik ruhida baholangan «Mirrix 
yulduziga» she’ri otalarimizning zamin, zamon va zolimlardan chora topmay 
Mars-Mirrixga qilgan iltijosi haqida.


311 
Buxoro amirining boyligini Bosh vazir - qushbegi Mirzo Nasrullo ro`yxatga 
olgan. 1914 yil «Oyina» jurnali «Amir xazinasidagi oltin va kumush pullar bo`yi 
50, eni 20, balandligi 8 olchin (1 olchin - 70sm.) bo`lgan bir tog’dir. Yana 3 olchin 
kattalikda erto`la oltin pullar bilan to`ldirilgan» - deb yozgan. Bu xazina 1920 yil 
sentyabrda M.Frunze boshchiligida qizillar Buxoroni bosib olgach Kreml 
(Moskva)ga jo`natildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling