Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Turkiyaga qardoshlik yordami. Zamon silsilasi turkiy xalqlarni Sharqiy
Turkistondan Sibir va Volgagacha, Turkistondan Bolqongacha, Bolqondan Kichik Osiyoga qadar sochib yubordi. Xitoy va Rossiya turkiy xalqlarning birlashuvini istamay Sharqiy va G’arbiy Turkistonni bosib oldi. Turkiya o`zining mustaqilligini saqlab qoldi. Andijon qo`zg’olonida (1898) turk sultonining qo`li bor deyishdan Rossiyaning maqsadi Turkiston-Turkiya-Sharqiy Turkistondagi qardoshlik aloqalarini yo`q qilish edi. 1908 yil Turkiyadagi inqilob tufayli «Yosh turklar»ning hokimiyatga kelishi Rossiyani jiddiy tashvishga solgan edi. «Yosh turklar»ga ergashib Turkistonda «Yosh sartlar», Buxoroda «Yosh buxoroliklar», Xivada «Yosh xivaliklar» jadidchilik harakatlari keng avj oldi. Turk yoshlarining «Turk o`chog’i», «Idtihod va taraqqiyot» tashkilotlarining siyosiy g’oyalari; afg’onistonlik Jamolliddin Afg’oniy, misrlik Muhammad Abduh, qrimlik Ismoil G’aspirali g’oyalari musulmon o`lkalariga tarqaldi. Jadidlar mafkurasini shakllantirishda Turkiya hududi katta ta’sir ko`rsatdi. Turkistonda 305 tarqalgan «Siroti mustaqim» degan turk jurnalida musulmon dunyosining uyg’onishi Sharq musulmonlarining islom bayrog’i ostida birlashishida namoyon bo`lishi aytilgan edi. Turkiyada ochilgan «Yangi Jomiy» maktabida Turkiston va Buxoro yoshlaridan iborat targ’ibotchilar tahsil olgan. Yunoniston bilan urushayotgan Turkiyaga yordam berish haqida 1913 yil «Musulmonlar kengashi» tashkilotining «Musulmonlarga» xitobnomasida uqtirilgan edi. Rus siyosiy razvedkasi Turkiyaga yordam berish qo`mitalari Buxoro, Samarqand, Marv, Andijon, Qo`qon va Toshkentda tuzilgani haqida axborot olgan. Turkiya birinchi jahon urushida Germaniya tarafida turib Rossiyaga qarshi urushdi. Jadidlar Germaniya va Turkiya foydasiga tashviqot qilishdi. Rossiya Germaniyaga qarshi urush olib borishi jarayonida urushga mutlaqo tayyor emasligi ma’lum bo`lib qoldi. Rus ma’murlari tanglikdan qutulish maqsadida Turkistonda zulmni kuchaytirib, xalqni taladi. Frontda harbiy qiyinchiliklar boshlanib, front ortida zarur mahsulotlarning etishmay qolishi rus armiyasining harbiy-ruhiy holatiga yomon ta’sir qilib, g’alabaga ishonchi yo`qoldi. Front orqasida etishmayotgan ishchi kuchini chekka mustamlakalar aholisi hisobiga to`ldirish mo`ljallandi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling