Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Munavvar qori Abdurashidxonov (1978-1931) ma’rifiy, siyosiy arbob, 
jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, milliy uyg’onishga katta hissa 
qo`shgan millatning ma’naviy rahnamosi. U Toshkentning Shayhontohur 
dahasidagi Darxon mahallasida dindor ziyoli oilasida tavallud topdi. Otasi 
Abdurashidxon madrasa mudarrisi, onasi Xosiyatxon mahallaning otin oyisi 
bo`lgan. Munavvar qori ilk saboqni ota-onasidan, mahalla maktabidan olib, 
so`ngra Toshkent va Buxoro madrasalarida o`qigan. U 1904 yildan faol ijtimoiy-
siyosiy, ma’rifiy faoliyatga tortildi.
Jadidlar siyosiy kuch sifatida XX asr boshida tarix sahnasiga chiqa 
boshlagan edi. Shu davrda ziyolilar orasida tabaqalanish yuz berib, ular 2 ta 
guruhga: 1) taraqqiyparvar kishilar – «jadid»larga; 2) qoloq, johil ruhoniylar 
«qadimchilar» guruhiga ajraldi. Taraqqiyparvarlar ongining yuksalishida 
Boqchasaroyda nashr etilgan «Tarjimon», Qozonda chiqqan «Vaqt», «Yulduz» 


299 
jurnallari, Istambulda chop etilgan «Siroti mustaqim» (To`g’ri yo`l) gazeta-
jurnallari katta rol o`ynadi. Munavvar qori jadidlarning siyosiy vazifasi haqida 
«Chor hukumatini yo`qotish jadidlarning tilagida bor edi. Siyosiy maqsadimiz ham 
shundan iborat» degan edi.
Jadid rahbarlaridan biri Abdulla Avloniy (1878-1934) o`z tarjimai holida 
«Rus-yapon urushi Rossiya ishchilari va bizning ham ko`zimizni ochdi. 1905 yil 
inqilobi tufayli tashkilotimiz siyosiy maslaklarga tushunib, qora xalqni oqartmoq 
uchun gazeta chiqarildi», - deb aytgan. Hukumat 1906 yil «Taraqqiy», «Xurshid» 
gazetalarini to`xtatgandan so`ng Avloniy temir yo`l ishchilari sosial-demokrat 
firqasi yordami bilan 1907 yil «Shuhrat» gazetasini chiqardi.
Jadidlarning Turkiston ozodligi uchun kurash dasturida asosan 3 ta 
yo`nalish mavjud edi: 1) yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish; 2) 
yoshlarni chet ellarga o`qishga yuborish; 3) ma’rifiy jamiyatlar tuzish va ziyolilar 
firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalar chop etish. Bu dasturni amalga 
oshirish borasida Munavvar qori, U.Asadullaxo`jaev, Behbudiy, Avloniy, 
T.Norbo`tabekov, Hamza, Cho`lpon, Fitrat jonbozlik ko`rsatishdi. Toshkentlik bir 
boyning raisligida 1909 yil Munavvar qori do`stlari bilan «Jamiyati xayriya»ni 
tashkil qiladi. Bu jamiyat raisining o`rinbosri Munavvar qori edi.
Munavvar qori «Toshkentda musulmon jamiyati» maqolasida bu tashkilot 
haqida «Yoshlarning sovuqqonlik va sabrliligi yaxshi natija berdi. Boylar ittifoq 
bo`lib Toshkent jamiyatining aksariyat a’zolarini yoshlardan saylatdilar. «Dorul 
ojizin»ni ochib, maktab va madrasalarga xayriya, beva-bechoralarga sadaqa berdi. 
Qashshoqlarni maktabda o`qitib, tarbiya qilmoqda. «Gramofon jamiyati» bilan 
kelishib pul topmoqda» degan edi. Jadidlar «Jamiyati xayriya» jamiyati orqali 
Rossiya va Turkiya oliy o`quv yurtlariga Turkiston yoshlarini o`qishga yuborish 
ishi bilan ham jiddiy shug’ullandi. Munavvar qori Shayhontohurdagi Kattaxo`ja 
Xo`jaevning uyiga boylarni to`plab, yoshlarni Germaniyaga yuborish haqida nutq 
so`zladi.
Buxoroda 1910 yil tashkil qilingan «Tarbiyai atfol» (Bolalar tarbiyasi) 
jamiyati 1911 yil - 15 ta; 1912 yil - 30 ta talabani Turkiyaga o`qishga yubordi. 


300 
Abdurauf Abdurahim o`g’li 1909-1913 yy. Istambulda tahsil olib, o`ziga «Fitrat» 
(Tug’ilish) taxallusini qo`ydi.
Toshkentning «Qoryog’di» mahallasidan bog’bon Asadullaxo`ja o`g’li 
Ubaydullaxo`ja Rossiyada adliya bo`yicha ta’lim olib, birinchi oliy ma’lumotli 
o`zbek advokati bo`ldi. U 1909 yil rus yozuvchisi Lev Tolstoyga maktub yozadi. 
Dastur va harakat yo`nalishiga ega bo`lgan Ubaydullaxo`ja 1913 yil Toshkentga 
qaytgach jadidlar bilan uyushib «Taraqqiyparvar» nomli o`zbek ziyolilarining 
mustaqil firqasini tuzishdi.
Ubaydullaxo`ja 
dastlabki 
qadamini 
Umumturkiston 
ijtimoiy-siyosiy 
gazetasini tashkil qilishdan boshladi. Gazeta chiqarishga Turkiston general-
gubernatori Samsonov ruxsat bersada, Turkiston maxfiy siyosiy polisiyasiqarshi 
bo`ldi. Jadidlar bir yil urinib «Taraqqiyparvar» firqasining 1914 yil «Sadoi 
Turkiston», «Sadoi Farg’ona» gazetalarini chiqarishdi. 1913 yil «Oyina», 1915 yil 
«Al-Isloh» jurnali chiqdi. U.Asadullaxo`jaev muharrirlik qilgan «Sadoi 
Turkiston»ga Munavvar qori, Qodiriy, Avloniy, Hamza, Olimiy, Cho`lpon 
uyushgan edi. «Sadoi Turkiston»da eng ko`p Behbudiyning 300 ta maqolasi
Mirmuhsin Shermuhammedovning 100 dan ziyod asar va maqolalari chop etildi.
Jadidlar 1913 yil «Turon» jamiyatini tuzgach, Qo`qonda «G’ayrat», 
Andijonda «Taraqqiyparvar» jamiyatlari tuzildi. 1914 yil 27 fevralda Toshkentdagi 
Kolizey teatri binosida o`zbek milliy teatrining birinchi rasmiy mavsumi ochildi. 
Birinchi mavsumda teatr rejissyori Zoki Boyazidskiy-Valeev rahbarligida 
Munavvar qori, Ubaydullaxo`ja, N.Xo`jaevlar Behbudiyning «Padarkush» 
p’esasini tomoshabinlarga ko`rsatdi. Munavvar qori teatrning ochilishida nutq 
so`zlab, teatrni «Xalq dardiga davo beruvchi tabibga» o`xshatdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling