Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Jadidlar harakatining vududga kelishi. Dumaga saylov
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ismoil G’aspirali
Jadidlar harakatining vududga kelishi. Dumaga saylov
Jadidchilik shakllanishi. Mustamlakachilikning ruscha shakli mahalliy xalqni jaholatda, savodsizlikda, qashshoqlikda ushlab turish orqali tashkil qilindi. Mustamlakachilar Turkistonni uzoq vaqt saqlab qolish uchun chinovniklar, harbiylar, ruhoniylar, muhandis-texniklar, olimlar va ishchilarni safarbar qildi. O`rta Osiyo kapitalistik bozor munosabatlariga ishchilar, ilmiy kuchlar, ishlab chiqarish vositalarining faol ishtirokida tortildi. Ana shu jarayonda uzbek milliy burjuaziyasi – savdo-sanoat egalari shakillana bordi. Chorizm mahalliy burjuaziyaning paydo bo`lishini aslo istamasdi, chunki unga to`la ishonmasdi. Millat ravnaqini o`ylovchi taraqqiyparvar kuchlar - hunarmandlar, dehqonlar, burjuaziya, ruhoniylar – barcha tabaqa orasida mavjud edi. Ular xalqning milliy ongini oshirish va o`zligini anglatishni eng avvalo ma’rifat, ilmu urfondan qidirdilar. Ziyolilar mustaqillik uchun kurashga xalqni uyg’otishni dastlab ma’rifatdan boshladi. Musulmon va turkiylarni jahon taraqqiyotidan uzilib qolganligiga barham berib, ma’rifat orqali taraqqiyotga erishish zarurligini turkiy qrim-tatar xalqining farzandi Ismoil G’aspirali (1851-1914) birinchi bo`lib tushunib etdi. G’aspirali butun turk dunyosidagi Jadidchilik harakatining «g’oyaviy otasi» hisoblanadi. Bir nechta chet tillarni bilishi va jahon ilm-fani yutuqlari bilan tanishuvi tufayli G’aspirali Sharq va G’arbni taqqoslash, xulosaga kelish imkoniga ega bo`ldi. U Rossiyaga mustamlaka bo`lgan barcha musulmon huddudlardagi maorifini isloh qilish, ularda dunyoviy fanlarni o`qitish masalasini ko`tardi va 1884 yil Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jdadid maktabiga asos soldi. G’aspirali dastur tuzib, o`zi yozgan darslik yordamida 40 kun ichida 12 o`quvchining savodini chiqardi. Bu usul «usuli savtiya» – harf tovushi usuli, ya’ni «usuli jadid» nomi bilan shuhrat qozondi. G’aspirali maktab va madrasalarda diniy 296 ta’limot, arab, fors, rus tili bilan birga tibbiyot, hikmat, kimyo, nabotat, nujum, handasa fanlarini o`qitishni ilgari surdi. Uning g’oyalarini yoyishda «Tarjimon» gazetasining xizmati katta bo`ldi. G’aspiralining 1888 yil nashrdan chiqqan «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo`ldosh» kitobida jadid maktablarining qurilishi, darsni tashkil qilish, jihozlanishi, dars jadvali, ta’til, imtihon bayon qilingan. G’aspirali musulmon maktablarini isloh qilishga doir loyihasini 1892 yil Turkiston general-gubernotori Rozenbaxga yubordi, lekin u loyihani rad qildi. G’aspirali 1893 yil Turkistonga kelib, Samarqand, Toshkent va Buxoroda bo`ldi. U Buxoro amiri Abulahadxon huzurida 1893 yil 8 iyunda bo`ldi, amir zo`rg’a bitta jadid maktabi ochishga ruxsat berdi. Uning Buxorodagi shogirdlari: mudarris va tarixchi Marjoniy, g’ijduvonlik domla Fozil, Mo`minxo`ja Vobkandiy, mulla Xudoyberdi jadid maktablarini ko`paytirish maqsadida amirni qistay boshladi. Johil ruhoniylar amirni ularga qarshi qayrashlari tufayli Marjoniy Qozonga ketdi va uning safdoshlari zindonga tashlandi. G’aspirali bundan xabar topib 1904 yil Buxoroga yana kelib amir bilan muzokara olib borgach amir o`z otasi nomi bilan ataluvchi «Muzaffariya» jadid maktabi ochishga ruxsat berdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling