Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Turkistondagi jadidchilik harakati
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiston jadidlarining rahnamosi – Mahmudxo`ja Behbudiy
Turkistondagi jadidchilik harakati 2 dushmanga: 1) chor ma’muriyatiga,
2)mahalliy johil ruhoniylarga qarshi kurash jarayonida kurtak yoydi. Turkistondagi ikkinchi jadid maktabiga 1898 yil Qo`qonda Salohiddin domla asos soldi, shu yili To`qmoqda ham ochildi. 1899 yil Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktablariga asos soldilar. Turkiston o`lkasida 1903 yil 102 ta boshlang’ich va 2 ta o`rta jadid maktablari bor edi. XX-asr boshida jadidlardan Behbudiy, Ayniy, Avloniy, Fitrat, Munavvar qori, Bobooxun Salimov ziyolilarning butun bir avlodini tarbiyalash ishini boshladi. Toshkent jadidlarining otasi sifatida Munavvar qori Abdurashidxonov katta obro` qozondi. XX-asr boshlarida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Frag’ona vodiysi shaharlarida o`nlab «usuli jadid» maktablari ochildi. «Usuli jadid» maktabining birinchi qaldirg’ochlari Behbudiy, Shakuriy, Azjiy, Munavvar qori, Avloniy, Zohiriy, Olimiy, So`fizoda, Fitrat, Ayniy, Hamza edi. 297 Turkiston jadidlarining rahnamosi – Mahmudxo`ja Behbudiy (1875- 1919) Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog’ida 1875 yil 19 yanvarda ruhoniy oilasida tug’ilgan. Otasi Behbudxo`ja Solixo`ja o`g’li YAssaviy avlodlaridan, onasi asli xorazmlik bo`lgan. Otasi 1898 yil vafot etgach, u tog’asi, qozi Muhammad Siddiq tarbiyasida bo`ldi va undan arab, forsiy tillarni o`rgandi. Behbudiy Samarqand va Buxoroda tahsil olib, imom-xatib, qozi, mufti darajasiga ko`tarildi. U G’aspiralining turkiy xalqlarni jahonning ilg’or ma’rifati bilan qurollantirish harakatiga qo`shildi. Bu ezgu orzularni G’aspirali 1881 yil yozgan «Rusiya musulmonchiligi» kitobida asoslab bergan edi. G’aspirali g’oyalarining tez yoyilishiga uning 1892- 1897 yy. Turkistonda bo`lishi sabab bo`ldi. Milliy o`zlikni anglash, milliy uyg’onish kurashining bayroqdori bo`lgan Behbudiy 1899-1900 yy. G’arb va SHarq mamlakatlariga safar qilib, Baytullohni ziyorat qilib qaytgach yangi usul maktablari ochishga kirishdi va o`z uyida ham maktab ochdi. 1906 yil avgustda Nijniy Novgorod shahrida Rossiya mustamlaka qilgan musulmon hududlari aholisi va madaniyati muammolariga bag’ishlangan anjumanda Behbudiy ma’ruza qildi. Behbudiy xalqni yakdil millat qilish uchun faqat yangi usul maktablaridan tashqari yana milliy matbuot va milliy teatr zarur dedi. O`zbek dramaturgiyasining ilk namunasi Behbudiyning «Padarkush» asarini «Turon» truppasi sahnaga qo`ydi. Buhbudiy matbuot va noshirlik sohasida 1913 yil «Samarqand» gazetasini va «Oyina» jurnalini (avgustda) chiqardi. «Oyina» jurnali Tatariston, Kavkaz, Eron, Afg’oniston, Hindiston va Turkiyagacha tarqalar edi. Behbudiy o`z nomi bilan «Nashriyoti Behbudiya» xususiy nashriyotini va uning qoshida «Kutubxonai Behbudiya»ni ochdi. Behbudiy asos solgan milliy matbuot – gazeta va jurnallarda millat va Turonning dolzarb muammolaridan bahs ochildi. «Oyina» jurnalida Fitratning millat va Vatan fojialaridan o`kingan «Himmat va sabot bo`lmagan millatning haqqi hayoti yo`qdur» deb nomlangan maqolalari bosilgan va unda adib «Tushundigim zamon ko`nglum yonar, yig’lamoq istarman, ko`z yoshlarim kelmaydur»,- deb o`kingan. Behbudiy jadidlar matbuotida yozgan 200 dan ortiq 298 maqolalarida millat, Turkiston, milliy qadriyatlarni himoya qilish, xalqlarning erkini ta’minlash, ma’rifatli qilish g’oyalari asosiy o`rinda turdi. Buyuk ma’rifatchi Behbudiy «Millat o`zini anglagandagina ijtimoiy-siyosiy masalalarga boshqalar bilan teng aralasha oladi», - degan fikrda sobit turdi. U millat o`zini anglashida milliy tarixni bilishning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Behbudiy ijtimoiy-siyosiy jihatdan ilgarilab ketganligini va uzoqni ko`ruvchi nazariyatchi-siyosatchi bo`lganligini 1906 yil bol’sheviklar partiyasi ishlab chiqqan siyosiy dasturni rad qilganlikda ko`rish mumkin. Behbudiy ma’rifatchi sifatida jadid maktablari uchun 6 ta fan asoslari bo`yicha: «Qisqacha umumiy jug’rofiya», «Bolalar maktublari», «Muxtasari tarixi islom», «Aholi geografiyasiga kirish» kabi darslik va qo`llanma yozdi. Behbudiy Buxoro istibdodini demokratik jamiyat tizimi bilan almashtirish yo`lida siyosiy faoliyat ko`rsatdi. Behbudiy haqida «Yosh buxoroliklar» harakatining yo`lboshchilaridan biri Fayzulla Xo`jaev «Turkistonning o`sha vaqtdagi jadidlaridan unga teng keladigani yo`q», - degan edi. Borlig’ini millat, Vatan ozodligiga bag’ishlagan, turkiylarning XIX - XX asr chorrahasidagi porloq yulduzi bo`lgan Behbudiy 1919 yil Buxoro amiri jallodlari tomonidan qatl qilindi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling