Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Chorizm maxfiy polisiyasi. Jadidlarni kurashdan chetlatish uchun Bosh 
shtab general-mayori Gesket 1907 yil Turkistonda jandarm boshqarmasini tashkil 
etish masalasini ko`tardi. Podsho Turkistonga senator graf G.Palen rahbarligida 
taftish komissiyasini jo`natdi. Ichki ishlar vaziri Toshkentga jo`natgan alohida 
jandarmlar korpusi podpolkovnigi, josus N.Vasil’evga: 1) jadidlar qanday siyosiy 
partiyalar tuzayotganini, harakat dasturini, faol jadidlarni aniqlashni; 2) rus 


301 
firqalari bilan jadidlar hamkorligini aniqlashni topshirgan edi. Vasil’ev Toshkentga 
kelishi bilan maxfiy faoliyat boshlab, shahar hokimidan jadidlarning etakchilari va 
ularning matbuot nashrlari haqida ma’lumotni talab qildi.
Toshkentda sart tilida 1907 yil 6-7 oy davomida «Xurshid» nomli gazetani 
muharrir 
Munavvar 
qori, 
yordamchisi 
Fansurullabek 
(Qo`qon 
xoni 
Xudoyorxonning o`g’li), kotibi Muhiddinxo`jaev chiqargan. Siyosiy izquvar 
Vasil’evning jadidlar va sosil-inqilobchi (eser)lar o`rtasidagi aloqani aniqlashiga 
eserlar (sosial-inqilobchilar)ning «Musulmonlarga» xitobnomasi va «Molot» 
gazetasidagi maqolasi dastak bo`ldi.
Peterburgga xizmat qiluvchi rus maxfiy siyosiy polisiyasi – Turkiston rayon 
muhofaza bo`limi (TRMB) 1907 yil noyabrda Vasil’ev va polisiya maslahatchisi 
Kvisinskiy yaratgan maxfiy josuslik tarmog’i asosida tashkil qilindi. Peterburgning 
«ko`z-qulog’i» bo`lmish TRMBni ruslar «oxranka», o`zbeklar «siyosiy idora» deb 
atadi.
Rus siyosiy razvedkasi va kontrrazvedkasi vazifasini bajaruvchi maxfiy 
polisiyaga Leonid Kvisinskiy rahbar bo`ldi. Podpolkovnik Vasil’ev general-
gubernator mahkamasidagi siyosiy yozishmalar mutasaddisi, maxsus bo`lim 
boshlig’i vazifasini bajara boshladi. Izquvar josuslar Kvisinskiy va Vasil’ev 
hamkorligida 
Turkistondagi 
milliy-ozodlik 
harakatini 
bo`g’ish, istiqlol 
kurashchilarini «zararlantirish» rejasi ishlab chiqildi.
Tumanboshilar erli aholi fikrini o`rganish yo`riqnomasidagi 19 ta savolga 
javob yuborishga majbur edilar. 1908 yil yozida Turkistonga kelgan alohida 
jandarmlar korpusi qo`mondoni, baron Taube sudlardan mustaqillik uchun 
kurashuvchilar ustidan faqat o`lim hukmini chiqarishni talab qildi. Taube 
Turkistonda dor qurishga sarf-xarajat qilinmasligi uchun dor o`rnini 
«qayrag’ochlar bajaradi» degan edi. TRMB agenturasi o`lkada sosial-demokratik 
tashkilotlarni 
tor-mor 
qilib, 
ko`plab 
odamlarni 
qamoqqa 
oldi. 
CHor 
mustamlakachilari jadidlar harakatini yo`qotiga kirishganda chor hukumati birinchi 
jahon urushiga tortildi. 


302 
Vujudga kelayotgan milliy burjaziya vakillari orasida eng kattasi 
andijonlik muruvvatli vatanparvar Mirkomil Mirmo`minboyhoji o`g’li (1860-
1919) bo`lgan. U «Aka-uka Shlosberg», «Knop», «Aka-uka Stepun» firmalari, 
Moskva, Rus-Xitoy, Rus-Osiyo banklari bilan hamkorlikda o`z kapitalini 
harakatga qo`ydi. Ulardan tushgan daromadni Mirkomilboy Andijonning madaniy-
maishiy va sog’liqni saqlash ishlariga sarf qilgan. 
Turkistonda chor ma’muriyati Davlat Dumasiga vakillar saylashda rus 
aholisidan musulmon vakillari soni oshib ketmaslik choralarini ko`rdi. 
«Turkistondagi saylovlar qoidalari loyihasi» mulkdor tabaqalar va asosan 
mustamlakachi ma’muriyat manfaatini o`zida mujassam etdi. Qo`zg’almas mulk 
egalarining mol-davlati qiymati haqida Toshkent shahar hokimi general-mayor 
Ryabushkin ma’lumot to`pladi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling