Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Dumaga saylov. 1906 yil 27 aprelda Rossiya parlamentining birinchi
yig’ini ochildi Duma ish boshlagandan 5 kun o`tgach Sankt-Peterburg Toshkentga yuborgan podsho farmoni «Ettisuv, Kaspiyorti, Sirdaryo, Samarqand va Farg’ona viloyatlarida Davlat dumasiga saylov qoidalari» deb ataldi. Duma fraksiyasi – «Mehnatchilar guruhi byurosi» 1906 yil mayda tuzildi, byuro kotibi konstitusion demokrat (kadet)lar firqasidan Zakamenniy edi. RSDRPning Toshkent guruhi, eserlar va «Xalq taraqqiyoti firqasi» saylovda o`z nomzodlari uchun kurash boshladi. Saylovda mustamlakachilar tanlagan nomzodlar engilgach, sosial-demokrat (bol’shevik va men’shevik)lar, sosial-revolyusioner (eser)lar va konstitusion demokrat (kadet)lar uyushmasi – «Taraqqiyparvar saylovchilar guruhi» g’alaba qozondi. Toshkentdan Duma a’zoligiga «Jahongir domla» – V.Nalivkin saylandi. Toshkentda eser Gordeevning uyidan topilgan «Muslmonlarga» nomli xitobnoma rus ma’muriyatini xavotirga solib, Rus imperatori Nikolay II birinchi Dumani tarqatib yubordi. Xitobnomada 1905-1907 yy. eng muhim voqealarga siyosiy sharh berilib, chorizmning mustamlakachilik va ruslashtirish siyosati fosh qilingan edi. Rus imperatori Nikolay II xalq o`z maqsadiga erishish uchun kurashda davom etgani uchun ikkinchi davlat Dumasini chaqirishga majbur bo`ldi. Ikkinchi 303 davlat Dumasi deputatlari xalqqa er va erk berishni talab qildi. Rus imperatori Nikolay II o`z vaziri Stolipin orqali xalq vakillariga «erga muhtoj mujiklar Turkistonga ko`chib borsin, ularga yordam beraman» - degan javobni yo`lladi. Turkiston vakillari vazirning so`zlariga e’tiroz bildirib, «Turkiston erlari qirg’iz va sartlarning o`zlariga ham etishmaydi», - dedi. Dumadagi rus va boshqa deputatlar turkistonliklarning erini tortib olish, erdan mahrum qilish adolatsizlik, degan fikrni bildirishdi. Deputatlarning bizga pomeshchiklardagi o`zimizning erimiz kerak, Turkistonga bormasdan shu joyda o`z erimizga ega bo`lamiz, degan bayonatini eshitgan Rus imperatori Nikolay II ikkinchi Dumani tarqatib yubordi. Turkistonlik deputatlarning so`zlarini eshitgan rus mujiklari pomeshchiklar erlarini tortib olishga kirishdi. Podsho uchinchi davlat Dumasiga Turkiston vakillarini kirish huquqidan mahrum qilgach Turkiston vakillari Rossiyaga o`z ahvollarini oshkora bildirish imkoniyatini yo`qotdilar. Tayanch so`zlar: Jadidchilik, Ismoil G’aspirali, Munavvar qori, U.Asadullaxo`jaev, Behbudiy, Avloniy, T.Norbo`tabekov, Hamza, Cho`lpon, Fitrat. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling