Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Ma’muriy-polisiya boshqaruvi. Andijon qo`zg’olonidan keyin Korol’kov
ruslashtirishning tezkor usulini ishlab chiqdi. Bunga ko`ra madrasalarda rus tilini o`qitish, rus tiliga davlat tili maqomini berish, mahalliy amaldorlar 5 yil ichida rus tilini o`rganishi, 15 yildan keyin faqat ruschani biladiganlarni yuzboshi, qozi, oqsoqol lavozimiga tayinlash taklifini aytdi. 288 Turkiston general-gubernatori Duxovskiy 1898 yil 6 noyabrda harbiy gubernatorlarga ko`rsatma berib, mahalliy ma’muriyat rus amaldorlari bilan yozishmalarda rus tili davlat tili sifatida e’lon qilinishini bildirishni va bu tadbir muhokamadan o`tguncha oqsoqollar va mingboshilar idoralariga rus mirzalari tayinlanishini aytdi. Ruschani o`zlashtirgan musulmonlardan barcha sohalarda keng foydalanish fikrini Turkiston general gubernatori yordamchisi N.Ivanov Toshkentdagi erlar gimnaziyasida, 1899 yil shahar jamoatchilik yig’inida ochiq aytdi. Rus shovinistlari Andijon qo`zg’oloni bahonasida o`zlarining dillaridagi eng mudhish niyatlarini endi oshkora amalga oshira boshlashdi. Korol’kov imperatorga taqdim etgan erli aholi turmushiga ma’naviy-ruhiy ta’sir o`tkazish dasturida o`lka xotin-qizlarini va bolalarni ruscha hayot tarziga o`rgatish alohida o`rin egallagan. U o`z dasturida o`lkada xotin-qizlar ambulatoriyalarini ko`paytirishni, Rossiyadagi ayollar monastirlarini Turkiston ayollariga «pravoslav rus qarashlarini singdirish uchun» xizmatga jalb etishni taklif qildi. O`lkaning nufuzli amaldori, sharqshunos V.P.Nalivkin «Ma’muriy beboshlik hech qaerda 90-yillar oxiri va 1900 yillarda Andijon nohiyasidagidek keng avj olmagan edi» - deb aytgan. Ma’muriy beboshlikka o`lka boshlig’i Duxovskiyning o`zi bosh bo`lgan edi. Duxovskiy Andijonga kelganda Eski shahar aholisini non- tuzini qabul qilmay bir to`p hind va yahudiylarning non-tuzini qabul qilib, ularga «sizlar hozircha menga sartlardan ko`ra yaqinroqsizlar», deb aytadi. Korol’kov ishlab chiqqan dasturni general-gubernator Duxovskiy yangi fikrlar bilan yanada kuchaytiruvchi hujjat tayyorlab Rossiyaga jo`natdi. Duxovskiyning dasturida musulmonlarga yahudiylarga nisbatan o`rnatilganga o`xshash munosabatlarni joriy qilish va musulmon maktablariga yahudiylar haqidagi 1893 yil 1 mart qonunini qo`llash taklifi bildirildi. Dasturda takliflarning umumiy asosini belgilab, «nodon osiyoliklar uchun islom kuchli ta’sir qilishini» va bu ta’sir uzoq davom etishini ta’kidladi. Kolrol’kov va Duxovskiy rejalari bo`yicha: mustamlaka apparati kengaytirilib harbiy va mirshablik mansablari ko`paytirildi; general-gubernator 289 yordamchisi (1900), bosh boshqarma diplomatik maslahatchisi (1899) lavozimlari joriy etildi; harbiy gubernatorlar maoshi yiliga 10 ming so`mga oshirildi; jabha (uchastka) pristavlari soni yana 49 kishiga ko`paytirildi; general-gubernator mahkamasi xarajatlari uchun qo`shimcha 10 ming so`m, o`lka boshlig’i maoshi oshirildi; sud prokuror va harbiy sudlarga katta huquqlar berildi. 1886 yilgi «Nizom»ga o`zgartishlar kiritilib, Turkiston general- gubernatorligi «Ma’muriy-polisiya boshqaruvi» deb o`zgartirildi. Bunga 90- yillardagi xalq harakatlari, xususan Andijon qo`zg’oloni sabab bo`ldi. Peterburg Harbiy Vazirligi o`lkada «harbiy-polisiya boshqaruvi»ni tikladi. Tayanch so`zlar: “Vabo isyoni”, Inog’omxo`ja Umriyoxo`jaev, Muxammad Yoqub, Muhammad Ali – Dukchi eshon, Nalivkin, Kolrol’kov, Duxovskiy. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling