Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Andijon qo`zg’oloni.
Toshkent qo`zg’olonidan so`ng (1892) Peterburg Turkistonda mirshablik
holatini joriy etishga ruxsat berdi. 1892 yildan Turkistonda 1887 yil tasdiqlangan «Davlat tartibi va jamoat osoyishtaligi haqida Nizom» hamda 1892 yil 18 iyundan kuchga kirgan «Harbiy holatdagi joylar haqida Qoida» tadbiq etildi. Turkiston general-gubernatori «Kuchli muhofazada» - deb e’lon qilingan joylarda yig’inlarni tarqatish, korxonalarni yopish, matbuotni yopish, jarima solish huquqlarini oldi. «Favqulodda muhofazada» - deb e’lon qilingan joylarda butun hokimiyat general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noibga o`tdi. 1892 yil 18 iyundagi «Qoida»lar harbiy holat joriy etib, fuqarolar ishini ham harbiylar qo`liga topshirdi. Turkistonda har ikki mirshablik qonunlari (1887 y. Nizom va 1892 y. Qoida) 1892- 1917 yy. amal qilib turdi. 283 1895 yil «missioner» Ostroumov taklifi bilan taklifi bo`yicha Turkiston xalqini savodsiz qilish maqsadida rus-tuzem maktablari ochishga kirishildi. Ruslar o`zlarini hokim millat ekanliklarini ko`rsatish uchun madrasa vaqflarini yo`q qiluvchi buyruqlar chiqardi, xutbada rus podshosi nomini qo`shib o`qish, rus amaldoriga ta’zim qilishga amr qilindi. XIX asrning 80-yillarida Rossiya «katta og’a» munosabatlarining huquqiy jihatlarini ishlab chiqdi. Mustamlakachilik harbiy-siyosiy mashinasi 1890 yillardan Turkistonni xom ashyo manbaiga aylanish imkonini yaratdi. Mustamlakachilik tuzumi XIX asr 80-yillarigacha o`z hukmronligini mustahkamlashga harakat qilgan bo`lsa, 90-yillarda Turkistonni talon-taroj qilishga kirishdi. Chorizm Turkiston xalqlaridagi vatanparvarlik va kurashchanlik tuyg’ularini barbod qilishni mustamlakachilik siyosatining bosh va asosiy mazmuni deb bildi. Andijon qo`zg’oloni. Ozodlik harakati darg’asi bo`lish masuliyatini Muhammad Ali (Dukchi) Eshon o`z zimmasiga oldi. U Marg’ilonning Shaxidon qishlog’ida dehqon-hunarmand Muhammad Sobir oilasida tug’ilgan. Muhammad Ali Buxoroda Usmonjon oxun maktabida o`qiydi, vodiylik ulamo Sultonxon to`ra eshon xizmatida bo`ladi, 1882 yil u o`lgach Muhammad Ali Pir bo`ldi. Muhammad Ali Aravon-Asaka o`rtasidagi baland joyga suv chiqarib «obi xudoyi» barpo qilishi uni mashhur qildi. U 1887 yil Makka-Madinaga hajga chiqib, Saudiya Arabistoni, Afg’oniston, Hindiston, Eron, Qora dengiz, Rossiya janubida bo`ladi. 1890 yil ziyoratchilari ko`paygach muridlari 500 ot sig’adigan otxona qurib beradi. Eshon ziyoratchilar ko`z oldida olovsiz qozon qaynatgan. Muhammad Ali eshonning mashhurligi Farg’ona mustamlakachi ma’murlarini tahlikaga soldi. Minora qulab 23 ta mullavachcha halok bo`lsada hech bir ota-ona shikoyat qilmagani uchunmustamlakachilar Muhammad Ali ustidan jinoiy ish ocholmadi. 1895 yil eshon huzuriga Oloy «malikasi» Qurbonjon dodxox keladi. Qurbonjonning o`g’li Qamchinbek rus bojxonasi xodimini o`ldirilganlikda ayblanib, osib o`ldirilgan edi. 1896 yil Ketmotepa, Ko`gart qirg’izlaridan 25 ta vakil Mingtepaga Dukchi eshon huzuriga kelib, rus mujiklaridan shikoyat qiladi va g’azotga ruxsat berishini so`raydi. 284 1896-1897 yy. rus mujiklari va qirg’izlar o`rtasida to`qnashuvlar kuchayadi. Qirg’izlar 1897 yil oxirida bo`lis oqsoqoli Chibil, qozi noibi Raxmatilla rahbarligida Kengash qilib, rus mujiklariga hujum qilish rejasini ishlab chiqadi. Kengashda Muhammad Ali Eshon g’azotga rahbar qilib tayinlandi. «Eshonning muridlari 10 mingdan oshgani va Russiyaga isyon qilishi mumkinligini, maktabida 250 ta bola o`qiyotgani, ularni Istambulga yubormoqchi» - ekani haqida Asaka pristavi M.Chanishev axborotida yozgan. Ruslar Rossiya- Turkiya urishi bo`lib turgani uchun turklarning Turkistonga xayrixox bo`lishidan cho`chirdi. Eshon faoliyati bilan general-gubernatorning shaxsan o`zi shug’ullanishining sababi: o`lkada ruslarga qarshi kayfiyat kuchayib, turklarning paydo bo`lishi; Turk-Yunon urishida g’alaba qilgan turklarni madh etuvchi kitoblar tarqalishi; Eshonga turk sultoni to`n va g’azovatga chorlovchi farmon yubogani haqida gaplar edi. Toshkent okrugi qoshida tuzilgan (Sudida) tergovchi va 12 kishilik komissiya 1897 yil 12 mayda Mingtepaga etib keldi. Muhammad Ali tergov tugagach ozodlik kurashini tashkil qilish uchun tijorat ahli va ulomalarga chaqiriq maktubi yo`llaganda xalq dengizdek to`lqinlanib ketadi degan fikrda edi, biroq 1898 yil 15 yanvarda Mingtepaga chaqirilgan qirg’izlar 2 kun boshqa vakillarni kutishdi. Qirg’izlar hukumatga qarshi qo`zg’olon boshlashi mumkinligidan ma’murlarni Ketmontepa va Qo`gartdagi rus mujiklari ogohlantirdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling